Tomislav Pajović
Tugʻilgan vaqti |
15-mart 1986 (37 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Fuqaroligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
183 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoa haqida maʼlumot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub | Radnik (Surdulisa) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqami |
33 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tomislav Pajovich (serbcha: Томислав Пајовић; 1986-yil 15-mart; Uzice, Yugoslaviya) – serb futbolchisi va himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati
tahrirFaoliyatining dastlabki yillarida Belgrad shahrining „Partizan“ jamoasida oʻynagan. Tomislav asosiy jamoadagi raqobat tufayli „Teleoptik“, „Dinamo Vrane“ va „Bejaniya“ jamoalariga ijaraga berilgan. U Serbiyaning boshqa klublarida ham oʻynagan, ulardan eng mashhurlari Bejaniya, Cukaricki va Zemundir.
U shuningdek, Moldaviyaning „Sherif“, Isroilning „Hapoelt Beer Sheva“ va „Makkabi Rexolot“ klublarida, Vengriyaning „Vashash“, Chernogoriyaning „Buduchnost Podgoritsa“ klublarida oʻynagan. 2013-yilning fevralida Pajovich mavsum oxirigacha ijara asosida oʻzini sobiq jamoasi „Partizan“ klubiga qaytdi. U jamoaga liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam berdi va bu jarayonda 12 ta oʻyinda maydonda harakat qildi[1]. Bir mavsumga „Hapoel Beer Sheva“ ga ijaraga berilganidan soʻng, Pajovich 2014-yilning iyun oyida doimiy ravishda Isroil jamoasi bilan shartnoma imzoladi[2]. Chet eldagi bir necha yillik mavsumidan soʻng, Pajovich 2017-yil boshida Rad jamoasiga qaytib keldi va u yerda 2016/17-yilgi Serbiya Superligasi mavsumi oxirigacha qoldi. Keyinchalik, kalendar yili oxirigacha u „Zemun“ jamoasida oʻynadi. 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartmoa imzoladi[3]. Navbahor jamoasida safida bir mavsum davomida toʻp surib[4], jamoanining 16 yildan sovrindorlar qatoridan oʻrin olishida muhim rol oʻynadi yakunda bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Mavsum yakunida jamoa bilan doʻstona xayrlashib[5], Serbiyaning Radnik jamoa safiga oʻtdi.
Terma jamoa
tahrir2000-yillar boshida Serbiya va Chernogoriya yoshlar terma jamoasining bir necha bosqichida oʻynagan. 2008-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasida ham bitta oʻyin oʻtkazgan[6].
Yutuqlar
tahrir- Serbiya Superligasi chempioni: 2012/13
- Oʻzbekiston Superligasi Uchinchi oʻrin: 2018
Manbalar
tahrir- ↑ „Živković i Pajović potpisali ugovore“ (Serbian). partizan.rs (2013-yil 8-fevral). Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ „Pajovic remains in Hapoel Beer-Sheva FC“. fc-sheriff.com (2014-yil 16-iyun). Qaraldi: 2019-yil 16-aprel.
- ↑ „«Navbahor» yangi futbolchilarini tanishtirdi“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
- ↑ „Yovanovich va Payovichni nima birlashtirib turadi?“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
- ↑ „Rasmiy xabar: "Navbahor"ni uch futbolchi tark etdi“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
- ↑ „First-half salvo secures Serbia victory“. uefa.com (2008-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
Havolalar
tahrir- Soccerway.com saytidagi profil Soccervay saytida