Toshhovuz
Toshhovuz yoki Dashhovuz (turkmancha: Daşoguz) — Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Turkmanistonning shimolida, Toshhovuz vohasida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Toshhovuzdan Ashxobodgacha 635 km. Aholisi 285 360 kishi (2013).
Dashoguz | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
41°49′0″N 59°58′15″E / 41.81667°N 59.97083°E G OKoordinatalari: 41°49′0″N 59°58′15″E / 41.81667°N 59.97083°E G O | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Viloyat | Dashoguz viloyati |
Hukumat | |
• Xokim | Mametniyoz Nurmamedov[1] |
Asos solingan | 1681 |
Avvalgi nomlari | Toshhovuz, Dashxovuz |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2013) |
285 360 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar, turkmanlar, ruslar, tatarlar, qozoqlar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar, xristianlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +993 322 |
Pochta indeks(lar)i | 746300 |
Avtomobil kodi | DZ |
|
TarixiTahrirlash
Toshhovuz 1816-yilda Xiva xonligi qalʼasi sifatida Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806—1825) tomonidan qurdirilgan. 1873-yilda Xiva xonligi tarkibida Rossiya imperiyasi protektoratiga kiritilgan[2]. 1920-yildan XXSRda; 1924-yildan shahar Turkmaniston tarkibidagi viloyat markazi; 1925-yildan Turkmaniston SSR okrug markazi. 1939— 63 yillarda viloyat markazi, 1970-yildan yana viloyat markazi.[3]
MeʼmorligiTahrirlash
Toshhovuz meʼmorligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qalʼa qurilishi bilan bogʻliq. Olloqulixon davrida qalʼa kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qoʻrgʻonlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. 19-asr oxiriga kelib, turli urushlar natijasida qalʼaning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864—1910) davrida saroy qayta tiklangan. 19-asr oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin doʻkon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va Madrasa boʻlgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi koʻplab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. 1950-yillardan shahar Shovot kanalining chap sohili boʻylab kengaytirila boshladi. Eski shaharning katta qismini tashkil etgan paxsali imoratlar oʻrnida gʻishtin va temirbeton binolar, temir yoʻl vokzali va boshqalar qurildi.
Ijtimoiy sohaTahrirlash
Toshhovuzda paxta tozalash, yogʻmoy, pivo, sut, qishloq xoʻjaligi. mashinalarini taʼmirlash, qurilish materiallari, temirbeton buyumlar, grafitli elektrodlar zdlari, gilamchilik, tikuvchilik, konditer fabrikalari, goʻsht, don mahsulotlari ktlari ishlab turibdi. Aeroport, qishloq xoʻjaligi instituti va texnikumi, tibbiyot va pedagogika bilim yurtlari, madaniyat va istirohat bogʻi bor.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Turkmenistan Project reports, archived from the original on 2007-06-10, https://web.archive.org/web/20070610191829/http://www.eurasianet.org/turkmenistan.project/index.php?page=wnb%2Fwnb050128&lang=eng, qaraldi: 2021-10-11Toshhovuz]]
- ↑ STANTOURS — Turkmenistan — Dashogus City / Tashauz
- ↑ IDMC Report, archived from the original on 2009-04-29, https://web.archive.org/web/20090429210846/http://www.internal-displacement.org/8025708F004CE90B/(httpCountrySummaries)/5F988AD2E8B00CBF802570C00056B700?OpenDocument&count=10000, qaraldi: 2013-05-20Toshhovuz]]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |