Tolibjon Badinov
Tolibjon Badinov (1935 — 2001) — Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali-drama teatri artisti, Qirgʻiziston SSR xalq artisti[2].
Tolibjon Badinov | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 1935-yil 4-avgust |
Tugʻilgan joyi | Chuvama qishlogʻi Izboskan tumani Andijon viloyati Oʻzbekiston Respublikasi |
Vafot sanasi | 2001-yil 6-may |
Vafot joyi | Oʻsh Qirgʻiziston Respublikasi |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Artist, Aktyor |
Faoliyat yillari | 1955—2001-yillar |
Ampluasi | Komik, tragedik, dramatik aktyor, qoʻshiqchi[1]. |
Teatr | Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri |
Spektakllar |
Lenin „Inqilob nomi bilan“ Sobir „Adolat“da „Ravshan va Zulxumor“da Ravshan „Ashirbay“da Ashirboy „Manas oʻgʻli Semetey“da Saritaz va Muso Jalil Said Ahmadning „Kuyov“ filmida. |
Mukofotlari | Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980) Qirgʻiziston SSR xalq artisti(1988), Qirg'iziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorlig'i. |
Biografiyasi
tahrirTolibjon Badinov 1935-yil 4-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvama qishlogʻida tugʻilgan.
- 1955-1962-yillarda Kirov nomidagi Oʻsh oʻzbek drama teatri artisti;
- 1962-yilda Toshkent davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirdi va Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi maqom ansamblida solist;
- 1964-1973-yillarda Toshkent shahridagi Muqimiy nomidagi teatr artisti;
- 1973-yildan yana S. M. Kirov nomidagi Oʻsh drama teatri artisti lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
Koʻp yillik faoliyati davomida u 30 dan ortiq spektakllarda oʻynadi, asosan musiqali dramalarda bosh rollarni ijro etib muhlislar koʻnglidan munosib joy egalladi. 1980-yilda Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Uning sahnada yaratgan betakror obrazlari tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. T.Badinov qoʻshiqlari, maqomlari yozilgan plastikalari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston teleradiokompaniyalarining Oltin fondiga kiritilgan. 1988-yilda Qirgʻiziston SSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. U 2001-yil 6-mayda vafot etdi
Teatrdagi rollari
tahrir- „Inqilob nomi bilan“da Lenin
- „Adolat“da Sobir
- „Ravshan va Zulxumor“da Ravshan
- „Ashirbay“da Ashirboy
- „Manas oʻgʻli Semetey“da Saritaz
- „Manas oʻgʻli Semetey“da Muso Jalil
- Said Ahmadning „Kuyov“ filmida.
Mukofotlari
tahrir- Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1988)
- Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy diplomi
- Qirgʻiziston SSR Madaniyat vazirligining Faxriy diplomi
Adabiyotlar
tahrir- Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь". Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987 — 109—111-bet. BBK 92ya2 (rus.).
- Национальная энциклопедия Узбекистана. Ташкент: Государственное научное издательство "Ўзбекистон миллий энциклопедияси", 2000—2006 — 219, буква "Ў"-bet. (Wayback Machine saytida 2018-07-12 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya ot 12-iyulya 2018 na Wayback Machine (uzb.)
- Национальная энциклопедия «Кыргызстан», 5 том. Бишкек: Центр Государственного языка и энциклопедии, 2014 — 763-bet. ISBN 978-9967-14-111-7. (kirg.)
- Кыргызстан: энциклопедия. Фрунзе: Центр Гос. языка и энциклопедии, 2001 — 485, 520-bet.
- "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980. 21 sm, BBK 85.4. (uzb.), (rus.) i (kirg.)
- "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010. (uzb.)
- "Во имя процветания Кыргызстана" Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана. Ош: "Ризван", 2017 — 27—32, 287-309-bet. ISBN 978-9967-18-344-5. UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (uzb.), (rus.) i (kirg.)
Yana qarang
tahrirManba
tahrirHavolalar
tahrir- Tolibjon Badinov (Wayback Machine saytida 2019-03-31 sanasida arxivlangan)
- T. Badinov, K. Ismoilova - Jonon Kurindi / Ovozing Seni
- Sovet yozuvlari katalogi
- Maʼlumot kartasi
- "Sovetik Qirgʻiziston" gazetasi 3-bet 27.09.1990
- Tolibjon Badinov qoʻshiqlari
- Tolibjon Badinov qoʻshiqlari
- Tolibjon Badinov qoʻshiqlari
- Tolibjon Badinov qoʻshiqlari
- Tolibjon Badinov qoʻshiqlari
- Tolibjon Badinov qoʻshiqlari