Tolali oʻsimliklar - tola yoki yigiruv xom ashyolari, materiallari olinadigan bir va koʻp yillik oʻtsimon, buta va daraxtsimon oʻsimliklar. Oʻsimliklar dunyosidagi 292 oiladan 125 tasi T.oʻ.lar hisoblanadi. T.oʻ.ning ahamiyati toʻqimalari tarkibidagi lub tolalari (sklerenximali tolalar) va limbriformlar (mustahkam yogʻochlangan tolalar) miqdoriga bogʻliq.

Tola oʻsimliklarning qaysi organlarida hosil boʻlishiga qarab T.oʻ. 3 guruhga ajratiladi: 1) tolasi urugʻida rivojlanadigan T.oʻ. — gʻoʻza (qarang Paxta tolasi); 2) tolasi ggoyasida rivojlanadigan T.oʻ. — kanop, jut, nasha, tolali zigʻir, kendir, sida; 3) tolasi bargida rivojlanadigan T.oʻ. — tolali banan, agava, yukka, yangi Zelandiya zigʻiri.

Biologik xususiyatlari xilmaxil boʻlgan T.oʻ. Yer yuzida turli tuproq — iqlim sharoitlarida yetishtiriladi.

T.oʻ. har xil botanik oila va turlarga mansub. Shuning uchun morfologik va biologik xususiyati boʻyicha birbiridan farq qiladi. Tola sifatining asosiy koʻrsatkichlari: uzunligi, diametri, egiluvchanligi va pishiqligidir. Tola oʻsimliqsan ajratilgan paytda oq, sariq va kulrang boʻladi. Toʻqimachilik sanoatida T.oʻ. tolasining mayin yoki dagʻalligiga qarab har xil gazmollar ishlab chiqariladi. Jahon toʻqimachilik sanoatida paxta tolasidan mayin gazlamalar, lub tolali oʻsimliklarning tolasidan dagʻal gazlamalar, qop, qanor, arqon, choʻtka, qogʻoz kabi mahsulotlar va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. T.oʻ. urugʻi 18—42% moy boʻladi. Moy oziqovqatda, texnikada, lokboʻyoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa yoʻnalishlarda qoʻllaniladi.

Halima Otaboyeva.