Teri sili - umumiy organizmdagi sil infeksiyasining bir koʻrinishi boʻlib, odatda bor ichki a’zolarni tuberkulyoz jarohatidan, aksariyat

Teri sili
Fayl:Teri sili.jpg
Mutaxassislik Teri kasalliklari
Sabablari Mycobacterium tuberculosis bakteriyasi
Tashxis usullari Bemorning tashqi ko'rinishi.
Differensial tashxis Lepra

ichki superinfeksiyalanish natijasida teriga tarqalib paydo boʻladi. Teri sili bugungi kunda juda kam uchraydi. Lekin keyingi yillar koʻp

davlatlarda ijtimoiy kasalliklarning epidemik holati oshib ketishi va ular ichida sil kasalligining ham koʻpayib ketishiga olib keladi[1].

Etiologiyasi

tahrir

Mycobacterium tuberculosis (Koch ,1882-y.) spirt va kislota ta ’siriga juda chidamli tayoqcha boʻlib, bemorning ajralmasida koʻp miqdorda topiladi. Lekin sil kam yuqumli, surunkali, sekin rivojlanib kechadigan kasalliklar guruhiga kiradi.

Teri silining klinik koʻrinishlari xilma-xil boʻlib, koʻproq mikrobakteriyaning virulentligi va uning turi, organizmning immuniteti va kurash

qobiliyati, bemorning mehnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish sifati bilan bog‘liq boʻladi. Teri silini ikki guruhga ajratadilar:

1) chegaralangan (sil yugirigi, ya’ni oddiy volchanka, skrofuloderma, soʻgalsimon, yarali, sil shankr) teri sili;

2) tarqalgan (papulo-nekrotik, Bazen indurativ eritemasi, lixensimon, milliar tarqalgan volchanka, oʻtkir tarqalgan milliar) teri sili.

Amaliyotda, umumiy amaliyot shifokori bemordagi belgilarga (doʻmboqcha) asoslanib, sil kasalligini aniqlab yoki borligidan shubhalanib, mutaxassisga yuborsa, u katta yordam bergan boʻlardi. Chunki teri silining turlarini bir-biridan ajratish va davolash koʻproq ftiziatr yoki dermatovenerolog mutaxassislarning vazifasidir.

Turlari

tahrir
Fayl:Teri sili papulonekrotik.png
Teri sili (papulonekrotik)

Teri sili kasalligi 2 xil ko‘rinishda, ya’ni terining oʻchoqli sil (sil yugurigi yoki lyupoid sil, skrofuloderma yoki kollikvativ sil, terining so‘galli sili, Bazenning indurativ eritemasi va teri va shilliq qavatlarining yarali sili) va terining disseminallangan sili (terming lixenoid yoki miliar sili va terining papulonekrotik sili) ko‘rinishlarida kechadi. Terming o‘choqli sili

Fayl:Sil yugurigi.png
Sil yugurigi

Sil yugurigi yoki terining lyupoid sili (Lupus vulgaris, seu tuberculosis cutis luposa) teri silining eng ko‘p uchraydigan shakli boʻlib, sekin surunkali kechishi va toʻqimalarning parchalanishga moyilligi bilan namoyon boʻladi. Kasallik belgilari koʻpincha yuz teri sohalarida, asosan burunda (80 % holatlarda), yonoqlarda, yuqori lablarda, kamroq boʻyin sohalarida, tanada, oyoq-qoʻllarda, kam holatlarda shilliq qavatlarda joylashadi. Kasallik xamirsimon konsistensiyali, yumshoq, silliq, yuzasi biroz yaltiroq, keyinchalik poʻst tashlovchi, sariq-yashil tush, jigarrang-qizil rangli, oʻlchamlari toʻnogʻich boshchasidan noʻxat donasigacha keladigan hajmlarda, dermada joylashgan lyupoid-boʻrtiqlar paydo boʻlishi bilan boshlanadi. Toshmalar guruh-guruh boʻlib toshadi, keyinchalik esa ular oʻzaro birlashadi, atrofida esa turgʻun-giperemik hududlar paydo boʻladi. Vitropressiya usuli bilan (buyum oynachasi bilan bosib koʻrilganda) tekshirilganda doʻmboqcha rangi sargʻayadi (“olma sarigʻi” fenomeni), doʻmboqcha tugmasimon zond bilan tekshirib koʻrilganda zond oʻz ogʻirligi bilan doʻmboqcha tarkibiga chuqurlik qoldirib choʻkadi (Pospelov simptomi). Doʻmboqchalar bosqichma-bosqich kattalasha boradi va notoʻgʻri shaklli toshmalami hosil qilib birikadi, kollagen va elastik tolalaming buzilishi natijasida chandiqli atrofiyalar hosil bo‘lishi hamda fibrozlanish holati kuzatiladi. Hosil boʻlgan chandiqlar tekis, oqish, papiros qogʻozini eslatadigan ko‘rinishda bo‘ladi. Jarayonning ekssudativ ko‘rinishlarda kechishida turli shikastlanishlar ta’sirida doʻmboqchalar yumshoq, chetlari notekis va yengil qon oquvchi yaralarga aylanishi mumkin (yarali shakli). Shuningdek, kasallikning shishsimon, verrukoz, loyqalanuvchi kabi shakllari ham kuzatilishi mumkin. Teri silining chegaralangan klinik shaklini taqqoslov tashxisi doʻmboqchali zaxm, moxovning tuberkuloid shakli, teri leyshmaniozi, aktinomikoz, qizil yugunkmng diskoid shakllari bilan o tkaziladi.

Doʻmboqchali zaxmda do‘mboqchali toshmalar zichligi, ular joylashuvming jamlanganligi (fokusliligi), qo‘shilib ketishga moyilhginmg yo‘qligi, diaskopiya va zond usullari bilan tekshiruvlar o‘tkazilganda tekshiruv natijalarining manfiyligi, jarayonning nisbatan tez kechishi aniqlanadi. Moxovning tuberkuloid shaklida terining jarohatlangan sohasida og‘riq va haroratm sezish alomatlarining yo’qligi, toshmalarning polimorfligi, tugunlar va do‘mboqchalaming zich boʻlgan konsistensiyasi, qo‘ng‘ir-zangsimon tus olishi, mikroskop ostida ko‘rilganda esa Ganzen tayoqchalarining topilishi bilan ta’riflanadi. Teri leyshmaniozining tuberkuloid shaklida tashxis asosan kasallikning so‘rov natijalari aniq yigilishi, do‘mboqchali toshmalami chandiqlar atrofida va terining ochiq qismlarida joylashishi, leyshmamoma atrofida limfangitlarning hosil boiishi hamda kasallik qo‘zg‘atuvchisining aniqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

Kasallikni davolashda bir vaqtning o‘zida D2 vitamin 30000- 50.000 - 100.000 ТВ dan va ftivazidm (yoki tubazidni) 0,3-0,5 g dan

kuniga 3 marotaba ichishga tavsiya etiladi. Davo kursi uchun dori vositasi 100-200 g qilib belgilanadi. Shuningdek, streptomitsin antibiotigi ham inyeksiya tariqasida kuniga 0,5-1,0 g dan belgilanadi, jami davo kursi uchun dori vositasi 100 g. ni tashkil etadi. Tuberkulostatik ta’sir etish xususiyatiga ega dori vositalaridan terapevtik samara ko‘rsatishi bo‘yicha ular quyidagicha guruhlarga boiinadi: 1- ancha samarali: izoniazid, rifampitsin; 2 - o‘rta samarali: etambutol, streptomitsin, protionamid (etionamid), pirazinamid, kanamitsin, floramitsin (biomitsin) va 3 - mo‘tadil faol ta’sir koisatuvchi PASK, tibon (tioatsetazon) kabi dori vositalariga boiinadi. Mahalliy davolash usulining ta’sir etish xususiyati sil kasalligining teridagi o‘choqlari to‘qimasini buzishga asoslangan bo‘lib, buning uchun 10-20-50% li pirogall surtmasi, 30% li rezortsin qorishmasi va suyultirilgan azot moddalari qoilaniladi. Shilliq qavat

lyupomalarini sut kislotasining 50% li eritmasi bilan kuydirib davolash mumkin. Chegaralangan jarohatlar ba’zan rentgen nurlari bilan ham davolanadi, hatto bunday oʻchoqlar operativ yo‘l bilan olib tashlanadi. Bemorlar uzoq vaqt davomida dispanser kuzatuvi ostida boiishi lozim.

Skrofuloderma yoki kollekvativ sili (Scrofuloderma, seu tuberculosiscutis colliquativa) bolalar va oʻsmirlarda kasallikning roʻyxatga olingan xillari orasida uchrash chastotasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Sil bakteriyalarining gematogen yo‘l bilan teriga kirishi oqibatida birlamchi skrofuloderma shakllanadi va shikastlangan a’zolardan infeksiyalarning o‘tishi aniqlangan holda lkkilamchi skrofuloderma farqlanadi. Toshmalar terining chuqur qavatlarida zich ko‘rinishda joylashadi, kam og‘riydi, tugunlar hajmi tez kattalashuvga moyil boiib, ulaming diametri 3-5 sm gacha yetadi va ustida yotuvchi to‘qimalar bilan zich ko‘rinishda birikkan holda namoyon boʻladi. Keyinchalik tugunlar sovuq abssesslar hosil qilib yumshaydi va yoriladi, bunday yaralardan oqma yo‘li orqali qonsimon ajralma bilan birgalikda nekrozlangan to‘qimalar chiqadi. Tugunlar joylashgan joylarda yumshoq, chuqur, chetlari va tubida zaif granulyatsiyalar va sarg‘ish qatlamlar hosil bo‘ladi. Yaralar bitib ketgandan keyin esa kasallikka xos boʻlgan “yirtilgan” noto‘g‘ri shaklli chandiqlar,

so‘rg‘ichsimon shakldagi o‘simta va ulanmalari qoladi. Kasallik jarohatlari asosan bo‘yinning yon yuzalarida, jag‘osti va usti sohalanda, qo‘ltiq osti botiqlanda, quloq chig‘anog‘i yaqinida, o‘mrov osti va usti sohalarida hamda bo‘g‘in sohalari yaqinida joylashadi. Kasallik tashxisi to‘g‘ri yigʻilgan so‘rov ma’lumotlariga, klinik simptomatikaga, Pirke sinamasi natijalariga, rentgenologik va gistologik tekshiruvlarga asoslangan holda qo‘yiladi. Taqqoslov tashxisi zaxm kasalligining gummoz shakli, aktinomikozning gummoz

shakh, Bazen eritemasi va surunkali yarali piodermiyalar bilan o‘tkaziladi[2].

Terming so‘galsimon sili (Tuberculosis verrucosa cutis) asosan kattalarda, xususan erkaklarda ko‘proq kuzatiladi. Kasallikning ushbu turi bilan asosan sil kasalligining faol shakllari bilan xastalangan bemorlarga xizmat qiluvchi shaxslar yoki sil materiali bilan ishlovchi xodimlar kasallanadilar Jarohatlanish odatda panja va barmoqlar orqa yuzalarida, kamroq hollarda esa oyoq tagi sohalarida joylashadi. Kasallik belgilan zich, no‘xot kattaligidagi ko‘k-qizil rangli boʻrtmalaming (jasad bo‘rtmasi) hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. U o‘sib yassi zich toshmalarga aylanadi, ulaming yuzasida so‘galsimon oʻsimtalar va ko‘plab shoxsimon qavatlar paydo boʻladi. So‘galsimon teri silining 3 ta hududi tafovut etiladi. Periferik (binafsha-qizil rangli hududi), o‘rta (soʻgalsimon zich tepaliklar, yorilishlar, po‘stloqlar mavjud boʻlgan hududi) va markaziy (terining atrofik, notekis, past-baland tubli hududi kabilarga bo‘linadi. So‘galsimon o‘simtalar yon tarafidan bosib korilganda ulaming yoriqlarida yiringli tomchilar paydo boʻladi Jaryon tuzalgandan keyin jarohat o‘choqlari o‘mida chandiqli atrofiyalar qoladi, bu sohalarda qizil yugurikdan farqli o‘laroq, yangi elementlar hosil boimaydi. Kasalliknmg tashxisi kasallikka xos bo‘lgan klimk ko‘rinishlarga (o‘choq periferiyasi bo‘yicha binafsha-qizil hoshiya, 3 ta zonaning borligi), joylashish holatiga, gistologik tekshiruvlar natijalanga va tuberkulin sinamasining musbatligiga asoslanadi.

Terining soʻgalsimon silining davosi umuman teri silini davolashda qoʻllanadigan an’anaviy davo usullari kabi olib boriladi. Bundan tashqari mahalliy davoda kasallik o‘choqlari o‘tkir qoshiqcha bilan qirib tashlanadi, diatermokoagulyatsiya va rentgenoradioterapiyalar o‘tkaziladi. Bazenning indurativ eritemasi (Erythema mduratum Bazin) bilan 16-40 yoshlar oralig'da boʻlgan, sil kasalligining biror bir shakli bilan og‘rigan ayollar xastalanadi. Kasalhkning kechishiga oyoqlarda qon aylanish jarayonining buzilishi (akrotsianoz, venalarning varikoz kengayishi) natijasida vujudga keladigan tez-tez sovuq qotish holatlari sababchi boʻladi. Kuz va qish mavsumlanda asosan kasallik xuruj qilishi kuzatiladi.

Indurativ eritema kasalligida kasallik o‘choqlari zich, chuqur joylashgan boʻlib, sekin kattalashuvchi tugunlar yoki yassi, keng boʻlgan ko‘kish-qizil infiltratlar tarzida namoyon boʻladi. Tugunlar soni 2-4 tadan 10 tagacha bo'lib, ular teri sohalarida chuqur holda joylashadi, barmoqlar yordamida paypaslab koʻtarilganda esa og‘riqlar kuzatiladi. O‘choqlar asosan boldir sohalarida, kam holatlarda esa son, dumba, chot sohalarida simmetrik koʻrinishda joylashadi. Ba’zan kasallikda ogʻiz shilliq qavatlari va dimogʻning jarohatlanishi kuzatiladi. Kasallik kechishi o‘z rivojiga erishgandan so‘ng esa o‘choqlardagi tugunli toshmalar regressiyaga uchray boshlaydi, ular atrofida halqasimon atrofiya va pigmentatsiyalanishlar qoladi. Ba’zan esa tugunlar yumshab yaralarga aylanadi (getchinson turi), bunday yaralar og‘riqli, sust kechuvchan, yuzaki bo‘lib, tublari sariq-yashil qobiqiar bilan qoplangan boʻladi.

Davo jarayoni sil kasalligini umumiy davolash kabi olib boriladi. Bundan tashqari bemorlarga vitaminlarga, oqsil va yog‘ moddalariga boy ovqat mahsulotlari tavsiya etiladi, ularni ultrabinafsha nurlari bilan davolash, gelioterapiya seanslari belgilanadi. Mahalliy yaralarga rux jelatinli boylamlar qoilaniladi.

