Toshkent moliya instituti (qisqartmasi TMI) — moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti[1].

Toshkent moliya instituti
(TMI, TIF)
Asl nomi Toshkent moliya instituti
Xalqaro nomi Tashkent institute of finance
Asos solingan 1991
Oʻquv yurti turi Institut
Rektori Toʻlqin Teshabayev
Talabalari 10,000+
Fakultetlar 7 ta
Bakalavriat 21 ta yoʻnalish
Magistratura 14 ta mutaxassislik
Akademiklar 3 ta
Fan doktorlari 40 + ta
Professorlar 160 + ta
Manzili Amir Temur koʻchasi 160 A, Toshkent shahri, 100000, Oʻzbekiston
Vebsayti tfi.uz/uz-Latn

Koordinatalari: 41°19′26.720917305037″N 69°16′59.194316899188″E / 41.32408914369584352°N 69.28310953247199677°E / 41.32408914369584352; 69.28310953247199677 G O

Tarixi tahrir

  • 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan.
  • 1999-yildan eʼtiboran Kasb taʼlimi „Buxgalteriya hisobi va audit“ taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.2004-yilga kelib, institutning „Hisob-iqtisod“ va „Kredit-iqtisod“ fakultetlari negizida „Boshqaruv“ fakulteti barpo etildi. Boshqaruv fakulteti „Kasb taʼlimi“, „Statistika“ va „Menejment“ yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlay boshladi.
  • Institut rektorining 2005-yil 27-avgustdagi 137-sonli buyrugʻiga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan "Soliqlar va soliqqa tortish " va „Sugʻurta ishi“ taʼlim yoʻnalishlari negizida Soliq va sugʻurta ishi fakulteti tashkil qilindi. 2011-2012 oʻquv yilidan eʼtiboran fakultetning nomi Sugʻurta fakulteti, deb oʻzgartirildi.
  • 2007-yil 19-oktabrda „Moliya“ kafedrasi negizida institut rektorining 153-sonli buyrugʻi bilan „Gʻaznachilik ishi“ kafedrasiga asos solindi. 2007-yil „Bank ishi“ kafedrasi negizida „Bank hisobi va audit“ kafedrasi tashkil topdi va oʻz faoliyatini boshladi. 2005-yilda „Makro va Mikroiqtisodiyot“ kafedrasi „Biznes va iqtisodiyot“ kafedrasi, deb nomlandi va mutaxassis tayyorlaydigan kafedralar safiga kiritildi. 2007-yil 5-noyabrda „Moliya injiniringi“ va „Bozordagi faoliyat va operatsiyalar“, „Investitsiyalarni moliyalashtirish“ yoʻnalishlari negizida Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti tashkil topdi.
  • 2007-yil 30-noyabrda ikkita yangi taʼlim yoʻnalishi — „Moliya injiniringi“ va „Bozordagi faoliyat va operatsiyalar“ ochilganligi munosabati bilan „Moliya injiniringi va bozorlar“ kafedrasi ochildi va 2010-yildan „Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar“, deb nomlandi.
  • 2009-yil 30-mayda „Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika“ kafedrasi „Iqtisodiyot nazariyasi“ va „Pedagogika va psixologiya“ kafedralariga ajratildi. Institut rektorining 2010-yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrugʻiga asosan institutning"Buxgalteriya hisobi" kafedrasi negizida „Byudjet hisobi“ kafedrasi tashkil etildi. 2009-yilda Umumiqtisod fakultetining nomi davr talabiga mos ravishda Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti, deb oʻzgartirildi. 2009 — yil sentyabr oyidan fakultet nomi Byudjet hisobi va davlat jamgʻarmalari fakulteti, deb nomlandi. 2017-yil iyun oyida „Falsafa va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti“ va „Oʻzbekiston tarixi“ kafedralari birlashtirilib, kafedraning rasmiy nomi „Ijtimoiy fanlar“, deb nomlandi.
  • Institutda 7 ta fakultet (iqtisod; soliqlar va sugʻurta; buxgalteriya hisobi va audit; byudjet hisobi va gʻaznachilik; bank ishi; moliya; sirtqi) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi.
  • 2020-2021 oʻquv yili holatiga koʻra, institutda 8 ta fakultet hamda magistratura boʻlimida jami 9100 nafar, shundan 21 ta taʼlim yoʻnalishlarida 8600 nafar, 14 ta magistratura mutaxassisliklarida 500 nafar talabalar tahsil olib kelmoqdalar. Institutda 354 professor oʻqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va professor, 154 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugʻurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 25 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi.
  • Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxoʻjayev, A. Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut mustaqillik yillarida 150,000 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi.
  • Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Belarus Respublikasi kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh universitetlari bilan oʻquv-ilmiy sohalarda hamkorlik qiladi [2].

Fakultetlar tahrir

  • Iqtisodiyot fakulteti
  • Soliqlar va sugʻurta fakulteti
  • Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
  • Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti
  • Bank ishi fakulteti
  • Moliya fakulteti
  • Sirtqi taʼlim fakulteti[3]

Kafedralar tahrir

  1. „Bank ishi“ kafedrasi
  2. „Soliqlar va soliqqa tortish“ kafedrasi
  3. „Menejment“ kafedrasi
  4. „Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot“ kafedrasi
  5. „Korporativ moliya va qimmatli goq’ozlar“ kafedrasi
  6. „Sug´urta va pensiya ishi“ kafedrasi
  7. "Oliy matematika, statistika va ekonometrika " kafedrasi
  8. „Xalqaro moliya-kredit“ kafedrasi
  9. „Moliya“ kafedrasi
  10. „Baholash ishi va investitsiyalar“ kafedrasi
  11. „Bank hisobi va audit“ kafedrasi
  12. „Budjet hisobi va gʻaznachilik ishi“ kafedrasi
  13. „Buxgalteriya hisobi“ kafedrasi
  14. „Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi
  15. „Iqtisodiyot“ kafedrasi
  16. „Kasbiy psixologiya, jismoniy tarbiya va sport“ kafedrasi
  17. „Xorijiy tillar“ kafedrasi
  18. „Oʻzbek va rus tillari“ kafedrasi
  19. „Audit“ kafedrasi
  20. „Iqtisodiy tahlil“ kafedrasi
  21. „Statistika va ekonometrika“ kafedrasi
  22. „Iqtisodiyot“ fafedrasi(sirtqi)
  23. „Jismoniy madaniyat va sport faoliyati“
  24. ,,Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi[4]

Bakalavr tahrir

Kunduzgi tahrir

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
3 5230600 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
4 5230700 Bank ishi va auditi
5 5230800 Soliqlar va soliqqa tortish
6 5230900 Buxgalteriya hisobi va audit

(tarmoqlar boʻyicha)

7 5231200 Sugʻurta ishi
8 5231300 Budjet nazorati va gʻaznachiligi
9 5231500 Baholash ishi
10 5231700 Birja ishi
11 5231800 Biznes-tahlil
12 5232400 Iqtisodiy xavfsizlik
13 5232700 Investitsion loyihalarga xizmat koʻrsatish va moliyalashtirish
14 5232800 Elektron tijorat
15 5234400 Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari

[5]

Sirtqi tahrir

# Shifri Nomi
1 5230200 Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
3 5230700 Bank ishi va auditi
4 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
5 5231200 Sugʻurta ishi

[5]

Qoʻshma taʼlim dasturlari tahrir

Milliy va xalqaro reytinglardagi oʻrni tahrir

  • Institut Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 2020/2021 oʻquv yili uchun eʼlon qilingan Milliy reytingda Respublikadagi Oliy taʼlim muassasalari orasida 5-oʻrinni egalladi[8].
  • Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting agentligi — Times Higher Education tomonidan ilk bor yangi turdagi reporter maqomga (reporter — mazkur maqom reytingga kirish uchun faol ishlari bilan Times Higher Education reyting agentligini eʼtirofiga sazovor boʻlgan oliy oʻquv yurtlariga beriladi) ega boʻlgan 450 ta oliy taʼlim muassasalari orasidan joy olgan[9].

Rektorlar tahrir

Mashhur bitiruvchilar tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir