Toʻqtagʻul suv ombori
Toʻqtagʻul suv ombori (qirgʻizcha: Токтогул суу сактагычы) - Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Fargʻona togʻ tizmalari orasidagi darada (Qirgʻiziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978-yil ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 km³, foydali hajmi 14,0 km1. Suv ombori sugʻoriladigan yerlar koʻlamini 400 ming gektarga koʻpaytirish va 900 ming ga ekinzorning suv taʼminotini yaxshilashga, Norin daryosining koʻp yillik oqimini boshkarish, suv xoʻjaligi va suvenergetika vazifalarini hal etishga xizmat qiladi. Quvvati 1200 MVt boʻlgan Toʻxtagʻul GESning ishlashini taʼminlaydi.
Toʻqtagʻul suv ombori qirgʻizcha: Токтогул суу сактагычы | |
To‘qto‘g‘ul suv ombori 2023-yil avgust oyida. | |
Morfometriya | |
---|---|
Oʻlchamlari | 65 × 12 km |
Maydoni | 284 km² |
Sigʻimi | 19,5 km³ |
Maksimal chuqurligi | 28 m |
Xarakteristikalar | |
Toʻldirilgan yili | 1970 |
Toʻgʻon balandligi | 215 m |
Havza | |
Quyiladigan irmoqlar | Norin daryosi Sichqon (daryo) Uzun-Ahmad Toʻrkent |
Oqib ketadigan irmoq | Norin |
Joylashuvi | |
41°48′0″N 72°52′0″E / 41.80000°N 72.86667°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Tuman | Toʻqtagʻul tumani |
Qirgʻiziston 0 joy xaritaga ega emas. |
Gidrouzel quyidagi inshootlardan iborat: beton toʻgʻon, GES, zovurlar hamda filtratsiyaga qarshi vositalar, yordamchi inshootlar, toʻgʻonni mustahkamlovchi va boshqa yer osti inshootlari majmuasi. Murakkab topografik, geologik va gidrogeologik sharoitda amalga oshirilgan toʻgʻon qurilishida jahon amaliyotida birinchi marta bir qancha yangi texnologiyalar qoʻllangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |