Tortilla de rescoldo
Tortilla de rescoldo yoki choʻgʻda pishirilgan tortilla – Chili[1] va Shimoliy Argentina milliy oshxonasida koʻpincha xamirturushsiz tayyorlanadigan yupqa non boʻlib, odatda qishloq aholisi tomonidan pishiriladi[1]. U anʼanaviy ravishda gulxan yoki kamin choʻgʻida pishiriladigan bugʻdoy unidan tayyorlaniladigan nondir[2]. Tortilla de rescoldo asosan aholi punktlarida yoki yoʻl boʻylab keng tarqalgan kioskalarda sotiladigan koʻcha taomi hisoblanadi[2][3].
Tortilla de rescoldoning tayyorlanishi | |
Turi | Non |
---|---|
Kelib chiqishi |
Chili[1], Argentina
|
Asosiy komponentlari | Bugʻdoy uni |
Tarixi
tahrirNonning kelib chiqishi ispan mustamlakachilariga borib taqaladi, ular uni pan subcinerarioga oʻxshash sayohat ratsion taomi sifatida isteʼmol qilishgan[4].
Odatda oq libos kiyib yuradigan palomita deb nomlanuvchi sotuvchi ayollar tortillalarni temir yoʻl stansiyalarida va boshqa jamoat joylarida sotishadi. Non ayniqsa Antihue va Laraquete hududlarida koʻp sotiladi[4].
Tarkibi
tahrirTortilla de rescoldoning barcha nonlar qatori oddiy tarkibiy qismi undan iborat. Un bilan birga nonga choʻchqa yogʻi, sariyogʻ, sabzavotlar va tuz ham qoʻshiladi; baʼzi retseptlar pishirish sodasi yoki xamirturushni ham oʻz ichiga oladi[4][5].
Tayyorlanishi
tahrirTarkibiy qismlar yumshoq xamir hosil boʻlgunicha aralashtiriladi va diametri 20 santimetrdan (7,9 dyuym) 50 santimetrgacha (20 dyuym) kattalashib boradigan disklar hosil boʻladi[4]. Olovdan choʻgʻlari olib tashlanadi va tortillalar toʻgʻridan-toʻgʻri ularning ustiga qoʻyiladi[6].
Tortillas de rescoldo sariyogʻ yoki mintaqaviy ziravorlar bilan dasturxonga tortiladi[4].
Taʼmi
tahrirTayyor tortillalar ulardan tutun, kul va koʻmirning kuchli taʼmi kelishi bilan ajralib turadi[4].
Turlari
tahrirTortilla de rescoldoning boshqa hududlarda pishiriladigan oʻzgargan turlariga choʻchqa goʻshtini ichiga olgan va chuchita deb nomlanuvchi mahalliy qisqichbaqasimonlardan tayyorlanadiganlari kiradi. Ular Antihueda va Laraqueteda tayyorlanadi[2][4].
Qonunlar
tahrirHukumatning xavfsizlik qoidalari anʼanaviy tortilla de rescoldoning sotilishiga qarshilik qiladi va ularni ochiq olovda emas, balki pechda pishirishni, chuchitalarni esa sirkada saqlashni talab qiladi. Ikkala qoida ham anʼanaviy mahsulotning taʼmi va beradigan hissiyotini tubdan oʻzgartiradi[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Maria Baez Kijac. The South American Table: The Flavor and Soul of Authentic Home Cooking from Patagonia to Rio de Janeiro, with 450 Recipes. Houghton Mifflin Harcourt, 1 January 2003 — 103–-bet. ISBN 1-55832-248-5.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Tortilla de rescoldo“. www.tasteatlas.com. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ Umaña-Murray, Mirtha. Three generations of Chilean cuisine. Los Angeles: Lowell House, 1996 — 190-bet. ISBN 1-56565-467-6. OCLC 35249500.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 „Tortilla de rescoldo - Arca del Gusto“ (en-US). Slow Food Foundation. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ „¿Cómo hacer Tortilla de Rescoldo a las Brasas?“. Gourmet (2021-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
- ↑ Joelson, Daniel. Tasting Chile : a celebration of authentic Chilean foods and wines. New York: Hippocrene Books, 2004 — 190–191-bet. ISBN 0-7818-1028-0. OCLC 55940411.
Adabiyotlar
tahrir- Ferrán F., Antonio. El pan en Chile: su historia, sus personajes, sus panaderías, su nobleza, Alberto Ferrán L., Pin Campaña, [Santiago de Chile], 2016. ISBN 978-956-365-018-1. OCLC 970696884.