Dharma gʻildiragi
Buddizm
Madaniyati
Tarixi
Buddistlar
Maktablar
Ibodatxonalar
Matnlar
Portal

Tibet Buddizmi — shuningdek lamaizmTibet va Himolayga yaqin hududlardagilarga mansub Buddizmning bir yo'nalishi. Tibet Buddizmi Hinayana, Mahayana, Vadjrayana, sutra, tantra va dzogchen kabi turli darajalarning nazariyalariga asoslangan serqirra va kompleks ta'limotdir.

Tibet Buddizmi tarixi tahrir

 
Sikkim ibodathonasidagi Tibet ruhoniylari

Tibetga Buddizmning kirib kelishi tahrir

Birinchi Buddizmni qabul qilgan tibetliklar - kianglar edilar. Bu IV asrning oxirlarida, ular shimoliy Xitoyni boshqarayotgan paytlarga to'g'ri kelgan va Tibetga ta'sir ko'rsatmagan.

Tibetga Buddizm (mahayan an'analari) birinchi bo'lib VII asrning birinchi yarmida Xotandan (Tarim daryosining janubiy qirg'oqlari, Turkistonning sharqi) kirib kelgan. Bu voqea Sontsgen Gamponing (627649) hukmdorlik davrida bo'lib o'tgan. U nepallik va xitoylik malikalarga uylanadi. Ikki malika ham o'zlari bilan Buddaning rasmini va astrologik, tibbiy matnlarni olib keladilar. Qirol bu buddaviy matnlarni sanskrit tilidan tarjima qildiradi.

Samye ibodathonasida bo'lib o'tgan mashhur munozarada VIII asrning oxirlarida, qirol Trisong Detsen Tibetda Xitoy buddizmi emas, balki Hindiston buddizmi qabul qilinishi haqida qaror qabul qilgan edi. Buddizm esa Samarqandgacha borgan edi. Qirol Trisong Xitoy poytaxti Chanyanni bosib olib qisqa vaqt qo'lida ushlab turadi. Xitoy buddizmidan yuz o'girilgan bo'lsa-da, ba'zi tibet buddizmi maktablarida Chan an'analarining ta'siri bor. U maktablarda ikki xil sindorlar haqida gapiriladi: biri hamma narsaga birdaniga ega bo'ladiganlar, ikkinchisi butun yo'llarni qadamba-qadam oshuvchilar.

  • Birinchi maktab Chan talimoti bo'lgan - yorug'likka intilishni eslatadi, ammo Tibetda bu umuman boshqacha sharxlanadi. Qirg'izistonda VI-X-asrlarga tegishli buddizm ibodathonalarining vayronalari topilgan. Ular uyg'ur an'analariga tegishligi noma'lum. Issiq-ko'l rayonida joylashgan Ili va Chu daryolari vodiylarida devorda yuqorida yozilgan davrga mansub qadimiy buddaviy yozuvlar topilgan. Bu esa Tibet madaniyatini shu yerlarda ham bo'lganligidan dalolat.
  • Buddizmgacha bo'lgan tibet madaniyati - Bonning eng gullagan davri Shan-Shun hukmronligi davrlariga to'g'ri keladi. Hukmronlikning eng g'arbiy rayoni - Tazik. Tazik hozirgi Tojikiston territoriyasida ekanligi noma'lum. Bu madaniyat O'rta Osiyoda yoyilgan shamanizm bilan bir-biriga o'hshasada, ularni tenglashtirib bo'lmaydi. Daraxtlarga o'qilgan bayroqlarni bog'lash va yana shuning kabi bir qancha an'analar Bon diniga Shamanizmdan o'tgan. Bon dini hozirgi kunimizda ham mavjud. U shunchalik Buddizm bilan uyg'unlashib ketganki, uni Buddizmning bir yo‘nalishi deb ham atashimiz mumkin. Bu dinda muqaddas siymolarning ismi va terminologiya boshqacha.

Buddizmni birinchi to'lqinlarini Tibetga Padmasambxavalar yoki Guru Rinpoche olib kelgan. Guru Ningma an'analariga asos solgan.

IX asrning o'rtalarida buddizmga davat kuchaygan va Ningma an'anasiga e'tiqod qilganlar buni yashirin ravshda davom ettirganlar. Ko'p matnlar g'orlarga berkitilgan va bir qancha asrlar so'ngra topilgan.

X-asrlarda Hindistondan yangi dindor o'qituvchilar keltirganlar va Tibetga buddizmning yangi to'lqini kirib kelgan. Bu davr «yangi (tarjimalar)» nomi bilan mashhur. Uch asosiy an'analar vujudga keladi: Sakya, Kagyu va Kadam, XIV asrda Kadam an'anasi Yangi Kadamga (Gelug)ga o'zgartirilgan.

Tibet buddizm maktablarining kengayishi tahrir

Kagyu an'anasi ikki asosiy yo'nalishlarga bo'linadi:

Dagpo Kagyu - Tilopa, Naropa, Marpa, Milarapa, Gampopa yo'nalishlaridan kelib chiqgan. U 12 asosiy yo'nalishlarga bo'linadi. Ularning eng kattasi - Karma Kagyu. Shu 12 yo'nalishdan eng asosiylari Drukpa kagyu, Drikung Kagyu va Taglung Kagyu.Kagyuning ikkinchi asosiy yo'nalishi - Shangpa Kagyugahind murabbiyasi Kxyungpo Naljor asos solgan.

Yangi Kadam, yoki Gelug an'anasiga Tsonkapa asos soladi. Tibet buddizmining buyuk figuralaridan biri Dalay-lama hisoblanadi. Dalay-lama I Tsonkapaning o'quvchii hisoblanadi. Uning III-«timsoli» Mo'g'ulistonga borganida unga «Dalay» (mo'g'ul tilida «okean») unvoni beriladi. Dalay-lama IV Mo'g'ulistonda tug'iladi. Dalay-lama V butun Tibetni to'playdi va nafaqat diniy lider, balki siyosiy lider ham bo'ladi. Dalay-lama Gelug an'analarining boshlig'i deyish noo'rin. Dalay-lama Buddizmning butun an'analarining boshi. Panchen-lama I Dalay-lama V ning o'qituvchilaridan biri hisoblanadi. Dalay-lamadan farqli o'laroq, Panchen-lama faqatgina diniy ishlar bilan shug'ullanadi. Dalay-lama va Panchen-lamaning yoshlariga qarab, biri birining o'qituvchisi bo'ladi.

Tibet buddizmi maktablarini solishtirish tahrir

Tibet buddizmining to'rt an'analarini solishtirib, ularning 85%i bir hil ekanligi haqida hulosaga kelingan. Ularning hammasi Hindiston ta'limotining izidan borganlar. Ularning hammasining ichida eng mutlog'i Madx'yamika ekanligi tan olingan. Ularning hammasi disputlar o'tkazish an'analariga va masaxidlarning an'analariga rioya qiladilar. Ularning hammasi sutra va tantra yo'llaridan yuradilar. Ularning yana bir o'hshash tarafi - ruhoniy qasamyodlari. Lekin ahamiyatsiz farqlar ham mavjud. Ruhoniylarning kiyimi to'q-pushti rangda va yengsiz. Buddizm matnlari sanskritdan tibet tiliga tarjima qilingan. Ular Kandjur va Tandjur yig'malarida saqlanadi. Kandjurda Buddaning so'zlari, Tandjurda esa hind sharhlari.

Tibet Buddizmining yoyilishi tahrir

Buddizm Tibetdan Himalayning Ladakx, Laxul-Spiti, Kinnuar, Nepaldagi Sherpa viloyati, Sikkim va Butan kabi boshqa rayonlariga kirib borgan. VI-asrda oldin turk, so'ngra uyg'ur hukmronligi qo'l ostida bo'lgan Mo'g'ulistonga O'rta Osiyodan maxayan ta'limotlari kirib kelgan va shu tariqa buddizm yoyilgan.

Emigratsiyada bo'lgan Tibet buddizmi tahrir

Dalay-lama tahrir

Antixitoy qo'zg'olonini bostirgach 1959-yil 17 mart Dalay-lama Hindistonda boshpana topish uchun Lxasa (Tibet poytaxti)ni tashlab ketishga tog'ri keldi. O'sha kundan beri u Dxaramsalada (u yerda Quvg'indagi Tibet Hukumati joylashgan) yashaydi.

Shambala buddizm tahrir

Shambala buddizm - tibet buddizmining g'arbda ta'lim beruvchi birinchi tashkilotlaridan biri.

1959-yili, o'z vatanida juda mashhur buddizm o'qituvchisi, Kagyu lideri Chogyam Trungpa Rinpoche Xitoy bosqinidan qochib Tibetdan Hindistonga Himalay orqali yayov qochib, g'arbda tibet buddizmi haqida ta'lim berishni boshlaydi.

1987-yil, uning o'limidan keyin, uning o'g'li Sakyong Mipam Rinpoche Shambala buddizmining an'analarini davom ettirmoqda.[1][2][3][4]

Manbalar tahrir

  1. Wallace, B. Alan (October 25, 1993). Tibetan Buddhism From the Ground Up: A Practical Approach for Modern Life. Wisdom Publications. ISBN 0861710754, ISBN 978-0861710751
  2. Coleman, Graham, ed. (1993). A Handbook of Tibetan Culture. Boston: Shambhala Publications, Inc.. ISBN 1-57062-002-4.
  3. The Ri-Me Philosophy of Jamgon Kongtrul the Great: A Study of the Buddhist Lineages of Tibet by Ringu Tulku, ISBN 1-59030-286-9, Shambhala Publications
  4. Smith, E. Gene (2001). Among Tibetan Texts: History and Literature of the Himalayan Plateau. Boston: Wisdom Publications. ISBN 0-86171-179-3