Tina Xidasheli
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Tinatin „Tina“ Xidasheli[1] (gruzincha: თინათინ (თინა) ხიდაშელი; 1973-yil 8-iyunda tugʻilgan) — gruziyalik huquqshunos va siyosatchi. Respublikachilar partiyasi aʼzosi va sobiq fuqarolik jamiyati faoli. U 2015-yil 1-may kuni Gruziya Mudofaa vaziri etib tayinlangan va mamlakat tarixidagi birinchi ayol mudofaa vaziri boʻlgan. U 2016-yilning 1-avgustida aʼzolik partiyasining „Gruziya orzusi“ koalitsiyasidan chiqishga qaror qilganidan soʻng isteʼfoga chiqqan[2].
Tina Xidasheli | |
---|---|
თინა ხიდაშელი | |
Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 1-may 2015 – 1-avgust 2016 | |
Bosh vazir |
Irakli Garibashvili Giorgi Kvirikashvili |
Oʻtmishdoshi | Mindia Janelidze |
Vorisi | Levan Izoria |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-iyun 1973-yil Tbilisi, GSSR, Sobiq Ittifoq (hozir Tbilisi, Gruziya)[manba kerak] |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar partiyasi(2005-2016) |
Turmush oʻrtogʻi | David Usupashvili |
Bolalari | 2 |
Alma mater |
Tbilisi davlat universiteti (1995) Markaziy Yevropa universiteti (1996) Vashington huquqshunoslik kolleji (1996) |
Tina Xidasheli Gruziya parlamentining sobiq raisi David Usupashvili bilan oila qurgan[3].
Taʼlimi va faoliyati
tahrirTina Xidasheli 1973-yilning 8-iyun sanasida Tbilisida tugʻilgan. Tina Xidasheli 1995-yilda Tbilisi davlat universitetini xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. 1996-yilda Budapeshtdagi Markaziy Yevropa universitetida siyosatshunoslik magistri unvoniga sazovor boʻlgan. U Vashington huquqshunoslik kollejining inson huquqlari boʻyicha mutaxassisi va Yale universitetining aʼzosi edi. Gruziyadagi bir qancha hukumat va xalqaro tashkilotlarda ishlagan Xidasheli 2000-yildan 2004-yilgacha Gruziya yosh huquqshunoslar assotsiatsiyasi (GYHA) singari nufuzli inson huquqlari guruhiga prezidentlik qilgan. Shu bilan birga, Tina Xidasheli 2002-yildan 2004-yilga qadar Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha davlat kengashi aʼzosi boʻlgan. Gruziyaning oʻsha paytdagi prezidenti Eduard Shevardnadze hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan biri boʻlgan Xidasheli 2003-yil noyabrida „Atirgullar inqilobi“ da Shevardnadzening isteʼfoga chiqishiga sabab boʻlgan norozilik harakatida faol ishtirok etgan[4]. Biroq, u Shevardnadzega qarshi siyosiy kurashdagi ittifoqchisi Mixail Saakashvili boshchiligidagi yangi hukumatni qoʻllab-quvvatlamagan[5].
Tina Xidasheli 2004-yilda „Yale World Fellows“ dasturida ishtirok etgan[6].
2004-yildan 2005-yilgacha Gruziya Ochiq Jamiyat Jamgʻarmasi (Soros Jamgʻarmasi) boshqaruvi raisi sifatida qisqa muddatli faoliyatidan soʻng, Tina Xidasheli turmush oʻrtogʻi David Usupashvili boshchiligidagi Gruziya Respublikachilar partiyasiga qoʻshilgan. U 2005-yildan 2009-yilgacha partiyaning xalqaro ishlar boʻyicha kotibi sifatida faoliyat yuritgan. Tina Xidasheli 2010-yilda Tbilisi kengashiga saylangan. 2012-yilgi saylovda Respublikachilar partiyasi aʼzo boʻlgan „Gruziya orzusi“ koalitsiyasi Saakashvili boshchiligidagi Birlashgan milliy harakatni magʻlub etganidan keyin, Gruziya parlamenti aʼzoligiga oʻtgan. U Yevropa integratsiyasi boʻyicha parlament qoʻmitasi rahbari boʻlgan[5]. 2015-yilning may oyida Xidasheli Mindia Janelidzedan keyingi Gruziya Mudofaa vaziri lavozimini egallagan[7] va Gruziya tarixidagi birinchi ayol mudofaa vaziriga aylangan[8].
Tina Xidasheli oʻz faoliyati davomida NATO va AQSh bilan yaqin hamkorlik qilishga harakat qilgan. Shuningdek, u harbiy islohotlarning bir qismi boʻlgan majburiy chaqiruvni tugatish haqidagi fikrlarini maʼlum qilgan[9]. Respublikachilar partiyasi 2016-yil oktyabr oyida rejalashtirilgan parlament saylovlari oldidan „Gruziya orzusi“ koalitsiyasidan chiqishga qaror qilgach, Tina Xidasheli ham isteʼfoga chiqish uchun oʻz arizasini bergan. Uning oʻrniga sobiq xavfsizlik xodimi Levan Izoria saylangan. Tina Xidasheli hukumat tomonidan tanlagan keyingi mudofaa vaziri nomzodidan norozi boʻlib, uni tanqid qilgan[2].
2019-yilda Tina Xidasheli „Rossiyada siyosiy qatagʻonga qarshi ochiq xat“ (ruscha: Открытое письмо против политических репрессий в России) deb nomlangan buyruqni imzolagan[10].
Hozirda Tinatin Xidasheli Gruziyaning „Civic IDEA“ tahliliy markazining raisi sifatida faoliyat yuritadi[11].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Tina Khidasheli, Official Twitter Account, Retrieved: 1 January 2016
- ↑ 2,0 2,1 „New Defense Minister, State Minister for Reconciliation Appointed“. Civil Georgia (2016-yil 1-avgust). Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
- ↑ „New Defense, Environment, Sport Ministers Named“. Civil Georgia (2015-yil 1-may). Qaraldi: 2015-yil 4-may.
- ↑ „GYLA Protects the Rights of Electorate“. Civil Georgia (2003-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 4-may.
- ↑ 5,0 5,1 „The Role of Women in Fighting Organized Crime“. Liberal International. 2015-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-may.
- ↑ „Tinatin Khidasheli | Yale Greenberg World Fellows“. 2017-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.
- ↑ „New Defense Minister Meets Army Chief of Staff“. Civil Georgia (2015-yil 1-may). Qaraldi: 2015-yil 4-may.
- ↑ Tsitaishvili, Iago. „Tinatin Khidasheli - Georgia‘s women in challenging times“ (en) (2022-yil 8-noyabr).
- ↑ Tskhvitava, Giorgi. „Boost to Military Reform in Georgia“. Institute for War & Peace Reporting (2016-yil 19-iyul). Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
- ↑ „Приказ N169 премьер-министра Грузии“. 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
- ↑ „TINATIN “TINA” KHIDASHELI“ (en). Qaraldi: 3-may 2024-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Tina Xidasheli haqida turkum mavjud |