To‘ydagi yong‘in (Qaraqosh)
2023-yil 26-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:45 da Iroqning Naynava viloyatida Qaraqosh shahridagi toʻyxonada yongʻin sodir boʻldi. Yongʻinga nasroniylarning nikoh toʻyi paytida oʻt chaqnashi sabab boʻlgan[1]. Yigʻilgan ming kishidan kamida 152 nafari halok boʻlgan, 180 ga yaqini esa yaralangan[2].
Qaraqoshdagi to‘yda yong‘in | |
---|---|
Asosiy | |
Turi | Yong‘in |
Sababi | Salyut |
Mamlakat | Iroq |
Joy | Qaraqosh |
Vaqt | 2023-yil 26-sentyabr |
Talofatlar | |
Halok boʻlganlar | 152 |
Jabrlanganlar | 180 |
Xarita | |
|
Yongʻin
tahrirGuvohlarning soʻzlariga koʻra, yongʻin yangi oila qurganlarning raqsi chogʻida yoqilgan salyutlar tufayli kelib chiqqan. Pirotexnika vositalardan chiqqan uchqun osma bezaklarga, keyin esa stollardagi boshqa yonuvchan materiallarni alanga oldirgan. Yongʻin bino qurilishida ishlatilgan yonuvchan materiallarni, shuningdek yongʻin xavfsizligi talablariga zid ravishda oʻrnatilgan yigʻma panellarni ham qamrab olgan[3][4][5]. Plastik panellar ham osonlik bilan yonib, zaharli gazlar chiqargan[6]. Taxminlarga koʻra, zalda mingga yaqin odam boʻlgan[7].
Nomaʼlum sabablarga koʻra elektr energiyasi oʻchirilgan, bu esa yigʻilganlarning evakuatsiya qilish jarayonini qiyinlashtirgan. Maʼlumotlarga koʻra, tom „uch soniya ichida alanga ichida qolgan“ va odamlar ustiga qulagan. Rasmiylar yongʻin tarqalishini toʻyxonaning arzon sendvich-panel qoplamalari bilan bezatilgani bilan bogʻlashadi. Bu esa juda tez uchqun oluvchi alangaga, shuningdek, 2021-yilda Bagʻdoddagi Ibn al-Xatib kasalxonasida yongʻin kelib chiqishiga sabab boʻlgan va mamlakatda taqiqlangan[8]. Odamlarning zaldan tezroq chiqib ketishiga yordam berish uchun devorning bir qismini vayron qilish uchun buldozer yuborilgan. Biroq, bu kislorodning binoga kirib borishini oshirgan va yongʻinning oʻsishiga yordam bergan[9].
Vafot etganlar va yaralanganlar
tahrirNaynava gubernatori oʻrinbosari Hasan al-Allaqning aytishicha, yongʻinda 114 kishi halok boʻlgan va kamida 150 kishi yaralangan[10]. Vafot etgan 114 kishidan 30 nafarining shaxsi qarindoshlari tomonidan aniqlangan, qolganlarning shaxsini aniqlash uchun DNK tekshiruvi talab qilingan[11]. Jabrlanganlar atrofdagi turli shifoxonalarga yetkazilgan. Iroqlik jurnalist tibbiy asbob-uskunalar yordam koʻrsatish uchun yetarli emasligi haqida xabar berdi[12]. Jabrlanganlarning aksariyati tana yuzasining 100% kuyishi, qolganlari esa 50-60% tasi kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan[13]. Yongʻindan kelin va kuyov jablanmagan[14].
Reaksiyalar va oqibatlari
tahrirXavfsizlik xodimlari oʻn nafar ishcini, zal egasini hamda salyutni yoqgan uch kishini hibsga oldi. Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudani uch kunlik milliy motam eʼlon qildi, tergov qoʻmitasi tashkil etilishini aytdi va barcha tegishli organlarga binolarni tekshirish va xavfsizlik tartib-qoidalarini koʻrib chiqishni kuchaytirishni buyurdi. Vazir 28-sentyabrda „yaradorlardan xabar olish va qurbonlarning oila aʼzolari bilan uchrashish“ uchun Qaraqoshga tashrif buyurdi[15]. Uning taʼkidlashicha, „bu fojiali hodisaga beparvolik qilgan va aybdor boʻlganlar“ qonunda belgilangan eng qattiq jazoga tortiladi[16].
Bu falokatda ota-onasi, ikki singlisi va ikki jiyanidan ayrilgan iroqlik ruhoniy Butros Shito sodir boʻlgan voqeada mahalliy hokimiyatni aybladi: „Islomiy davlat[17] bizni oʻldirgani yoʻq, bu ofat oʻldirdi. Bu mamlakatda biz falokat sodir boʻlishini kutamiz va keyin natijalar bilan shugʻullanamiz. Bizning oilaviy uyimiz ochkoʻzlik va poraxoʻrlik tufayli boʻsh qoldi“.
Ossuriya jamoasi aʼzolari hukumatni korrupsiya va jamoat xavfsizligiga beparvolik uchun tanqid qilishdi. Iroq nasroniy diniy yetakchilari yongʻin holatlari boʻyicha xalqaro tekshiruv oʻtkazishga chaqirishdi[18].
Manbalar
tahrir- ↑ „At Least 100 Are Killed in Fire at Wedding Hall in Iraq“ (en-US). The New York Times (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Число погибших в результате пожара на свадьбе в Ираке выросло до 120“. 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „More than 100 people killed after fire breaks out at Iraq wedding“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Video shows moment fire breaks out at Al Haytham Wedding Hall in Iraq, killing at least 114 people“ (en-GB). Channel3 NOW (2023-yil 27-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Iraq wedding fire: What we know about Qaraqosh blaze“ (en-GB). BBC News (2023-yil 27-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „https://twitter.com/saadmaanoficial/status/1706810281681125649“ (en). X (formerly Twitter). Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „More than 100 killed, over 150 injured in fire at wedding party in Iraq“ (en). Al Jazeera. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Iraq’s Nineveh buries its dead as families seek answers after wedding fire“ (en-US). Aljazeera (2023-yil 28-sentyabr). 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ Rubin, Alissa J.; Khaleel, Sangar. „Fire at Wedding Hall in Iraq Kills More Than 100 People“ (en-US). The New York Times (2023-yil 27-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ Jennings, Danielle „More than 100 dead, over 200 injured in fire at Iraq wedding party“ (en). ABC News (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „A fire at a wedding hall in northern Iraq has killed around 100 people and injured 150“ (en). AP News (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Iraq fire: At least 100 killed in blaze at wedding party in Qaraqosh“ (en-GB). BBC News (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Wedding inferno: Fire kills over 100 party-goers in Nineveh“. www.rudaw.net. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Iraq fire: Around 100 killed in blaze at wedding party in Qaraqosh“ (en-GB). BBC News (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Grief, anger at Iraq mass for victims of wedding fire“ (en-US). France 24 (2023-yil 28-sentyabr). 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ Ismail, Amina. „Iraqis who fled ISIS blame political rot for tragic wedding fire“. Reuters (2023-yil 28-sentyabr). 2023-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ Mando, Nechirvan; Alam, Hande Atay; Najim, Aqeel; Haq, Sana Noor. „'Wedding became a graveyard.' At least 100 killed as fire rips through party in Iraq“ (en). CNN (2023-yil 26-sentyabr). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Iraqi Christian religious leaders demand an international investigation into deadly wedding fire“ (en-US). Associated Press (2023-yil 2-oktyabr). 2023-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.