Toʻrangʻi tasmaqanoti[1] (Catocala optima) — Tunlamlar (Erebidae) oilasiga mansub kapalaklar turi sanaladi.

Toʻrangʻi tasmaqanoti
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Erebidae
Urugʻ: Catocala
Turlari: Toʻrangʻi tasmaqanoti
Xalqaro ilmiy nomi
Catocala optima (Staudinger, 1888)

Tavsif

tahrir

Oldingi qanotining uzunligi 21,5-25 mm. Qanot kengligi 44-46 mm. Old qanotlari kulrang rangda boʻlib, oʻrta maydonni chegaralovchi ikkita aniq qoramtir koʻndalang chiziqlarga ega. Ichki chiziq biroz burmali, lekin asosan toʻgʻri yoʻnalishda ketadi va tashqi chiziq butun uzunligi boʻylab tashqi chetiga yoʻnaltirilgan kichik tishlarga ega va asosiy tishdan (oʻrta katakning qarshisida) toʻgʻridan-toʻgʻri pastga tushadi. Orqa qanotlari qora chegara va qora median chiziqli yorqin qizil rangga ega.

Tarqalishi

tahrir

Markaziy Osiyo uchun endemik. Tarqalishi bir nechta boʻlingan kichik qismlardan iborat. Oʻrta Osiyo choʻllarida mahalliy sharoitda uchraydi. Qozogʻiston (Sirdaryo, Baygʻoqum va Ili daryolarining tekislik toʻqaylarida topilgan), Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston[1].

Hayot tarzi

tahrir

Kapalaklar toʻqay oʻrmonlari va kichik toʻqayzorlarda yashaydi. Yilda bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi – iyun-iyulda (tunlari). Qurtlari may–iyunda turangʻida (Populus pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning may oyida qoʻshimcha oziqlanadi, turangʻining koʻchgan poʻstloqlari ostida yumshoq pilla ichida gʻumbakka aylanadi.

Muhofaza etish

tahrir

Qozogʻiston[1] va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Daryo tekisliklarini quritish, yongʻinlar, toʻqay oʻrmonlarini kesish turlarning populyasiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

Hamma joyda kam va uzluksiz kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda ayrim topilmalar orqali ma’lum.

Muhofaza choralari

tahrir

Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Красная книга Казахской ССР. Т. I. Животные. Изд. 2-е. — Алма-Ата: Гылым, 1991.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil Kitobi 2022