Tiki-taka (ispancha: tiqui-taca,inglizcha: tiki-taka) — ispan futboli taktikasi boʻlib, qisqa pastlar bilan maydonning turli joylarda doimiy ravishda toʻpni nazorat qilishga asoslangan.Shunga oʻxshash uslubni „Barselona“ futbol klubi Pep Gvardiola boshchiligida ishlab chiqdi, keyinchalik u bu usulni „foydasiz va tushunarsiz“ deb atadi.[1] Tiki-takaning tarixiy ildizlari 1990-yillardagi Yoxan Kroyff tomonidan „Barselona“ga singdirilgan oʻyin uslubiga borib taqaladi.Tiki-taka usuliga asoslangan futbol bilan 2008 va 2012-yil Yevropa chempionati,2010-yil jahon chempionatida chempionlikni qoʻlgan kiritgan Ispaniya terma jamoasining „oltin avlod“ga boshchilik qilgan Luis Arogones va Visente del Boske murabbiyligida juda yorqin oʻyin namoyish etishdi.2009-yil olishi mumkin boʻlgan barcha 6 ta sovrinni qoʻlga kiritgan „Barselona“ ham shu Tiki-takani qoʻllashdi.Tiki-taka futboldagi anʼanaviy fikrlashdan voz kechib hududiy belgilashga oʻtishni oʻz ichiga oladi.[2][3][4]

Ispaniya va Shveysariya baxsi.2010-yil Jahon chempionati.JAR

Eski oʻxshash taktikalar tahrir

Ilgari tiki-takaga oʻxshash taktikalar boʻlgan.Futbolchilar toʻpsiz harakatlanib paslar bilan harakatlangan jamoalar gʻalaba qilardi.1934—1942-yillarda „Shalke-04“ Germaniya chempionatida va 1970-yillarda „Ayaks“ va Gollandiya terma jamoasi „total futbol“[5][6][7] tufayli shaxrat qozondi.Shunga oʻxshash taktika bilan „River Pleyt“ 1941—1944-yillar oraligʻida Argentinaning 4 ta chempionligini qoʻlga kiritgan.Shundan soʻng jamoaga oʻsha davrda „mashina“ laqabi berilgan.[8][9][10]

Taktikaning kelib chiqishi va rivojlanishi tahrir

 
Ispaniya terma jamoasi 2012-yilgi Yevropa chempionatining gʻalabali final oʻyinidan oldin.

„Tiki-taka“ atamasi ilk marta Germaniyada oʻtkazilgan Jahon chempionati translatsiyasi vaqtida „La Sexta“ telekanali sharxlovchisi Andres Montes tomonidan rasman ishlatilgan deb aytiladi.[11] Ammo shunga oʻxshash atamani Ispaniyada ancha oldin Bilbaoning „Atletik“ klubi murabbiyi Xavyer Klemente tomonidan nafratli tarzda aytilgan degan taxminlar ham bor. 2006-yil Jahon chempionatining Ispaniya-Tunis uchrashuvi boʻlayotgan vaqtda Montes ispanlarning uzatmalarni qabul qilish va uzatish usulini quyidagicha taʼriflaydi: „Biz oʻynaymiz tiki-taka, tiki-taka“(ispancha: Estamos tocando tiki-taka tiki-taka)[11] Bir farazga koʻra tilshunoslikda uslubning nomi „onomatopeya“ unda „tik“ soʻzi futbolchilar oʻrtasida qisqa pasni anglatadi.[11] Ammo yana bir farazga koʻra ingliz tilida soʻzlashuvchi davlatlarda „clackers“ deb nomlanadigan oʻyinchoq nomidan kelib chiqqan deyishadi.Uni Ispaniyada „tiki-taka“ deb atasharkan.

„Tiki-taka“ning kelib chiqishidagi tamal toshlarini 1988—1996-yillarda „Barselona“ ga murabbiylik qilganida gollandiyalik Yoxan Kroyff ishlab chiqqan edi.[12] Bu oʻyin uslubiga murabbiylar Lui van Gal va Frank Raykard tomonidan sayqal berilgan edi, keyinchalik bu taktikani butun La Liga klublari qoʻllay boshladi.[12][13] Golland murabbiylari shundan keyin bu taktikani „Barselona“ning futbol akademiyasi „La Masiya“da futbolchilarni tayyorlashda majburiy qilib qoʻydi.Taktikaga koʻra boʻyi past, fizik jihatdan kuchli boʻlmagan futbolchilar ajoyib oʻyin texnikasiga ega boʻlardi.Bu taktika sabab kelib chiqqan yulduzlar qatoriga Pedro, Xavi, Andres Iniesta, Sesk Fabregas va Lionel Messi[14][15] misol boʻladi.Bu futbolchilarning barchasi ajoyib pas uzatishga, maydonni koʻra olishga va toʻpni mukammal boshqarishga ega edi.

2008—2012-yillar oraligʻida „Barselona“ ustozi Pep Gvardiola qoʻl ostida „tiki-taka“ taktikasi uning murabbiylik qarashlari, „La Masiya“ning ajoyib ajoyib avlodi, jamoani toʻpni nazorat qilish, raqibga katta bosim oʻtkazish tufayli eng yuqori choʻqqisiga chiqdi va gullab yashnadi.[16] 2005-yilda oʻyindan tashqari holatni aniqlash qoidalariga oʻzgartirish kiritildi.Himoyachilarni bir chiziqda joylashtirish orqali bu taktika orqali jamoa uchun jismoniy koʻrsatkichlardan koʻra texnika eng muhim rolni oʻynadi.[16][17] Gvardiola davridagi tiki-taka yuqori himoya chizigʻi, maydondagi nuqtalarni doimiy ravishda oʻzgartirishi, toʻpga egalik qilishi Gollandiya total futboliga oʻxshardi."Tiki-taka" taktikasiga koʻra toʻp uzatish eng muximi edi.Markaziy hujumchi turli burchaklardan toʻpni boshqaradigan „yolgʻon toʻqqizlik“ rolini oʻynadi, markaziy himoyachi esa maydon markaziga yaqinroq oʻynadi, himoyachilar esa yarim himoyachilar uzatgan toʻp uzatish, himoyachilar oʻz navbatida toʻpni darvozabonga uzatib raqib hujumlarini parokanda qilardi.[16].

Rafael Xonixshtayn „tiki-taka“ga quyidagicha taʼrif berdi: „Ispanlarning tiki-takasi 2006-yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan soʻng 2010-yilgi JARda boʻlgan jahon chempionatida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha raqibdan ustun turishdan koʻra 4 yil davomida shakllantirilgan radikal taktikadir“.[18] Oksford universiteti futbol jamoasi murabbiyi Jed Devis jamoasiga singdirgan toʻpni egallashga qaratilgan bu taktikani konseptual inqilob deb atadi.Toʻpga egalik orqali maydonda raqibga qaraganda koʻproq joy egallanardi, agar toʻp yoʻqotilsa Valeriy Lobanovskiy taktikasiga koʻra agressiv pressing orqali toʻpni olib qoʻyishga harakat qilinardi.Pep Gvardiola aytishicha toʻpga boʻlgan nazoratni raqib darvozasiga 80 metr qolganda emas 30 metr qolgandayoq harakat qilinardi. Pep Gvardiola raqib darvozasi 80 emas, 30 metr boʻlgandagina jamoa toʻpni oʻz nazoratiga qaytarib olishini aytdi.[19][20][21][22][23]

Taktikaning tavsifi tahrir

 
2008-yilda Yevropa kubogida gʻalaba qozongan Ispaniya terma jamoasi.

Tiki-taka jamoaviy oʻyin boʻlib maydonning geometrik tuzilishini toʻliq tushunishga asoslangandir.[24] Gvardiolaning „Barselona“dagi tiki-takasi bilan 2008/2009-yilgi mavsumda Yevropa va Jahon miqyosida klub qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan bir yillik 6 ta sovrinning barchasini qoʻlga kiritdi.Katoloniyaliklar bir chiziqli himoyada oʻynab, sunʼiy ofsaydlar yaratishdi va jamoaga koʻproq uzatmalar berish uchun himoyada yarim himoyachilardan foydalanildi.[25][26][16] Yuqoridan paslar kutayotgan yarimhimoyachilar xavfsizroq toʻp uzatish variantlarini afzal koʻrishdi."Barselona" muvaffaqiyatining kalitlaridan biri Lionel Messi bilan boʻldi u juda vaqtida golli paslarni qabul qilb oldi.Maydonning uchdan bir qismida Gvardiola erkin harakatlanish kerakligini afzal koʻrdi.Bunda harakatlar samaraliroq boʻlsa oʻyin davomida jamoa shunchalik koʻp imkoniyatlarga ega boʻladi.[27]

Tiki-taka qisqa paslar va harakatga asoslangan oʻyin uslubi bilan gol urishga yordam beradi.[15] „Toʻp bilan har doim turli usullar bilan muomala qiladigan taktika“ deb taʼrif berilgan.[28][29] Tiki-taka yarim himoyada toʻpga 1-2 teginish bilan joyni doimiy oʻzgartirish va toʻpni murakkab usullarda uzatmalar koʻrinishida yetkazib berishga asoslangan deb tavsiflanadi.[30][31] Jamoa doimo toʻpga egalik qilgani uchun tiki-taka ham hujumkor ham himoyaviy taktika deyish mumkin.[19]

Tiki-taka jismoniy nuqtai-nazardan frontal hujum[15] va „Arsenal“ning 2007/2008-yilgi mavsumdagi Arsen Vengerning tezkor paslarga asoslangan taktikasiga qarshi edi.Oʻshanda Sesk Fabregas himoya va hujumni bogʻlovchi boʻgʻin boʻlgan.[28] Tiki-taka futbol mutaxassislari tomonidan qobiliyat, ijodkorlik va toʻpga koʻproq teginish bilan bogʻlanadi.Lekin baʼzida oʻyin goʻzalligi uchun samaradorlikni qurbon qiluvchi yoʻnalishsiz sekin xavfli taktikadir.[32][29]

Muvaffaqiyatli tashrif tahrir

 
Ispaniya terma jamoasi 2010-yilgi Jahon kubogi gʻolibi.
 
2012-yil Yevropa kugogida gʻalaba qozongan Ispaniya terma jamoasi.

Ispaniya terma jamoasi va „Barselona“ futbol klubi tiki-takadan eng muvaffaqiyatli foydalangan.Ispaniya terma jamoasi shu taktika ostida 2008,2012-yilgi Yevropa chempionati va 2010-yilgi Jahon chempionatini yutishgandi.[33] „Barselona“ futbol klubi esa 2009-yil shu taktika asosida Ispaniya chempionati, kubogi, superkubogi,Yevropa Chempionlar ligasi,Yevropa superkubogi,FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozondi.Xosep Gvardiola murabbiyligining atigi 4 yilida kataloniyaliklar olishi mumkin boʻlgan 19 ta sovrindan 14 tasini qoʻlga kiritishdi.2010/2011-yil va 2014/2015-yilgi Yevropa chempionlar ligasini Luis Enrike boshchiligidagi Barselona yutishdi.Ammo u tiki-taka falsafasidan biroz uzoqlashib „gibrid futbol“ deb atalmish usulni afzal koʻrdi.[34][35]

Sid Lou spanlarning Yevro-2008 dagi gʻalabasining asosiy sababi sifatida tiki-takani keltirdi.Bu ekstremal holatlarsiz Luis Arogones qoʻl ostida himoya chizigʻini mustahkamlash, toʻpga egalik qilishni saqlab qolish va oʻyinda ustunlik qilish uchun qoʻllangan.Lekin ispanlarning Yevropa chempionatidagi 6 ta gollaridan 4 tasi Rossiya,2 tasi Shvetsiya darvozasiga tiki-taka tufayli emas balki raqibning xatolari va aspanlarning individual iqtidori evaziga urilgan edi.[29] Rossiyalik sport jurnalisti Igor Rabinerning fikricha Ispaniya terma jamoasining gʻalabasi „soʻnggi 20 yillikdagi eng yorqin va hujumkor mudobaqalardan biri“ biri boʻlishi tabiiy edi.Chunki ispanlar 7 ta uchrashuvning har birida oʻyin evaziga gʻalaba qozondi.Bu tizim 2004-yilgi Yevropa chempionatida Gresiyaning gʻalabasidan keyin boshlanib,2006-yilgi Jahon chempionatida Italiyaning pragmatik futbol davri tugagan edi.[36]

2010-yilgi Jahon chempionatidagi gʻalaba Lou farazicha ispan futbolining 2 anʼanasini tasdiqladi-kuchli, tajovuzjor va toʻgʻridan-toʻgʻri oʻyin uslubi edi.1920-yilgi Antverpen olimpiadasida ispanlar qisqa toʻp uzatish va toʻpga doimiy egalik qilish orqali kumush medallarga ega chiqishdi va shu vaqtda ular „Qizil furiya“ laqabini olishdi (ispancha: La Furia Roja)[37].Rafael Xonixshteyn Germaniyaga qarshi kechgan yarim finalda ispanlar yuqori bosim bilan uygʻunlashgan holda murosasiz paslar oʻyini koʻrinishidagi zamonaviy futbol taktikasining eng murakkab variantini namoyish etganini taʼkidladi.Bu „total futbol“ni rivojlanishi boʻlib, u doimiy nuqtalarni oʻzgartirishni emas, balki toʻp bilan harakatni asos qilib berdi va ispanlarga toʻpni va raqibni nazorat qilish imkoni berdi.[19]

Ispaniya 2012-yilgi Yevropa chempionatida ispanlar yorqin oʻyinlar oʻtkazmasada gʻalaba qozondi, lekin ularning qisqa va oʻrta paslariga qarshi raqiblar hech narsa qila olmadi.[38][39] Shu tufayli fanda ham tiki-takaga qiziqish ortdi:2012-yil 28-iyun kuni matematiklar Xavyer Lopes Penya (Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti matematika fanlari nomzodi) va Ugo Tushetta (London universiteti) Yevropa chempionatining yakuniy yigʻilishidan biroz oldin bu tatika uchun tashakkur bildirdilar.Ularda olimlar 2010-yilgi Jahon chempionatida tiki-takaning afzalliklarini Ispaniya va Gollandiya oʻyinidagi barcha paslar miqdoriga axamiyat qaratishdi.Oʻyinda ispanlar 477 ta aniq paslar bilan gollandlarning 266 ta aniq paslaridan katta farq bilan oldinda edi.Olimlar kuzatishicha ispanlar maydon markazidagi oʻyinga koʻproq eʼtibor berib, zichroq, nosimmetrik oʻyin namoyish etisharkan.Olimlar tiki-takadan muvaffaqiyatli foydalanish uchun jamoaviy oʻyin muhimligini matematik tarzda isbotladilar va Xavi jamoadagi eng muhim tugun sifatida qayd etildi.[40]

Bu taktikani ispanlardan tashqari boshqalar ham qoʻllashdi.Tiki-takadan foydalangan holda 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Norio Sasaki boshchiligidagi Yaponiya ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi.Tiki-taka „nadesiko“ laqabi bilan tanilgan yaponlar musobaqa favoritlari nemislar va amerikaliklarni magʻlubiyatga uchratdilar.[41] „L’Equipe“ xabariga koʻra shunga oʻxshash uslub yoki „vertikal tiki-taka“ deb atalmish 2017/2018-yilgi mavsumda Mauritso Sarri qoʻl ostida Italiyaning „Napoli“ klubi Italiya chempionatida 2-oʻrinni egalladi.[42]

Tanqidlar tahrir

 
2010-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya-Portugaliya oʻyinidan soʻng ispanlar Joze Mourino tomonidan „steril“ texnika uchun tanqid qilgan edi.

Jurnalist Gay Xedjkou tiki-taka tufayli Ispaniya terma jamoasida nominal hujumchilar yoʻqligi, asosiy ishni yarim himoyachilar qilishi, hujumchilar esa chalgʻituvchi vazifani bajarishini tanqid qildi.Shu sababli maydonda futbolchilar paslar orqali bir-biriga toʻpni bir-biriga tashlashardi xatto bunga darvozabon ham qoʻshilardi toki kimdir raqib darvozasiga zarba berilmaguncha.[43] Biroq tiki-takaning eng keskin tanqidchisi „Inter“ dan „Real“ga oʻtgan portugaliyalik murabbiy Joze Mourino edi.Mourino ham Ispaniya terma jamoasida hujumchilar yoʻqligi faqat yarim himoyachilar borligini aytdi.[44] „Arsenal“ ustozi Arsen Vengerning taʼkidlashicha ispanlar Yevro-2012 da oʻyin falsafasini oʻzgartirib, hujum taktikasidan voz kechishgani va hatto yakuniy gʻalabaga qaramay ispanlarning toʻpga egalik qilishi gʻalabaning asosiy kaliti emas balki noilojlikdan qilingan yagona yoʻl edi.[45] Oʻyin uslubi muxlislar tomonidan gollar soni kamligi va zerikarli paslar tufayli tanqid qilindi.[46] Keyinchalik Gvardiola „Bavariya“ga oʻtgach tiki-takaga boʻlgan muxabbatidan voz kechdi va taktikani „toʻliq axlat“ deb atadi."Paslar uchun oʻtish" tamoyilini qoraladi.[1][47]

Tiki-takaning qarama-qarshiligi tahrir

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining hozirgi asr oʻn yilliklardagi ustunligi murabbiylarni toʻpga egalik qilishga asoslangan bir qator qarshi taktika ishlab chiqishga majbur qildi.Eng oddiy va eng samarali misol Joze Mourino[48] ning tashabbusi bilan „toʻxtashdagi avtobus“ nomi bilan mashhur boʻlgan himoya taktikasi boʻldi.Shuningdek tiki-takaga qarshi kurashda bosim ham bir xil darajada muhim rol oʻynadi.[49]

2009—2010-yillar tahrir

 
Ispaniya-Shveysariya oʻyini.Unda shveysariyaliklar boʻlajak jahon chempionlarini magʻlub etishdi.

Gvardiola qoʻl ostida „Barselona“ 51 ta jamoaga qarshi kamida 1 ta oʻyinda gʻalaba qozongan.Gvardiola jamoasi „Chelsi“ga qarshi shaxsiy uchrashuvlarda (umumiy uchrashuvlarda emas) uni magʻlub etolmagan istisno tarzidagi kamdan-kam klublardan biri edi.[50][51][52] 2008/2009-yilgi Chempionlar ligasida gʻolib chiqqanida yarim finalda Gus Xiddink qoʻl ostidagi „Chelsi“ katalonlarni ixcham himoya sababli jarima maydoni ichidan emas uning tashqarisidan zarba berishga majbur qilishdi.Londonliklar „Nou Kamp“ da himoyadagi Xose Bosingva, JonTerri, Maykl Essiyen harakatlari evaziga „Barselona“ yulduzi Lionel Messi boshchiligidagi katalonlar bilan 0:0 hisobida durang oʻynashdi.Biroq javob uchrashuvida xakam Tom Xenning Evrebyo kamida 4 ta vaziyatda „Barselona“ darvozasiga penalti bermadi, keyinchalik bu harakatlari xato boʻlganini tan oldi.Shu sabab „Barselona“ finalga chiqdi.[53] Soʻnggi daqiqalarda Andres Inestaning goli evaziga hisob 1:1 koʻrinishini oldi va mexmonda urilgan gol sababli „Barselona“ finalga chiqib u yerda ham gʻalaba qozondi.[54]

2009-yil yozida JARda boʻlib oʻtgan Konfedrasiyalar kubogida 2008-yilgi Yevropa chempionlari sifatida kelgan ispanlar yarim finalda AQSHga 0:2 hisobida magʻlub boʻlishdi.AQSHliklar pley-offga Misr va Italiyani toʻplar farqidagi yaxshi natija sabab yoʻl olgandi.Amerikaliklar murabbiyi Bob Bredli 4-4-2 chuqur himoya taktikasiga tayanib ispanlarning ega boʻlishini qisqartiridi va qarshi hujumlarda Ispaniya himoyasini jazoladi.Jozi Altidor va Klint Dempsi tomonidan kiritilgan gollar amerikaliklar 10 kishi boʻlib oʻynasada ispanlarni finalga yoʻl olishiga qoʻymadi. Finalda amerikaliklar birinchi boʻlimda braziliyaliklar darvozasiga 2 marta gol urib yana sensatsiya qilishiga sal qoldi.Lekin tajriba oʻz soʻzini aytdi va amerikaliklar himoyasi braziliyaliklarning 3 ta golini oʻtkazib yuborib 2:3 hisobda yutqazishdi.[55] Bir yil oʻtgach 2010-yilgi jahon chempionati gurux bosqichi ilk oʻyinida ispanlar musobaqadagi birinchi va oxirgi magʻlubiyatini Shveysariyadan qabul qilib oldi.Oʻsha oʻyinda ispanlar shveysariyaliklarni 3 marta deyarli golli xatoga yoʻl qoʻyishga majbur qilishdi lekin gol urish imkoniyatini qoʻldan boy berishdi.Ikkinchi boʻlimda esa Xabi Alonsoning burchak toʻpidan soʻng xatosi tufayli Eren Derdiyok va Jelson Fernandesh ishtirokidagi kombinatsiyadan keyin Fernandesh Ispaniya darvozasiga gol bilan yakuniy hisobni oʻrnatdi va Shveysariya oʻyinda gʻalaba qildi.Ispaniyaliklar hisobni tenglashtirish uchun keyingi harakatlari besamar ketdi kamiga 70-minutda Derdiyok darvoza ustuniga zarba berib 2-golni urishiga sal qoldi.[56] Oʻyindan keyin Shveysariya terma jamoasi murabbiyi Otmmar Xitsfeld Bob Bredlidan ilxomlanganini aytdi.[57]

2009/2010-yilgi Yevropa Chempionlar ligasida „Barselona“ ham aʼlo darajada oʻynamadi.2009-yil 20-oktabrda ular sensatsion tarzda gurux bosqichida oʻz stadionlarida „Rubin“ga 1:2 hisobda magʻlub boʻlishdi."Rubin" himoyada juda yopiq oʻynadi, hattoki barsachilarning paslari ham deyarli himoyadan oʻtmadi.Oʻyin oxirlarida esa katalonlarning bir necha zarbalari darvoza ustunlariga tegdi.[58] Biroq keyinchalik „Barselona“ yarim finalda musobaqaning boʻlajak gʻolibi Mourino murabbiyligidagi „Inter“ bilan oʻynadi."Inter" himoyada oʻynamay, agressiv harakat qilishga qaror qilishdi.Ular Lionel Messi va Xavini „yopib“ qoʻyishdi va sensatsion tarzda „Barselona“ 3:1 hisobda magʻlub etishdi.[59] Javob oʻyinida katalonlar „Inter“ni 1:0 hisobda yutgan boʻlsada urilgan gollar miqdoriga qarab „Inter“ finalga yoʻl oldi.[60]

2011/2012-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finali tahrir

2011/2012-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi gʻolibi „Barselona“ yarim finalda Roberto Di Matteo murabbiyligidagi „Chelsi“ga umumiy hisobda magʻlub boʻldi.Fernando Torresning soʻzlariga koʻra „Chelsi“ toʻpni egallab olishdan koʻra qanotlarda kurashishni afzal koʻrdi.Masalan Dani Alves qanotidagi Ramires Barsani hujum qilishga majbur qildi."Chelsi"ning sobiq futbolchisi Pet Nevinning aytishicha maydon markazida jamoasining 3 ta intizomli yarim himoyachisi bor edi, bu kataloniyaliklarning maydon markazidagi asosiy kuch boʻlgan yarim himoyachilarining bemalol harakatlanishiga toʻsqinlik qilardi. Buning natijasida Messi toʻp uchun ichkariroq kirib borishga majbur boʻlar va yakkama-yakka baxslarda Frenk Lempardga yutqazardi.Birinchi oʻyinda „Chelsi“ 1:0 hisobda gʻalaba qozondi.[61]

Ikkinchi uchrashuvda Matteo zich himoyaga ega 4-5-1 taktik sxemasidanIfoydalandi.Kataloniyaliklar oʻyinning 73 % ida toʻpga egalik qilishdi.Londonliklar darvozasiga 46:12 koʻrinishida zarbalar yoʻllashdi.Aniq zarbalar boʻyicha ham 11:4 „Barselona“ foydasiga boʻldi.Lekin 2-oʻyindagi asosiy rolni Frenk Lempardning 2 ta golli pasi oʻynadi."Barselona" xavodagi janglarda „Chelsi“ga imkoniyatni boy bergani ham qandaydir rol oʻynadi.Javob oʻyini 2:2 hisobda yakunlandi va „Chelsi“ finalga yoʻl oldi.[62][63][64][65][66][67]

2012/2013-yilgi mavsum tahrir

2012/2013-yilgi Yevropa Chempionlar kubogi baxsining 1/8-final bosqichida kataloniyaliklar Massimiliano Allegri boshchiligidagi „Milan“ga qarshi maydonga tushdilar."San-Siro"dagi ilk oʻyinda milanliklar 4-4-2 sxemasiga amal qilishdi.5-yarim himoyachi va ikkinchi hujumchi rolini Dani Alvesdan ustunlik qiladigan Stefan El-Shaaravi oʻynadi.Salli Muntari esa Xavini yopishga xarakat qildi.Shu sabab Barsaning imkoniyatlari qisqardi va 0:2 hisobda magʻlub boʻlishdi.[68] Javob oʻyinida katalonlar 3-3-1-3 sxemasiga oʻtishdi.David Vilya markaziy hujumchi,Messi yarim himoyadan hujumga erkin oʻtadigan boʻldi.Shu sabab katalonlar milanliklarni 4:0 ga yutishdi.[69] Ammo oʻsha mavsum yarim finalda Yup Xaynkess murabbiyligidagi „Bavariya“ ikki oʻyin natijasiga koʻra 7:0 hisobda „Barselona“ni tiki-takasini tor-mor etdi.Yup Xaynkess juda qattiq intizomli futbol tarafdori boʻlib xamma oʻz nuqtasida oʻz ichini qilishni tayinladi.Hujumchilarga esa erkinlik berdi.[70] Birinchi oʻyinda 63 % toʻpga egalik qilgan boʻlsada „Barselona“ 0:4 hisobda yutqazdi. Xavi Martines va Bastian Shvaynshtayger yarim himoyada Xavi va Inyestaga oʻyin bermadi.Aryen Robben va Frank Riberi qanotlarda katalonlarni magʻlub etishdi.[71][72] Birinchi oʻyinda „Bavariya“ „soxta bosim“ qilib ikkinchi oʻyin uchun kuchni tejashdi.[73][74] Javob oʻyinida Karles Puyol va Xavyer Maskerano jarohatlari tufayli oʻyinni oʻtkazib yuboradigan boʻlishdi.Bu esa katalonlar himoyasi zaiflashishiga olib keldi.Natijada hisob 0:3 hisobda nemislar gʻalabasi bilan tugadi.[75][76] „Guardian“ nashri yozicha „Barselona“ bunday qarama-qarshilikka jismonan tayyor emasligi, Guardian gazetasining yozishicha, „Barselona“ bunday qarama-qarshilikka jismonan tayyor emasligi, standart vaziyatlardan foydalan olinmganligi va qarshi hujumlarni muvaffaqiyatli tugata olinmadi deb tiki-takaning magʻlubiyatiga sabab boʻldi deyishdi. belgilangan donalarning uddasidan chiqa olmagani va qarshi hujumlarni ushlab tura olmagani — bu uch komponent tiki-takaning magʻlubiyatiga asosiy sabab boʻldi[71].

2013-yil Konfederasiyalar kubogida Yevropa chempionlari sifatida qatnashgan Ispaniya boʻlajak Jahon chempionati mezbonlari va turnir gʻolibi Braziliyaga finalda 0:3 hisobda magʻlub boʻldi.Bu magʻlubiyat ispanlarning rekord 29 ta oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriyasini barbod qildi.Toʻpga egalik qilish boʻyicha ispanlar braziliyaliklarga qarshi 53-47 koʻrinishda ustunlikka ega boʻlishdi, lekin ispanlar Neymar-Fred duetiga dosh bera olmay haqli ravishda magʻlubiyatga uchradilar.Fredning dubli va Neymarning goli oʻyin masalasini xal qildi.Oʻyinda Serxio Ramos penalti urolmadi,Xerard Pike maydondan chetlatildi.Shu sabablar ham ispanlarning magʻlub boʻlishiga olib keldi.[77][78][79] Neymar va Fredning individual mahoratlari ekspertlar fikricha 2014-yilgi Jahon chempionatida Ispaniyaga imkoniyat kamligini anglatardi.[55]

2013/2014-yilgi mavsum tahrir

2013/2014-yilgi mavsumda „Barselona“ uchun juda muvaffaqiyatsiz boʻldi."Atletiko Madrid" nafaqat Ispaniya chempioni boʻldi balki Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida „Barselona“ni chiqarib yubordi."Atletiko Madrid" murabbiyi Diego Simeone 4-4-1-1 taktik sxemasidan foydalanib „Barselona“ni maydon markazida manevr qilish imkoniyatlarini boy berdi va oʻzaro qarama-qarshilikda tiki-taka shunday tor-mor etildi."Atletiko" futbolchilari jismoniy jixatdan ham ustunlikka ega edi.Boʻy borasida ustunlik boʻlgani uchun burchak toʻplarida va jarima zarbalarida katalonlar ojizlik qilishdi.Chunki „Atletiko“ safida boʻydor Diego Godin va Miranda bor edi.Huddi shu mavsumda Godinning chempionatning soʻnggi turida „Barselona“ darvozasiga burchak toʻpidan keyin bosh bilan gol urdi va „Atletiko“ni Ispaniya chempioni boʻlishiga sabab boʻldi.Xuddi shu taktika bilan katalonlar Chempionlar Ligasidan ham chiqarib yuborildi.Pep Gvardiola „Bavariya“ga olib kelgan tiki-taka sabab turnirning boʻlajak gʻolibi „Real Madrid“ klubi yarim finalda uni magʻlub etdi.Birinchi oʻyin „Santyago Bernabeu“da boʻldi va Karlo Anchelotti murabbiyligidagi „Real Madrid“ 1:0 hisobda gʻalaba qozondi.Magʻlubiyatga sabab sifatida ispanlar himoyada nemislarga nisbatan yuqori bosim hosil qilgan holda qarshi hujumlarda oʻynardi va shu sabab qarshi hujumda gol urildi.Ikkinchi oʻyinda esa madridliklar 0:4 hisobda gʻalaba qozondi.Ispanlar tiki-takaning zaif jihatlaridan foydalanib nemislarni magʻlub etishdi.[80][81]

2014-yilgi Jahon chempionatida Ispaniya guruh bosqichining ilk 2 ta oʻyinida magʻlub boʻlishdi va jahon chempioni sifatida imkoniyatlari qolmadi.Ispaniya Gollandiya bilan oʻyinda Lui van Galning 5-3-2 taktik sxemasiga qarshi hech narsa qila olishmadi.Birinchi golni ispanlar urgan boʻlsada undan soʻng gollandlar javobsiz 5 ta gol urishdi.Ispaniya 4 ta gol farqi bilan magʻlub boʻlganiga 64 yil boʻlgandi."Barselona"da ishlagan vaqtida Lui van Gal tiki-takani yaxshi oʻrgangandi va shu sabab uni bemalol zararsizlantirdi.Ikkinchi oʻyinda esa Marselo Bielsa murabbiyligidagi Chili terma jamoasi 3-4-3 taktikasiga suyandi.Chili tezkor qarshi hujumlari sabab birinchi boʻlim oʻzida 2 ta gol urdi va ispanlarning butun oʻyin davomida bemalol harakatlanishiga yoʻl qoʻyishmadi.Ispaniya shu bilan playoffga chiqishdan umidini uzdi.Uchinchi oʻyinda Avstraliya 3:0 hisobda yutgan boʻlsada bu hech narsani oʻzgartirmadi."Barselona" murabbiylari Xerardo Martino va Luis Enrike ispan futboli tiki-takadan voz kechish kerak deb oʻylashdi va Diego Maradona birinchilardan boʻlib bu taktikani „oʻlik“ deb aytdi.[82][83][84]

2016-yilgi Yevropa chempionati tahrir

2000-yillar oxiridagi „oltin avlod“ safida Nolito va Alvaro Morata kabi hujumkor futbolchilar debyut qilgach Ispaniya Yevro-2016 da gʻalaba qozonishi kerak edi.Ular guruxda chexlarni 1:0,turklarni 3:0 ga yutdi.Matbuotda darrov ularni favoritlarga aylantirishdi.Lekin guruxning 3-oʻyinida Xorvatiya ispanlarni 2:1 hisobda gʻalaba qildi.[85] Magʻlubiyat tufayli ispanlar 1/8 final baxsida Antonio Konte murabbiyligidagi Italiya terma jamoasi bilan toʻqnashdi.Konte 3-5-2 taktikasida italyanlarni harakatlantirdi.[86] Yuqori darajadagi himoya va pressing bilan italyanlar 2:0 hisobda gʻalaba qozondi va chorak finalga yoʻl oldi.Ispanlar oʻyinda deyarli havfli vaziyatlar yarata olishmadi.Chexiyalik futbolchi Irji Yaroshik ispanlarning tiki-takasi allaqchon eskirdi va afzalligini yoʻqotdi deb aytdi.[87]

2018-yilgi Jahon chempionati tahrir

 
Andres Inyesta Rossiyaga qarshi oʻyinda.

Ispaniya terma jamoasi Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidagi oʻyini ularni 1/8 finalga yoʻl olishdi.Matbuotda esa tiki-taka davrining yakuni sifatida koʻrildi.Gurux bosqichida portugallar bilan 3:3 hisobdagi durang,Eron esa 1:0 hisobda arang magʻlub etildi,Marokash bilan 2:2 hisobdagi durang bioan playoffga yoʻl olishdi.Playoffda esa turnirning eng kuchsiz jamoasi sifatida aytilayotgan mezbonlar Rossiya bilan uchrashdilar.Ispaniya oʻyinda katta ustunlikka erishdi.Oʻyin davomida 1000 dan ortiq pas berishi taxminlarcha 1029 ta paslar lekin shuncha pasdan faqat 7 tasi ruslar jarima maydonchasiga yoʻnaltirilgan edi.[88][89] 120 minutlik oʻyinda esa ruslar 202 tagina pas berdi.Ispanlar darvoza tomon 25 ta zarba berdi, shundan 17 tasi Andres Inyesta maydonga tushgandan keyin roʻy berdi.[90][89][91][88][89]

Biroq bu ustunlik jiddiy boʻlmadi, chunki qattiq himoya, qarshi hujumlarga tayangan ruslar Ispaniya bosimiga psixologik jixatdan bardosh berdi.120 minutlik oʻyindan soʻng hisob 1:1 boʻldi va oʻyin penaltilar seriyasida hal boʻladigan boʻldi.Lekin omad ispanlardan yuz oʻgʻirgandi.[92] Toʻpga egalik, hududiy va oʻyin ustunligi hujumda ijodkorlik koʻrsatmagan ispanlarga nisbatan taqdirning ayanchli hazili edi.Matbuotda esa ispanlarning tiki-takaga qaramligi magʻlubiyatga sabab qilib koʻrsatishdi.[93][94][95] Magʻlubiyatga sabab sifatida jamoada yaxshi murabbiyning yoʻqligi xam sabab boʻldi.Murabbiy Xulen Lopetegi chempionat boshlanishiga oz qolganda „Real Madrid“ taklifini qabul qilib terma jamoadan ketdi.Uning oʻrniga Fernando Yerro keldi.Lekin terma jamoaning omadsizligi uni ham isteʼfoga chiqishiga olib keldi.[90]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Mati Perarnau. „Pep Guardiola: I hate tiki-taka - it's rubbish and completely pointless“. The Telegraph (16-oktabr 2014-yil). 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2017-yil.
  2. Jed C. Davies. „The tiki taka handbook“. ФК «Ливерпуль» (25-iyul 2012-yil). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2014-yil.
  3. Jed C. Davies. „The tiki taka handbook“. ФК «Ливерпуль» (3-iyun 2012-yil). 2013-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2014-yil.
  4. Jed C. Davies. „The tiki taka handbook“. ФК «Ливерпуль» (3-iyun 2012-yil). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2014-yil.
  5. Thomas Klemm. „Die Schalker haben das Tiki-Taka erfunden (Schalke invented the tiki-taka)“ (olmoncha). Frankfurter Allgemeine (4-oktabr 2014-yil). 2016-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
  6. Michael Sailer. „Heroes or culprits? The troubling relationship between Schalke's glory days and the Nazis“. These Football Times (4-may 2018-yil).
  7. Innes, Richard „9 things Johan Cruyff did before any other footballer“. Daily Mirror (24-mart 2016-yil). 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
  8. „La Máquina es mejor que el Barcelona de Guardiola (encuesta)“. BolaVip.com. 2014-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.
  9. „La Máquina de River Plate“. Marca. 2015-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.
  10. „La maquina de river en una encuesta europea de los mejores clubes del mundo“. TN.com. 18-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyul 2022-yil.
  11. 11,0 11,1 11,2 Lavric, Eva. The linguistics of football. Gunter Narr Verlag, 2008 — 354 bet. ISBN 978-3-8233-6398-9. 
  12. 12,0 12,1 Roberto Martínez. „World Cup final: Johan Cruyff sowed seeds for revolution in Spain's fortunes“. The Telegraph (2010-yil 11-iyul). 2010-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  13. „Spain's World Cup run has Dutch flavour“. CBC.ca (9-iyul 2010-yil). Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  14. Alex Kay. „Lionel Messi, Cesc Fabregas, Gerard Pique...all forged in Barcelona's hothouse of champions“. Daily Mail (27-mart 2010-yil). 2010-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  15. 15,0 15,1 15,2 Gabriele Marcotti. „New coaching breed gives heart to Spain“. The Times (14-aprel 2008-yil). 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2013-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 Jonathan Wilson. „The Question: is this the end for tiki-taka?“. The Guardian (1-may 2014-yil). 2014-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2014-yil.
  17. Jonathan Wilson. „The Question: Why is the modern offside law a work of genius?“. The Guardian (13-aprel 2010-yil). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2014-yil.
  18. Raphael Honigstein. „Why Spain were anything but boring“. CBC.ca (8-iyul 2010-yil). 2010-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  19. 19,0 19,1 19,2 Raphael Honigstein. „Why Spain were anything but boring“. CBC.ca (8-iyul 2010-yil). 2010-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  20. Phil Reade. „Rodgers and 'Tiki Taka' – part two“. ФК «Ливерпуль» (3-iyun 2012-yil). 2013-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  21. Jed Davies. „Coaching the tiki-taka style of play“. Soccertutor (3-iyun 2013-yil). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2013-yil.
  22. Jed C. Davies. „An Introduction To A Systems Football Approach Part II: Positioning“. The Path is Made By Walking (24-iyul 2012-yil). 2013-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  23. Jed C. Davies. „The tiki taka handbook: part two“. The Path is Made By Walking (24-iyul 2012-yil). 2013-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  24. Jed C. Davies. „Systems Football: The Basics – Tiki-Taka / Totaal-Voetball“. EPLindex (16-iyul 2012-yil). 2012-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  25. Nick Witts. „Football Tactics for Beginners: The High Defensive Line“ (inglizcha). thefalse9.com (5-aprel 2016-yil). Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  26. Graham Hunter. „Get ready for a footballing feast“. ESPN (15-fevral 2011-yil). Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  27. Aaron Flanagan. „Thierry Henry reveals Pep Guardiola's philosophy that could rule the Premier League“. The Mirror (5-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  28. 28,0 28,1 David Hynter. „Fábregas takes positive view, from the bench“. The Guardian (10-iyun 2008-yil). 2014-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  29. 29,0 29,1 29,2 Sid Lowe. „The definitive story of how Aragonés led Spain to Euro 2008 glory“. The Guardian (2-iyul 2008-yil). 2014-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  30. Jonathan Pearce. „If Spain can reign it will be so good for the old game“. Sunday Mirror (29-iyun 2008-yil). Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  31. Ian Ladyman. „Beat Spain? It's hard enough to get the ball back, say defeated Germany“. Mail Online (8-iyul 2010-yil). 2010-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  32. Jonathan Clegg, Javier Espinoza. „Fantasy football comes alive“. The Wall Street Journal (31-mart 2010-yil). 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  33. „А у сборной Испании не всё так хорошо“ (ruscha). Soccer.ru (12-iyun 2017-yil). 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2019-yil.
  34. Дуния Мартин. „Великие команды: "Барселона" 2008-2012“ (ruscha). УЕФА (11-iyul 2015-yil). 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  35. Мысленная Ла Масия. „Барселона в беде. Спасет ли ситуацию возврат к «Тики-Таке»?“ (ruscha). Sports.ru (20-fevral 2017-yil). 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  36. И.Я. Рабинер „30 июня. ¡VIVA ESPAÑA!“,. EURO 2008. Бронзовая сказка России. М.: Олма Медиа Групп, 2008. ISBN 978-5-373-02246-0. 
  37. Sid Lowe. „Spain's "Tiki-taka" style dominates“. SI.com (9-iyul 2010-yil). 2010-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2010-yil.
  38. Сергей Демидов. „Тики-така спасет мир“ (ruscha). Газета.ru (2-iyul 2012-yil). 2019-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2019-yil.
  39. „Сборная Испании учинила разгром“ (ruscha). Дни.ру (15-iyun 2012-yil). 2019-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2019-yil.
  40. „Математики близки к разгадке тайны испанского футбола“. Газета.ru (7-iyul 2012-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  41. John Ashdown. „Hope Powell's England need cool heads in the heat of World Cup battle“. The Guardian (4-iyul 2011-yil). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2014-yil.
  42. „As Napoli bring 'Sarri-ball' to Man City, a glossary of football's tactical systems“ (inglizcha). The Telegraph (17-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
  43. „Why I no longer love Spain's tiki-taka“ (26-iyun 2012-yil). 2019-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  44. „Sterile Spain“ (6-oktabr 2012-yil). 2-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  45. „Spain pass too much“. The Daily Telegraph (7-yanvar 2012-yil). 2-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  46. Rob Smyth. „Euro 2012: Spain wear tag of boring for lack of excitement and goals“. The Guardian (30-iyun 2012-yil). 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  47. „Гвардиола: «Тики-така»? Ненавижу ее, это полный мусор»“ (ruscha). readfootball.com (16-oktabr 2014-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  48. „Mourinho slams Spurs“ (inglizcha). BBC (19-sentabr 2004-yil). Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.
  49. „Barcelona's 'tiki-taka' reign at an end?“ (inglizcha). CNN (21-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 4-aprel 2019-yil.
  50. Daniel Taylor. „Chelsea required to better perfection to handle Barcelona's backlash“. The Guardian (23-aprel 2012-yil). 16-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  51. „Messi's Chelsea jinx continues“. Mid-Day. Mid-Day Infomedia Ltd (26-aprel 2012-yil). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  52. Steven Bloor. „Champions League: Barcelona v Chelsea – in pictures“. The Guardian (24-aprel 2012-yil). 16-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  53. Sam Dean. „Chelsea-Barca 2009 semi-final ref admits to mistakes but says 'you can’t remember my career just for that game'“ (inglizcha). The Telegraph (18-fevral 2018-yil). 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2019-yil.
  54. Jason Burt. „Chelsea ride their luck with 'blue angel' sitting on their goal taunting Barcelona's Lionel Messi“. The Telegraph. London: Telegraph Media Group Limited (24-aprel 2012-yil). 21-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  55. 55,0 55,1 Изюмный шейк. „8 лучших матчей в истории Кубка конфедераций“. Sports.ru (10-aprel 2017-yil). 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  56. „Испания – Швейцария: европейский король на коленях!“. Главред (16-iyun 2010-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  57. Steven Goff. „Switzerland credits U.S. for its upset of Spain“. Washington Post. Washington Post (18-iyun 2010-yil). 5-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2015-yil.
  58. Артём Агапов. „Казанская сказка на "Ноу Камп"“. Спорт-Экспресс (21-oktabr 2009-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  59. Jonathan Stevenson. „Inter Milan 3 – 1 Barcelona“. BBC Sport- Football. BBC (20-aprel 2010-yil). 2012-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  60. „Триумфы андердогов: Интер (2010) и Порту (2004)“ (ruscha). Football.ua (15-may 2018-yil). 2018-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  61. Alistair Magowan. „Chelsea can prey on Barcelona's weaknesses“. BBC Football Tactics Blog. BBC (23-aprel 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  62. Frank Isola. „Frank Isola: Lionel Messi failed to step up in the biggest games of the season“. Goal.com (25-aprel 2012-yil). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  63. Roger Bogunyà. „Chelsea vs FC Barcelona: 12 shots to 46 over both legs“. Catalan News Agency. Intracatalònia, SA (25-aprel 2012-yil). 2012-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  64. Matt Barlow. „Why injured Di Matteo was Ranieri's team leader in Cup clash with Arsenal“. Mail Online. London: Associated Newspapers Ltd (4-may 2012-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  65. Phil McNulty. „Chelsea 1- 0 Barcelona“. BBC Football. BBC (18-aprel 2012-yil). 2010-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  66. Matt Lawton. „Barcelona 2 Chelsea 2 (agg 2–3): Salute the incredibles! Terry off, 2–0 down but brave Blues hit back to reach final“. Mail Online. London: Associated Newspapers Ltd (24-aprel 2012-yil). 23-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  67. Debjit Lahiri. „Defensive solidity is as 'beautiful' as the fancy tiki-taka: Why is it not right to condemn Chelsea's approach against Barcelona“. Goal.com. Goal.com (30-aprel 2012-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  68. „Milan 2-0 Barcelona: Barca completely nullified“. Zonal Marking. 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  69. „Barcelona 4-0 Milan: Villa plays centrally and allows Messi space between the lines“. Zonal Marking. 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  70. „Bayern Munich: Is this their best ever team?“. BBC Sport. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2016-yil.
  71. 71,0 71,1 Cox, Michael „Javi Martínez the key weapon as Bayern cut Barcelona down to size“. The Guardian (23-aprel 2013-yil). 2019-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  72. „Bayern Munich 4-0 Barcelona“. BBC Sport. 2015-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2016-yil.
  73. Sam Tighe. „Bayern Munich“. Bleacher Report. 2013-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2016-yil.
  74. „Bayern Munich 4-0 Barcelona: Bayern produce an astonishingly dominant performance“. Zonal Marking. 2019-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2016-yil.
  75. „Barcelona: 10 reasons why they lost to Bayern Munich“. GiveMeSport. 2013-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2016-yil.
  76. Taylor, Daniel. „Bayern Munich crush Barcelona with Thomas Müller leading the rout“. The Guardian (23-aprel 2013-yil). 16-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  77. „Fred and Neymar claim Confeds for Brazil“. FIFA (1-iyul 2013-yil). 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2013-yil.
  78. „Brazil defeats Spain to win Confederations Cup“. CBC (30-iyun 2013-yil). Qaraldi: 1-iyul 2013-yil.
  79. Владимир Щербань. „Бразилия - Испания 3:0“ (ruscha). Футбол на Куличках (2-iyul 2013-yil). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  80. „"Бавария" - "Реал" Мадрид: ответный ход "тики - така"“ (ruscha). euro-football.ru (28-aprel 2014-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  81. Игорь Зеленицын. „Часы протикали. 3 смерти тики-таки как главное впечатление года“. Eurosport (9-yanvar 2015-yil). 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  82. „Spain World Cup 2014: Spain's humiliating exit signals the painful death of tiki-taka as we know it“. The Independent (19-iyun 2014-yil). 2015-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
  83. „Sunday’s Clásico marked the definitive end of tiki taka“. Fusion.net (23-mart 2015-yil). 2015-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
  84. „Диего Марадона: "Тики-така" мертва"“. Спорт-Экспресс (15-iyun 2014-yil). 2019-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
  85. „Spain seem to be Euro 2016 favourites as contenders struggle for form“. ESPN FC (19-iyun 2016-yil). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyun 2016-yil.
  86. „Тики-така или катеначчо? Пять тактических интриг матча Италия – Испания“. Советский спорт (27-iyun 2016-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  87. „Иржи Ярошик: "Футбол Испании все больше похож на ветеранский, тики-така осталась в прошлом"“. Спорт-Экспресс (27-iyun 2016-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  88. 88,0 88,1 Олег Ткачук. „Чудо или закономерность. Десять причин победы России над Испанией“. Вести.ua (2-iyul 2018-yil). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  89. 89,0 89,1 89,2 Andrew Das. „That Roar You Heard Was From Russia. Its Team Sent Spain Packing“. The New York Times (1-iyul 2018-yil). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  90. 90,0 90,1 «60 минут по горячим следам», выпуск от 2 июля 2018, эфир телеканала «Россия-1» YouTubeda
  91. Михаил Борзыкин. „РОССИЯ ПОБЕДИЛА ИСПАНИЮ. ЧТО ЭТО БЫЛО?“. Спорт-Экспресс (2-iyul 2018-yil). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
  92. „Стиль игры тики-така стал для Испании минусом в борьбе с российским арьергардом“. The Guardian. ИноСМИ (2-iyul 2018-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
  93. „Идиотизм некоторых озлобленных неудачников и «экспертов» зашкаливает“. Свободная Пресса (3-iyul 2018-yil). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2018-yil.
  94. „Posesión y vértigo: el Mundial de Rusia abre un tiempo de reflexión“. RTVE (2-iyul 2018-yil). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2018-yil.
  95. „Смерть «тики-така»? Испания не та, что была раньше, потому что у нее нет прежних игроков“. El Confidencial. ИноСМИ (4-iyul 2018-yil). 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.