Toshkent xalqaro ta’lim universiteti
Toshkent Xalqaro Ta'lim Universiteti (inglizcha: Tashkent International University of Education, TIUE) — Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim muassasasi. Darslar Oʻzbek,ingliz va Rus tilida olib boriladi. Axborot texnologiyalari,Biznes va Ta'lim jarayonlarini boshqarish borasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.
Xalqaro nomi |
Tashkent International University of Education |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 2020-yil |
Rektori | Nosir Xodjaev |
Fakultetlar | 3 |
Talabalari | 850+ |
Bakalavriat | 3 yil |
Professorlari | 17+ |
Oʻqituvchilari | 18 |
Manzili |
183, Yashnobod, Toshkent shahri, 100207 , Toshkent , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | tiue.uz/uz |
Tarixi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan[1]
Qisqacha tavsif
tahrirTIUE axborot texnologiyalari, biznesni boshqarish, taʼlimni boshqarish va oʻquv jarayonlari sohasida yuqori sifatli mutaxassislarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan birinchi xususiy xalqaro universitetdir. TIUE asosiy maqsadi-ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilariga kashfiyotlar qilish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqish, tanqidiy oʻrganish, bilim, donolik va qadriyatlarni saqlash va uzatish imkonini beradigan amaliy oʻquv muhitini yaratish, bu innovatsiyalar, ijodkorlik, tadqiqot va tadbirkorlik. Bitiruvchilar innovator, tadbirkor, ijodkor va ishbilarmonga aylanadi. Oʻqituvchilar tarkibi mahalliy va xorijiy tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat.[2]
Asosiy maqsad va vazifalar
tahrirUniversitetda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish va respublika iqtisodiyotining real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy ma’lumotli yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;
- xorijdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, rivojlanish rejalariga zamonaviy fanlar, innovatsiyalar va dalillarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish;
- yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, olimlar va mutaxassislarini oʻquv jarayoniga keng jalb etish;
- Respublika oliy taʼlim tizimida zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or xorijiy tajribasini qo‘llash, ochiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishga ko‘maklashish.
O‘quv dasturlari
tahrirHozirda TIUEda ingliz va rus tillaridagi Xalqaro bakalavr dasturida 460 dan ortiq talaba bor:
- Axborot texnologiyalari
- Biznes Boshqaruvi
- Ta'lim va oʻquv jarayonlarini boshqarish
- International Foundation Programme
Hamkor universitetlar
tahrir- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
- Toshkent pedagogika universiteti
- Toshkent shahridagi Inha universiteti
- Toshkent xalqaro Vestminster universiteti
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
- Toshkent shahridagi Inha universiteti