Tolib Yoʻldosh
Tolib Yoʻldosh (1918—2002) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir va yozuvchi.
Tolib Yo‘ldosh | |
---|---|
Tavalludi |
1918-yil Toshkent shahri, Chilonzor mavzesi, Gulbozor mahallasi |
Vafoti | 2002-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU), „Til va adabiyot“ fakulteti |
Kasbi | shoir, yozuvchi |
Unvoni | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1989-yil) |
Mukofotlari | „El-yurt hurmati“ ordeni (1998-yil) |
Hayoti va ijodi
tahrirTolib Yoʻldosh 1918-yil Toshkentning Chilonzor mavzesi, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilada tugʻilgan. 40 yoshiga qadar savod chiqarmagan. Keyinchalik taʼlim olishga qaror qilib, kechki kurslarda tahsil oladi[1]. Ammo shoirning „Saylayman“ nomli birinchi she’ri 1937-yilda — 18 yoshida eʼlon qilingan. 1943-yilda birinchi sheʼriy toʻplami „Boʻri bilan chol“ nomi ostida chop etilgan. Shoir oʻz tarjimai holida shunday yozadi: „Shundan beri qirqqa yaqin to‘plam nashr ettirdim, yarmi bolalarga, yarmi kattalar uchun“.
Tolib Yoʻldosh „Baxtiyorlar qoʻshigʻi“, „Porloq erta“, „Polizda“, „Doʻmboqlar“, „Koptok nega qochadi?“, „Oʻsmirlik oʻylari“, „Oq terakmi, koʻk terak“, „Quyosh bilan suhbat“ kabi yigirmaga yaqin she’riy to‘plamlar muallifi.
Tolib Yoʻldosh koʻp sheʼrlarini topishmoq tarzida bayon etadi. Shoirning bolalarga bagʻishlangan sheʼriyati orasida ertaklar, ertak-dostonlar ham anchagina. „Ovchi“, „Toʻqlikka shoʻxlik“, „Xumcha bilan nimcha“, „Qoʻrqoq quyon“, „Oʻrmonliklar orzusi“, „Toshmat uchgan“ kabi oʻnlab ertaklari xayoliy-sarguzasht janriga xos uslubda yaratilgan.
U, asosan, kattalar uchun falsafiy maʼnodagi to‘rtliklar va sakkizliklar yozgan. Ular „Oshiq koʻngil“ (1974), „Yetuklik“, „Yellar va oʻylar“ kabi sheʼriy toʻplamlardan joy olgan[2].
Tolib Yoʻldoshning hajviy mazmundagi asarlari „Mushtum“ jurnalining arxivida saqlanib kelinadi. Jumladan, „Ajabsanda“ sheʼriy toʻplami alohida mashhur. „Hech kim bilmasin“, „Sayoq“, „Moda“, „Jarohat“, „Bali-bali“, „Xushomad“ kabi oʻnlab toʻplamdan joy olgan asarlar tele va radio miniatyuralarning doimiy hajv qoʻshigʻi boʻlib kelmoqda. U, shuningdek, gʻazalshunos sifatida ham tanilgan[3].
Asarlari
tahrirSheʼriy toʻplamlar
tahrir- „Boʻri bilan chol“ (1943)
- „Baxtiyorlar qoʻshigʻi“
- „Porloq erta“
- „Polizda“
- „Doʻmboqlar“
- „Koptok nega qochadi?“
- „Oʻsmirlik oʻylari“
- „Quyosh bilan suhbat“
- „Oshiq koʻngil“ (1974)
- „Yetuklik“
- „Yillar va oʻylar“
- „Ajabsanda“
Ertak-dostonlar
tahrir- „Ovchi“
- „Toʻqlikka shoʻxlik“
- „Xumcha bilan nimcha“
- „Qoʻrqoq quyon“
- „Oʻrmonliklar orzusi“
- „Toshmat uchgan“
Hajviy asarlar
tahrir- „Hech kim bilmasin“
- „Sayoq“
- „Moda“
- „Jarohat“
- „Bali-bali“
- „Xushomad“
Manbalar
tahrir- ↑ „Tolib Yo‘ldosh“. arboblar.uz. Qaraldi: 13-aprel 2024-yil.
- ↑ „Abdunabi BOYQO’ZIEV USTOZ SHOIR TOLIB YO’LDOSH HAQIDAGI XOTIRALARDAN“. kh-davron.uz. Qaraldi: 13-aprel 2024-yil.
- ↑ „TOLIB YO‘LDOSH (1919-2002)“. ziyouz. Qaraldi: 13-aprel 2024-yil.