Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

(Toshkent Islom universitetidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (avvalgi nomi Toshkent islom universiteti) – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi oliy taʼlim muassasasi[2][3].

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (Toshkent Islom Universiteti negizida. 2018-yil 16-apreldan)
Xalqaro nomi
International Islamic Academy of Uzbekistan
Shiori Xalqaro darajadagi kadrlarni tayyorlashda asriy an’analar bilan zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish
Turi Oliy ta'lim muassasasi
Asos solingan sanasi 1999
Rektori Uyg‘un Gʻofurov[1]
Talabalari 2000+
Manzili
Abdulla Qodiriy koʻchasi 11, Toshkent shahri, Oʻzbekiston
Veb-sayti www.iiau.uz

Tarixi

tahrir
 
binosi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi „Diniy maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5416sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va Oʻzbekiston islom akademiyasi negizida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya fakultetlari va kafedralari:

tahrir

Taʼlim yoʻnalishlari

tahrir
  • Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
  • Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Informatika va axborot texnologiyalari
  • Axborot xavfsizligini boshqarish
  • Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“, „AT-Servis“, „Axborot xavfsizligi“, „Multimedia texnologiyalari“)
  • Dinshunoslik
  • Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)
  • Filologiya va tillarni oʻqitish (sharq tillari boʻyicha)
  • Filologiya va tillarni oʻqitish (mumtoz tillar boʻyicha)
  • Xalqaro munosabatlar
  • Islomshunoslik
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  • Turizm (Ziyorat turizmi)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)
  • Dinshunoslik
  • Psixologiya (Din psixologiyasi)
  • Tarix (islom sivilizatsiyasi)
  • Qur’onshunoslik
  • Hadisshunoslik
  • Islom huquqi
  • Aqida, kalom ilmi va aqidaviy taʼlimotlar
  • Islom tarixi va manbashunosligi
  • Turizm (ziyorat turizmi tashkil etish va boshqarish)
  • Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi
  • Mumtoz filologiya (faoliyat turlari)
  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik
  • Qiyosiy dinshunoslik
  • Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi
  • Lingvistika (arab tili)[4]

Akademiyaning asosiy vazifalari

tahrir

Mutaxassisliklari boʻyicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni diniy (Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi, dinshunoslik) va dunyoviy (xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash; respublikadagi barcha islom taʼlim muassasalari faoliyatini oʻquv-meyoriy va oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlash hamda muvofiqlashtirish; islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran oʻrganish hamda targʻib etish; – kadrlar tayyorlash jarayoniga mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda taʼlimning oʻzaro integratsiyasini chuqurlashtirish; oʻqitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng joriy etish asosida taʼlim sifatini oshirish; ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha diniy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet tarmogʻida taʼlim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish; islom olamida yuzaga keladigan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish; malakali xorijiy mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy va ilmiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Akademiyaning tarkibiy qismlari

tahrir

Rektorlar

tahrir

Manbalar

tahrir