Teri va shilliq qavatlarning yarali sili (Tuberculosis ulcerosa cutis et mucosae) faol sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda autoinokulyatsiya natijasida paydo bo‘ladi. Odatda kasallik belgilarimng joylashuvi tabiiy teshiklarning shilliq qavatlarida va ularni o‘rab turuvchi teri sohalarida (og‘iz, burun, anus) joylashadi. Toshmalar mayda sarg‘ish-qizil doʻmboqchalar ko‘rinishida namoyon boʻladi va ular tezda yaralarga aylanadi, “Trel donlari” ko‘rinishini namoyon etuvchi, suyuq yiring qatlamli, mayda abssesslar va sarg‘ish qobig'lar bilan qoplangan, notekis tubli, yengil qon oquvchi, yuzaki, og‘riqli yaralar hosil qiladi. Yaralar keskin og‘riq bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bakterisokopik tahlilda o’choqlarda mikobakteriyalar miqdori ko‘p bolishi aniqlanadi. Immun tizimining zaiflashishi va anergiya holati sababli bemorlarda tuberkulin sinamalari manfiy natijalar beradi. Kasallikning tashxisi klinik belgilariga, ichki aʻzolar tarafidan faol sil kasallining, trel donlari mavjudligiga, keskin og‘riqlar kuzatilishiga va mikobakteriyalarning amqlanishiga asoslanadi. Kasallikni ushbu turining davosi ham sil kasalligida qo'llaniladigan umumiy davolash choralariga asoslangan holda olib boriladi. Mahalliy davo o‘tkazilishida asosan rengenoterapiya usuli qoʻllanadi, ya’ni 7 kun davomida 200-250 R dan 2 seans davo o‘tkaziladi, ba’zan esa kasallangan o‘choqlar operativ usul orqali olib tashlanadi[3].

Terming lixenoid yoki miliar sili (tuberculosis cutis lichenoides, lichen scrofulosorum) asosan sil kasalligining o‘pka, suyak, limfa tuganlari bilan og'rigan zaif bolalarda paydo bo'ladi. Jarayon sarg'ishjigarrang yoki normal teri rangida bo‘lgan miliar papulalar shaklida namoyon bo'ladi. Yumshoq konsistensiyali tugunchalar markazida ko‘pincha kichik tangacha shaklida boʻlgan shoxli o‘simtalar paydo boʻladi, ayrim hollarda esa qizil yassi temiratki kasalligi toslimalarini eslatuvchi yaltiroq yuzali silliq tugunchalar ham kuzatilishi mumkin. Kasallik belgilari ko‘pmcha tana ten sohalarini, kam holatlarda esa qoʻl-oyoq va yuz teri sohalarini jarohatlaydi, toshmalar simmetrik va guruhlanishga moyil ko‘rimshda joylashadi, bemorlarda salbiy shikoyatlar kuzatilmaydi. Jarayon lzsiz kechadi, lekin qaytalanishi ham mumkin. Kasallikka tashxis qoʻyilishida Pirke sinamasi 100 % holatlarda musbat boʻladi. Ushbu teri silining davosi silning boshqa shakllarida qoʻlladigan davo vositalari kabi o‘tkaziladi. Mahalliy davo sirtdan tozalovchi surtmalarni qoʻllash orqali olib boriladi.

Terming papulonekrotik sili (tuberculosis cutis papula - necrotica) odatda bolalik va o‘smirlik yoshlarida kuzatiladi. Jarayon bemorlarda oyoq va qoʻllarning yozuv sohalardagi teri yuzalarida hamda tana va yuz teri sohalarida joylashib rivojlanadi. Kasallik belgilari g‘uj-g‘uj boʻlib joylashgan, qo‘ngdr-binafsha rangli, kattaligi 2-3 mm gacha boʻlgan tugunchalar koʻrinishida namoyon boʻladi, ular markazida yiringsimon nekrotik poʻstloqlar kuzatiladi. Keyinchalik esa tugunchalar o‘rnida dumaloq, yuzaki koʻrinishdagi yarachalar paydo

boʻladi, ular bitib ketgandan so‘ng esa binafsha rang gardish bilan oʻralgan muhrsimon chandiqlar qoladi. 0‘choqlar davomiyligi, ya’ni evolyutsiyasi 4-8 haftani tashkil etadi. Kasallik odatda qaytalanib turadi, bunday qaytalanishlar asosan erta bahor va qish oylariga to‘g‘ri keladi. Papulo-nekrotik sil kasalligining bir nechta klinik turlari tafovut etiladi: Aknit (Acmtis) - tashqaridan oddiy xusnbuzar kasalligining pustulyoz xilini eslatuvchi shakli; Follikulitik (Folloclis) — tana va oyoq terisi sohalarida follikulyar jarohatlar bilan namoyon boʻluvchi chuqur

pustulyoz shakli; Kaxeksiyasmion (Acne cachecticorum) -krater shakli ko‘rinishidagi yaralar bilan kechadigan shakli. Kasallik belgilari chechakda kuzatiladigan chandiq, papula va pustulalarga o‘xshash boʻlgan ko‘rinishda ham kechishi mumkin.

