Teshikqalʼa — ilk oʻrta asrlarga oid yirik qasr xarobasi (mil. 78-asrlar). Koraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tuman idagi Burgutqalʼa vohasida joylashgan ilk oʻrta asr meʼmorligi obidasi. Tarhi kvadrat boʻlgan qasr, atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan. Markazda baland paxsa supa ustida koʻp xonali turar joy minorasi qad koʻtargan. Uning devorlariga arkalar bilan bezatilgan yarim ustunlar (kolonnalar) oʻrnatilgan. Devor bilan minora oraligʻiga turar joy xonalari va xoʻjalik ahamiyatidagi binolar qurilgan. Teshikqalʼa 1938-yil S. P. Tolstoye rahbarlik qilgan arxeologik ekspeditsiya tomonidan tekshirilgan. Mato parchalari, sopol idishlar, bezak buyumlari, tangalar topilgan. Ularni oʻrganish afrigʻiylar madaniyatini tadqiq etishda asos boʻlib xizmat qilgan.