Teymur Charyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Teymur Alikovich Charyev
Tavallud sanasi 26-oktyabr 2000-yil (2000-10-26) (23 yosh)
Tavallud joyi Turkmaniston Mari Turkmaniston
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qirgʻiziston FC Abdysh-Ata Kant
Raqami 19
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2022 Turkmaniston Energetik (Mari) - (-)
2023— Qirgʻiziston FC Abdysh-Ata Kant 21 (1)
Milliy terma jamoa
2022—2023 Turkmaniston Turkmaniston U-23 4 (1)
2023 Turkmaniston Turkmaniston 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Teymur Alikovich Charyev (turkmancha: Teýmur Alikowiç Çaryýew; 26-noyabr 2000-yil, Marv) – turkman futbolchisi, „Abdysh-Ata“ klubi va Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi.

Faoliyati tahrir

2019-yilda futbolchi ilk professional jamoasi, Turkmanistonning „Energetik“ klubida oʻynay boshladi. 2023-yilning mart oyida u Qirgʻizistonning „Abdysh-Ata“ klubi tarkibiga oʻtdi[1]. U klubdagi debyutini 2023-yilning 2-aprelida Talent klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2023-yilning 8-aprel kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinda "Oʻsh Davlat Universiteti – „Aldier“ klubiga qarshi oʻyinda debyut golini kiritdi. Klub bilan birgalikda u Qirgʻiziston kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Abdish Ata jamoasida 2023-yil 16-sentyabr kuni finalda Jalolobod klubiga gol urdi ammo yakibnda magʻlub boʻldi. 2023-yilning sentyabr oyida u klub bilan AFC Kubogi oʻyinlariga bordi. Turnirning ilk oʻyini 2023-yil 21-sentabr kuni Turkmanistonning „Oltin Asir“ klubiga qarshi oʻtkazilgan[2]. Klub bilan birga futbolchi 2023-yilgi Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioniga aylandi.

Terma jamoa tahrir

2022-yilning may oyida futbolchi Turkmaniston U23 yoshlar terma jamoasiga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2022-yilning 1-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[3]. U terma jamoadagi debyut golini 2022-yil 4-iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan navbatdagi oʻyinida kiritdi[4]. Terma jamoa bilan birgalikda u guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqdi, u erda 2022-yil 11-iyunda Avstraliya terma jamoasiga magʻlub boʻldi[5].

2023-yil iyun oyida futbolchi Turkmaniston terma jamoasiga CAFA Millatlar Kubogi 2023 ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2023-yilning 11-iyun kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[6]. U terma jamoadagi debyut golini 2023-yilning 12-sentabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritdi[7].

Yutuqlar tahrir

Abdish-Ata

Manbalar tahrir

  1. „Футболист молодежной сборной Туркменистана Чарыев перешёл в «Абдыш-Ату»“ (ru). turkmenportal.com (2023-yil 3-mart).
  2. „Abdysh-Ata vs. Altyn Asyr“ (en). soccerway.com (2023-yil 21-sentyabr).
  3. „Uzbekistan U23 vs. Turkmenistan U23“ (en). soccerway.com (2022-yil 1-iyun).
  4. „Turkmenistan U23 vs. IR Iran U23“ (en). soccerway.com (2022-yil 4-iyun).
  5. „Australia U23 vs. Turkmenistan U23“ (en). soccerway.com (2022-yil 11-iyun).
  6. „Tajikistan vs. Turkmenistan“ (en). national-football-teams.com (2023-yil 11-iyun).
  7. „Bahrain vs. Turkmenistan“ (en). national-football-teams.com (2023-yil 12-sentyabr).