The New York Times minorasi
New York Times binosi (inglizcha: The New York Times Building')- AQShdagi Nyu-York shahridagi osmonoʻpar bino (Manxettenning gʻarbiy qismi). 52 qavatli binoning balandligi 228 metr, antenna hisobga olgan holda 319 metrni tashkil qiladi. Chrysler Building bilan birgalikda u Nyu-Yorkdagi eng baland binolar roʻyxatida 6-oʻrinni [1] va AQShda 11-oʻrinni egallaydi[2]. Binoning qurilish 2003-yildan 2007-yilgacha amalga oshirilgan.
The New Tirk Times minorasi | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Meʼmoriy uslubi | Modernizm |
Manzili | Manxetten, 8 avenyu, 620 |
Shahar | Nyu York |
Mamlakat |
![]() |
Qurilishi boshlangan | 2003-yil |
Qurilishi tugagan | 2007-yil |
Egasi |
The New York Times Company (58%) Forest City Ratner Companies (42%) |
Balandligi | |
Balandligi | 319 m |
Tomi | 228 m |
Eng yuqori qavati | 219,9 m |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 52 ta |
Binoning ichki maydoni | 143 000 kv.m. |
Liftlar soni | 32 ta |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Rentso Piano |
Binoning asosiy ijarachisi The New York Times kompaniyasi, The Boston Globe, International Herald Tribune va boshqa mintaqaviy gazetalarning noshiri.
ArxitekturaTahrirlash
Minora italyan arxitektori Renzo Piano va FXFOWLE Architects tomonidan ishlab chiqilgan[3], ichki dizayn Amerika arxitektura firmasi Gensler[4] tomonidan va binoning tungi yorugʻlik dizayni Visual Interaction Office[5] tomonidan ishlab chiqilgan.
Binoning tomigacha boʻlgan balandligi 228 metrni tashkil etadi, ammo uning tashqi devorlari yana 28 metrga koʻtariladi va balandligi 256 metrni tashkil qiladi. Minoraning tomida joylashgan antennani hisobganda, balandligi 319 metrni tashkil etadi va Chrysler Building bilan birgalikda Nyu-Yorkdagi oltinchi eng baland osmonoʻpar bino[1] va AQShda oʻn birinchi[2].
Minoraning dizayni koʻplab energiya tejovchi materiallardan qurilgan. Tashqi devorlar toʻliq sirlangan , quyosh nurlarining katta miqdorini oʻtqazish hususiyatiga ega boʻlgan maxsus oynalaroʻrnatilgan, shu bilan birga, devorlarning ichki qismiga binoning isishi oldini oladigan maxsus sopol quvurlar oʻrnatilgan[6]. Oʻz issiqlik elektr stantsiyasi minoradagi elektr energiyasining 40 foizini ta'minlaydi.
ManbslarTahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 Emporis GmbH. Statistics | EMPORIS“. www.emporis.com. 23-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Emporis GmbH. Statistics | EMPORIS“. www.emporis.com. 11-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
- ↑ „FXFOWLE – The New York Times Building“. www.fxfowle.com. 23-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
- ↑ Projects | Gensler“ (en). Gensler. 23-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
- ↑ „The New York Times Building & TimesCenter - OVI“ (en). OVI. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.
- ↑ „The New York Times Building: Designing for Energy Efficiency Through Daylighting Research“. www.lbl.gov. 4-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr 2016-yil.