Tashxis

tahrir

1. Bemorning tashqi koʻrinishi.

2. Ichki a’zolar tuberkulyozi.

3. Teridagi doʻmboqchalardan iborat toshmalar va klinik belgilar (olma jelesi va zond tushib ketish simptomlari).

4. Teri biopsiyasi (granulema, kazeoz nekrozi).

5. Sil mikobakteriyalarini izlash.

Differensial tashxisi: 1. Lepra. 2. Syphilis terciaria tuberculosa. 3. Leishmaniosis cutis.

Davolash

tahrir

Teri silini davolash kompleks, uzoq vaqt va tanaffussiz, etiologik davolashni patogenetik bilan birgalikda olib boriladi. Antibakterialterapiya tuberkulostatik preparatlar tomontdan olib boriladi va ular uch guruxga boʻlinadilar:

-izoniazad, ftivazid, rifampitsin;

-streptomitsin, kanamitsin, florimitsin (biomitsin), etambutol, protionamid (etionamid), pirazinamid;

-PASK (paraaminosalitsilat kislotaning natriyli tuzi), bepask.

Izoniazid- izonikotin kislotasining gidrazidi boʻlib, silga qarshi preparatlar ichida eng samaradorlisidir. Tabletka xolida 0,3 g.dan chiqariladi, kattalar uchun sutkalik dozasi 0,6-0,9g., bolalar uchun 1 kg vaznga 0,006-0,012g. uni 1-2 maxal qabul qilinadi. Ftivazid yuqoridagi preparatning analogi (biroz kuchsizroq), tabletka xolida 0,5g.dan chiqariladi, kattalar uchun sutkalik dozasi 1,0-1,5g., bolalar uchun 1 kg vaznga 20-30mg.dan, sutkalik doza 2-3 maxalga boʻlib beriladi. Rifampitsin-spektr doirasi keng boʻlgan antibiotik, yuqori darajadagi tuberkulostatik taʻsirga ega, ammo mikobakteriyalar bu preparatga tezda chidamli boʻlib qoladilar. 300mg.dan kapsula xolida chiqariladi, sutkalik dozasi kattalar uchun 600mg, bolalar uchun 1kg. vaznga 8-10mg.dan (ammo sutkalik dozasi 0,45g.dan ortmasligi kerak), preparat 1 maxal naxorda och qoringa beriladi. Streptomitsin silning barcha turlarida yaxshi samara beradi, sutkalik dozasi kattalar uchun1,0g. bolalar uchun 1 kg vaznga 10-20mg.dan, sutkalik dozani 1 maxal mushak ichiga yuboriladi. Agar bemorlarda quloqda shovqin

paydo boʻlsa preparat vaqtincha toʻxtatiladi, Yoki dozasi pasaytiriladi. Kanamitsin tuberkulostatik taʻsiri streptomitsin bilan bir xil, ammo biroz toksik taʻsiri kuchli. Kattalar uchun 1,0g.dan kuniga bir maxal, bolalar uchun sutkalik dozasi 1kg. vaznga 10-20mg.dan, maksimal dozasi 0,5g. (oʻsmirlar uchun 0,75g.), kuniga 1 maxal mushak ichiga yuboriladi.

Nevritlarning profilaktikasi sifatida kanamitsin bilan bir vaqtning oʻzida pantoten kislotasi beriladi. Biomitsin yoki florimitsin sul`fat streptomitsin oʻrniga kuniga bir maxaldan kattalarga 1,0g.dan mushak ichiga 6 kun mobaynida yuborilishi mumkin, 7 kuni tanaffus qilinadi, bolalarga 1kg. vaznga 15- 20mg.dan (ammo bolalarda 0,5g.dan, oʻsmirlarda 0,75g.dan

ortmasligi kerak)buyuriladi. Etambutol tabletka xolida boʻlib, kattalar uchun sutkalik dozasi 1kg. vaznga 25mg, bolalar uchun 20-25mg (ammo 1,0g.dan ortmasligi kerak) kuniga 1 maxaldan ertalab beriladi. Davolash jara?nida koʻruv aʻzolarini nazorat qilib borish kerak. Etionamid (protionamid) tabletka xolida chiqariladi, kattalarga sutkasiga 0,75g.dan, bolalarga 1 kg. vaznga 0,01-0,02g.dan ovqatlangandan 1 soat keyin beriladi. Pirazinamid GINK preparatlariga mikobakteriyalarning chidamliligi rivojlanganda ularning oʻrniga ?ki ular bilan birga beriladi. Kattalarga 0,75-1,0g.dan kuniga 2 maxal beriladi, bolalarga sutkalik dozasi 1kg. vaznga 20-30mg.dan (ammo sutkalik dozasi 1,5g.dan oshmasligi kerak). Preparatning jigarga toksik taʻsirini kamaytirish maqsadida 0,5g.dan kuniga 3 maxal metionin beriladi. PASK (paraaminosalitsilat kislotaning natriyli tuzi) kattalar uchun sutkasiga 9-12g.dan, bolalarga 1kg. vaznga 0,15-0,2g.dan ogiz orqali (preparat granula xolida) beriladi. Bepask 2,0g.dan kuniga 4 maxaldan beriladi (ishqoriy mineral suvda eritib). Bemorlarni davolash eng kamida 2-3ta preparatning kombinatsiyasi (teng qoʻllanishi) orqali olib boriladi va davolash 9-12 oygacha davom etadi. Agar 4 ta preparat kombinatsiyada berilsa, davolash 6 oygacha kamaytirilishi mumkin. Antibakterial terapiya oʻtkazilganda nojoʻya taʻsirlar kuzatilishi mumkin: toksikoallergik reaktsiyalar, toksik taʻsirlar (jigarga, buyrakka, koʻruv va eshituv aʻzolariga). Bularni bartaraf etish uchun antigistamin moddalari, yalliglanishga qarshi vositalar, kortikosteroid gormonlar qoʻllanishi mumkin. Bulardan tashqari patogenetik terapiya sifatida organizning quvvatini oshiruvchi moddalar, vitaminlar, immunomodulyatorlar va boshqalar qoʻllanishi mumkin. Teri silini davolashda maxalliy davoning axamiyati yoʻq[4].

Profilaktikasi

tahrir

Teri sili bilan og'rigan bemorlarni silga qarshi kurash dispanserlarida xisobga olinadi, ular shu muassasalarda asosiy va retsidivga qarshi davolanadilar. Oʻpka va boshqa aʻzolar sili bilan og'rigan bemorlarda teri sili borligini aniqlash uchun koʻrikdan oʻtkaziladilar. Silga qarshi kurash dispanserlari xar yili reja asosida bemorlar bilan kontaktda turgan

shaxslarni koʻrikdan oʻtkazadilar. Teri silidan davolanib, tuzalgan bemorlarga 5 yil davomida ( teri silining cheklangan turlari bilan og''rigan bemorlarga) yoki 3 yil davomida (disseminatsiyalangan turlari bilan og'rigan bemorlarga) yiliga 2 marta retsidivga qarshi davo oʻtkaziladi. Shu davr ichida kasallik retsidiv bermasa, ular xisobdan chiqariladilar.

Manbalar

tahrir
  1. Vaisov A .. Teri va tanosil kasalliklari 99-bet. Yangi asr avlodi 2009. 
  2. Mannanov A. M., Xaitov Q. N.. Bolalar teri va tanosil kasalliklari 276-bet. Iqtisod-moliya 2016. 
  3. Mannanov A. M., Xaitov Q. N.. Bolalar teri va tanosil kasalliklari 278-bet. Iqtisod-moliya 2016. 
  4. Ёқубова М. А.. Терининг инфекцион ва паразитар касалликлари. Андижон 2020.