Jut (Corchorus), Kalkutta kanopi — joʻkadoshlar oilasiga mansub lub tolali bir yillik oʻsimlik, tola olinadigan ekin. VataniHindiston. Osiyo, Afrika, Jan. Amerika va Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida oʻsadigan 100 ga yaqin turi bor. Asosan Osiyo mamlakatlarida tolasi uchun bir yillik 2 turi — choʻziq mevali J. (S. olitorius) va yirik meva-li J. (S. capsularus) ekiladi. Oʻzbekis-tonda 20-asrning 30-y.laridan choʻziq mevalisi oʻstiriladi.

Poyasi toʻgʻri oʻsadi, yashil rangda, boʻyi 2,5—3,5 m; uchki qismi shoxlanib, uch-toʻrtta meva shoxcha hosil qiladi. Ildizi oʻq ildiz, shoxlangan, yerga 1 — 1,5 m gacha kirib boradi. Barglari ketma-ket joylashgan, uzun bandli, nash-tarsimon, arra tishli. Guli mayda, ikki jinsli, sariq. Mevasi qovurgʻali koʻsakcha, choʻziq, 5—10 sm, yirik mevalisiniki 1—2 sm. Urugʻi mayda, uch qirrali, toʻq yashil, sargʻish-jigarrang yoki toʻq jigarrang , 1000 donasining vazni 1,5—2 g . Urugʻida 14% gacha moy bor. Tolasi uz. 2–3 m. J. oʻzidan changlanuvchi namsevar, yorugʻsevar, issiqsevar, sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Urugʻi 16—18° da normal unib chiqadi. Vegetatsiya davri 140—160 kun. J. kanopta Karaganda, ayniqsa oʻsish davrida, suvga juda talabchan. Sur, oʻtloqi va oʻtloqi-botqoqi tuproqlarda yaxshi usadi, shoʻrga chidamsiz.

J. tolasi yetishtirish hajmi dunyoda ishlab chiqariladigan oʻsimlik tolalari ichida paxta tolasidan keyin 2-oʻrinda turadi. J.ning quruq poyasi (poʻstlogʻi)dan 20—25% yuqori gigroskopik pishiq tola chiqadi. J. tolasidan toʻqimachilik mahsulotlari, gilamlar, qop, arqon, texnik va oʻrov gazmollari, jun, paxta tolalari bilan aralash tolalaridan kiyim-kechak gazmollari tayyorlanadi. Hindistonda J. bargi ovqatga ishlatiladi. J. urugʻidan moy, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan glikozidlar olinadi.

Almashlab ekishda beda, dukkaklidon ekinlaridan keyin 28—30 sm chuqurliqsa kuzgi shudgor qilingan maydonlarga ekiladi. Oʻgʻitlash normasi: 10—20 t/ga goʻng , 90–120 kg/ga azot va R2O5, 60–90 kg/ga K2O. Tola olish uchun qoʻsh qatorlab 60x12—13, 50x20 sm sxemada ekiladi. Urugʻ 3—4 sm chuqurlikka koʻmiladi. Gektariga tola uchun 12—14, urugʻ olish uchun 6 kg urugʻlik sarflanadi. Vegetatsiya davomida 5—8 marta sugʻoriladi, qator oralari yumshatiladi, oʻtoq qilinadi, oziqlantiriladi, sugʻorish normasi 5000–7000 m³/ga. Texnik jihatdan yetilgan, 50% oʻsimlikda 1—2 koʻsakcha hosil boʻlganda tola uchun oʻriladi, maxsus mashinalarda poʻstlogʻi ajratib olinib, dalada quritiladi va lub (kanop) zavodlariga topshiriladi.

Hosildorligi 90—100 s/ga (quruq poya hisobida), 10—14 s/ga tola, 3—6 s/ga urugʻ. MDH davlatlarida faqat Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida (50y.larda qisman Tojikiston va Turkmanistonda ekilgan) yetishtiriladi (respublikada 90-y.larda J. ekin maydoni 1000 ga atrofida).

Navlari. Oʻrta Osiyoda ekish uchun Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiyishlab chiqarish Markazining Lub ekinlari tajriba st-yasida chiqarilgan Oʻzbekiston va Oʻzbekiston 53 navlari rayonlashtirilgan.

J. ildiz chirish kasalligi va kuzgi tunlamdan zararlanadi.

Adabiyot tahrir

  • Ioffer R. F., Kapralova N.P., Agrotexnika djuta, M., 1951; Nazirov X. N., Biologicheskiye osobennosti rosta i razvitiya djuta v Oʻzbekistane, T., 1966.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil