Trapezund imperiyasi
Trapezund imperiyasi - Kichik Osiyoning shim.sharqidagi davlat (1204—1461). Poytaxti — Trapezund (hozirgi Trabzon). Vizantiya imperatori Andronik I ning nabiralari Aleksey va David Komninlar tomonidan barpo etilgan. Ularga Gruziya malikasi Tamara hamkorlik qilgan. 1243 y. moʻgʻullar istilosi davrida Trapezund imperiyasi saljuqiylar va Nikeya imperiyasi bilan ittifoq tuzgan, lekin ittifoqchilar tormor keltirilgan. Trapezund imperiyasi moʻgʻullarga oʻlpon toʻlash majburiyatini olgan. 14-asr boshida Trapezund imperiyasi Ok qoʻyunlilar bilan kurash olib borgan. 1456 y. Trapezund imperiyasi usmoniylarga oʻlpon toʻlagan, 1461 y. sulton Mehmed II qoʻshini Trapezund imperiyasini bosib olib, uni Usmonli turk imperiyasining bir viloyatiga aylantirgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |