Toʻrgʻay (daryo)
(To'rg'ay daryosidan yoʻnaltirildi)
Toʻrgʻay — Qozogʻistondagi daryo. Uzunligi 825 km, havzasining maydoni 157 ming km². Oʻrta oqimida suvining oʻrtacha sarfi 9 m³/sek. Qozogʻiston past togʻlarining gʻarbiy chekkasidan boshlanadigan Qoratoʻrgʻay va Jaldama daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Asosan, Toʻrgʻay soyligidan oqib oʻtib, Shalqartengiz botigʻida tugaydi. Qordan toʻyinadi. noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Yozda quyilish joyida suvi shoʻrlanadi.
Toʻrgʻay (daryo) | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 825 |
Suv sarfi | 9 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Qozogʻiston |
Toʻrgʻay (daryo) |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |