Timur Ishmetov
Timur Amindjanovich Ishmetov (1979-yil 10-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston moliyachisi va davlat arbobi, Oʻzbekiston respublikasi Markaziy Banki raisi, 2022-yil 30-dekabrdan buyon Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[1].
Timur Amindjanovich Ishmetov | |
---|---|
Тимур Аминджанович Ишметов | |
3-Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi | |
Mansab davri 2024-yil 11-dekabrdan – hozirgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Mamarizo Nurmurodov |
Oʻzbekiston Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi | |
Mansab davri 2022-yil 30-dekabrdan | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Jamshid Qoʻchqorov |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri | |
Mansab davri 2020-yil 24-fevral – 2022-yil 30-dekabr | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Jamshid Qoʻchqorov |
Vorisi | Sherzod Qudbiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-noyabr 1979-yil Toshkent, OʻzSSR |
Alma mater | Toshkent moliya instituti |
Hayoti
tahrirTimur Ishmetov 10-noyabr 1979-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati — oʻzbek[2]. Otasi — Ishmetov Aminjon Jabborovich, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
Taʼlimi
tahrir- 2000-yilda Toshkent moliya institutining Moliya va kredit fakultetini tamomlagan[3]. 2008-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem Universitetining Xalqaro pul va bank sohasida magistr darajasini tamomlagan[4]. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrir2000—2001-yillarda Markaziy bankning valyuta operatsiyalari maxsus boʻlimining yetakchi iqtisodchisi, 2001—2004-yillarda Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta ayirboshlash va tashqi aloqalar boʻlimi boshligʻi[5], 2004—2009-yillarda Markaziy bankning Xalqaro zaxiralarni boshqarish boʻlimi boshligʻi, 2009—2010-yillarda Markaziy bankning Ichki bozor operatsiyalari departamenti direktori, 2010—2017-yillarda Markaziy bankning valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamenti direktori[6], 2017-yilda qisqa muddat Davlat investitsiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari[7] kabi vazifalarda faoliyat olib borgan. 2020—2022-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri[8]. 2022-yildan Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining [9]birinchi o‘rinbosari. 2024-yil 11- dekabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi[10].
Internetdagi chiqishlari
tahrirTimur Ishmetov „Ochiq byudjet“ loyihasining tashabbuskori va qoʻllab quvvatlovchilaridan hisoblanadi[11].
Yashab turgan shahringiz yoki mahallangizni obodonlashtirish bo‘yicha qanday takliflaringiz bor? Fikrlaringizni do‘stlaringiz va qo‘shnilaringiz qo‘llab-quvvatlaydimi? Loyihangizni “Tashabbusli budjet” orqali amalga oshiring.
— Timur Ishmetov, [12]
Timur Ishmetov oʻz fikrlari va chiqishlari bilan muntazam OAV va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari nazariga tushib turadi. Jumladan, 2021-yilda maktablardagi „oʻlik jonlar“ haqidagi chiqishlari muhokamalarga sabab boʻlgan edi[13] Shuningdek, UZASBO dasturi takomillashtirilishi haqida ham maʼlum qilgan[14].
Davlat moliyaviy nazorat organlariga ayrim hududlarda hokimliklar tomonidan bosim yo‘q, deb ayta olmaymiz. Ya’ni u moliya vazirligiga ishlaydimi? Yoki ayrim bosim natijasida boshqalarni himoya qilishga ishlayaptimi? Meni fikrim, kelgusida umuman davlat moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatlarini funksional nuqtai nazardan tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak. Davlat moliyaviy nazorati biror vazirlik ichida emas, yagona, yaxlit kuchli bir tizim bo‘lishi kerakki, biror vazirlik ham, biror hokimiyat ham undan ustun bo‘masligi kerak, ungacha foydasi yo‘q
— Timur Ishmetov, [15]
2022-yilda parlamentdagi chiqishi chogʻida parlament deputati Gulbahor Saidgʻaniyeva fuqarolarning „Tashabbusli byudjet“ loyihasiga ovoz berishlarini cheklash taklifini bildirganda, Timur Ishmetovning „Nima haqqingiz bor mening ovozimni cheklashga?“, degan munosabati muhokamalar keltirib chiqargan[16].
Manbalar
tahrir- ↑ „Timur Ishmetov va Abdukodir Toshqulov lavozimidan ozod etildi“ (2022-yil 30-dekabr). Qaraldi: 30-dekabr 2022-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 13-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2021-yil.
- ↑ https://review.uz/post/timur-ishmetov-stal-ministrom-finansov-timur-ishmetov-stal-novm-ministrom-finansov-uzbekistana-biografiya
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/02/24/finance/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/02/24/finance/
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2020/02/24/timur-ishmetov-moliya-vaziriga-aylandi
- ↑ https://www.spot.uz/ru/2020/02/25/timur-ishmetov/
- ↑ https://uzreport.news/politics/timur-ishmetov-naznachen-ministrom-finansov-uzbekistana
- ↑ https://cbu.uz/oz/press_center/news/2011374/
- ↑ https://cbu.uz/oz/press_center/news/2011374/
- ↑ „“Yashab turgan hududingizda qanday muammo bor? “Ochiq budjet” portalida yozib qoldiring” - moliya vaziri chaqirig‘i“ (2021-yil 26-iyul). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ https://kun.uz/uz/news/2021/07/26/yashab-turgan-hududingizda-qanday-muammo-bor-ochiq-budjet-portalida-yozib-qoldiring-moliya-vaziri-chaqirigi
- ↑ „“O‘lik jonlar” uchun to‘lov. Moliya vaziri hiyla yo‘li bilan davlat pullarini o‘g‘irlagan maktablar haqida gapirdi“ (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ „“Bu dasturni qaytadan ishlab chiqish payti keldi”. Moliya vaziri UzASBO haqida“. Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.
- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2020/11/09/financial-control/
- ↑ „“Nima haqqingiz bor mening ovozimni cheklashga?” - moliya vaziri deputatning “Tashabbusli budjet” bo‘yicha taklifini qat’iy rad etdi“ (2022-yil 4-iyun). Qaraldi: 24-avgust 2022-yil.