Asrlarga yuz tutib kelayotgan Buxoroyi sharif oʻzining nomini arxeologik qazilmalari hamda yodgorliklari bilan dunyoga tanitib kelmoqda. Shunday yodgorliklardan biri — Torob tepadir. Torob tepa — Buxoro viloyat Jondor tumanidagi Torob qishlogʻida joylashgan. Tepalik ayni shu qishloq nomidan olinib, yodgorlik qishloqning gʻarbida joylashgan.

Torob tepa
Torob
Muqobil nomlari Torob tepa
Umumiy maʼlumot
Maqomi meʼmoriy yodgorlik
Turi toq
Manzili Jondor
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan IV-V asr
Qurilishi tugagan XIX asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, paxsa
Size 10

Tarixi

tahrir
Qishloq haqidagi ilk ma`lumotlar Abdul Karim As-Sam`oniyning "al-Ansob" kitobida: " Torob — Buxoro qishloqlaridan bo`lib, Xunbun (xumin) qishlog`i yaqinida joylashgan" – deb tilga olingan. Torob so`zi-ariqning kichraygan, toraygan joyi degan ma`nolarini bildiradi. Bu qishloqda Mahmud Tarobiy tug`ilgan va 1938-yil Mahmud Tarobiy qo`zg`oloni boshlangan. Torob tepa ushbu harakatning paydo bo`lgan joyi sifatida alohida shuxrat qozongan. XVI asrda Torob tuman markazi sanalib, Xayrobod tumani, qumli cho`l va Zarafshon bilan chegaradosh bo`lgan.

Arxitektura xususiyatlari

tahrir

Yodgorlik uch qismdan — yirik toʻrtburchak tarxga ega boʻlgan shimoldan janubga qarab choʻzilgan qal`a va ikkita alohida - alohida joylashgan turar joy - massivlaridan iborat. Tepalikning asosi 200x125 metr, ustki qismi 170x85 metr va balandligi 10 metrni tashkil qiladi. Qal`aning sharqiy qismida masjid joylashgan. Masjidning atrofi paxsa devor bilan oʻralgan. Ikkinchi qism turar joy — massivi toʻgʻri burchakli tarxga ega boʻlib uzunligi 200 metr, eni esa 60-100 metrni tashkil qiladi. Balandligi 4 metrga yetadi. Qal`adan taxminan 80 metr shimolga qarab uchinchi qism turar joy -massivi joylashgan. Gʻarbdan — sharqqa qarab choʻzilgan bu joy 270 metr uzunlik 3 metr balandlikka ega. Qadimda torob atrofida aholi juda jich joylashgan. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda ushbu tarixiy joy IV-V asrlarda qad rostlab, XIV asrga qadar faoliyat koʻrsatgan.

Tadqiqotlar

tahrir

Ushbu yodgorlik o‘rni va tuzilishi jihatidan dastlab 1937-yilda O‘zSSR Tarix va arxeologiya instituti ekspedisiyasi rahbari V. A. Shishkin eʼtiborini tortdi. V. A. Shishkin 1937-yilda qo‘rg‘onning tepa qismi qalin qatlamining yo‘qligi sababli uning hattoki taxminan qadimiylik darajasini aniqlash mushkulligini taʼkidlaydi. Arxeologik qazishmalar jarayonida keramika kam uchraydi va xronologiyasi VI – VIII asrlarga to‘g‘ri kelishi mumkin degan xulosaga keladi. Saqlanib qolingan darajasi va oson kuzatiladigan ko‘chalarni inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, qal’a bir — ikki asrlar oldin tark etilgan. Uning xulosalariga qaraganda 1937 yilda Torob tepa devorlari qisman paxsadan, qisman xom g‘ishtdan bo‘lib, o‘sha vaqtda ular juda yaxshi saqlangan. Qal’a darvozalari sharqiy tomonda joylashgan. Ulardan uzoq bo‘lmagan joyda ayvonli masjid bo‘lib, nisbatdan yangi (XIX asr). Hozirgi kunda ushbu masjid diniy marosimlar o‘tkazish maqsadida yangidan qurilgan. Masjid oldida ahamiyatsiz yarim vayrona binolar, uning ortida esa “Xodja Torob” mozori bor.

Qiziq faktlar

tahrir

Bu tepalik har tomondan botqoqlik pasttekislik bilan o‘ralgan va sho‘rlangan loy tuproqdan iborat. Qazilgan xandaklarga qaramasdan bu pasttekislikda drenaj kanali hozirda mavjud bo‘lsada yer osti suvlari yer sathidan 1,5-2 metr chuqurlikda joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Yodgorlik mustaqillik yillarida ham O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti (Hozirgi O‘zbekiston FA Milliy arxeologiya markazi) xodimlari tomonidan bir necha bor tadqiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi № 849 sonli „Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida“ qarorida Torob qo‘rg‘oni madaniy meros ob’yekti sifatida ro‘yxatga olingan.

Manbalar

tahrir

Hamroyev „Buxorodagi Torob tepa haqida eshitganmisiz?“ (o`zbek) (23 noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil