Futbol
Tomislav Pajovich
Tugʻilgan vaqti

15-mart 1986(1986-03-15) (37 yosh)

Ujishe, Yugoslaviya

Fuqaroligi

Flag Serbii Serbiya

Boʻyi

183 sm

Pozitsiya

Himoyachi

Jamoa haqida maʼlumot
Klub Flag Serbii Radnik (Surdulisa)
Raqami

33

Yoshlik klubi
Flag Serbii i Chernogorii Buduchnost (Arile)
Flag Serbii i Chernogorii Partizan Belgrad
Klub faoliyati
2003—2008 Flag Serbii i ChernogoriiFlag Serbii (2004—2010) Partizan Belgrad 0 (0)
2003—2006  Flag Serbii i Chernogorii Teleoptik 57 (3)
2006—2007  Flag Serbii (2004—2010) Dinamo (Vrane) 37 (3)
2007—2008  Flag Serbii (2004—2010) Bejaniya 20 (1)
2008—2009 Flag Serbii (2004—2010) Chukarichki 14 (1)
2009—2012 Flag Serbii Rad 62 (4)
2012—2014 Flag Moldavii Sherif 5 (0)
2013  Flag Serbii Partizan Belgrad 12 (0)
2013—2014  Flag Izrailya Hapoel (Beer-Sheva) 26 (2)
2014—2015 Flag Izrailya Hapoel (Beer-Sheva) 27 (0)
2015 Flag Vengrii Vashash 17 (0)
2016 Flag Chernogorii Buduchnost (Podgoritsa) 10 (1)
2016 Flag Izrailya Makkabi (Rexovat) 8 (0)
2017 Flag Serbii Rad 12 (0)
2017 Flag Serbii Zemun 12 (0)
2018 Flag Uzbekistana Navbahor 17 (1)
2019— Flag Serbii Radnik (Surdulisa) 4 (0)
Terma jamoa
2002—2003 Flag Serbii i Chernogorii Serbiya va chernogoriya U-17 7 (0)
2003—2005 Flag Serbii i Chernogorii Serbiya va chernogoriya U-19 12 (0)
2008 Flag Serbii i Chernogorii Serbiya U-21 1 (0)

Tomislav Pajovich (serbcha: Томислав Пајовић; 1986-yil 15-mart; Uzice, Yugoslaviya) — serb futbolchisi va himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati tahrir

Faoliyatining dastlabki yillarida Belgrad shahrining „Partizan“ jamoasida o‘ynagan. Tomislav asosiy jamoadagi raqobat tufayli „Teleoptik“, „Dinamo Vrane“ va „Bejaniya“ jamoalariga ijaraga berilgan. U Serbiyaning boshqa klublarida ham oʻynagan, ulardan eng mashhurlari Bejaniya, Cukaricki va Zemundir.

U shuningdek, Moldaviyaning „Sherif“, Isroilning „Hapoelt Beer Sheva“ va „Makkabi Rexolot“ klublarida, Vengriyaning „Vashash“, Chernogoriyaning „Buduchnost Podgoritsa“ klublarida o‘ynagan. 2013-yilning fevralida Pajovich mavsum oxirigacha ijara asosida oʻzini sobiq jamoasi „Partizan“ klubiga qaytdi.  U jamoaga liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi va bu jarayonda 12 ta oʻyinda maydonda harakat qildi[1]. Bir mavsumga „Hapoel Beer Sheva“ ga ijaraga berilganidan soʻng, Pajovich 2014-yilning iyun oyida doimiy ravishda Isroil jamoasi bilan shartnoma imzoladi[2]. Chet eldagi bir necha yillik mavsumidan soʻng, Pajovich 2017-yil boshida Rad jamoasiga qaytib keldi va u yerda 2016/17-yilgi Serbiya Superligasi mavsumi oxirigacha qoldi. Keyinchalik, kalendar yili oxirigacha u „Zemun“ jamoasida oʻynadi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartmoa imzoladi[3]. Navbahor jamoasida safida bir mavsum davomida toʻp surib[4], jamoanining 16 yildan sovrindorlar qatoridan oʻrin olishida muhim rol oʻynadi yakunda bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Mavsum yakunida jamoa bilan doʻstona xayrlashib[5], Serbiyaning Radnik jamoa safiga oʻtdi.

Terma jamoa tahrir

2000-yillar boshida Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasining bir necha bosqichida o‘ynagan. 2008-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasida ham bitta oʻyin oʻtkazgan[6].

Yutuqlar tahrir

  • Serbiya Superligasi chempioni: 2012/13
  • Oʻzbekiston Superligasi Uchinchi oʻrin: 2018

Manbalar tahrir

  1. „Živković i Pajović potpisali ugovore“ (Serbian). partizan.rs (2013-yil 8-fevral). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  2. „Pajovic remains in Hapoel Beer-Sheva FC“. fc-sheriff.com (2014-yil 16-iyun). Qaraldi: 2019-yil 16-aprel.
  3. „«Navbahor» yangi futbolchilarini tanishtirdi“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  4. „Yovanovich va Payovichni nima birlashtirib turadi?“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  5. „Rasmiy xabar: "Navbahor"ni uch futbolchi tark etdi“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  6. „First-half salvo secures Serbia victory“. uefa.com (2008-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.

Havolalar tahrir