Magistratlar
Magistratlar (lot. — magistrate — boshliq) — Qad. Rimdagi davlat lavozimi. Respublika oʻrnatish davrida paydo boʻlgan (miloddan avvalgi 6-asrning oxiri). Oliy M. (diktator, detsemvirlar, konsullar, pretorlar, senzorlar) va quyi M. (xalq tribunlari, edillar, kvestorlar va boshqalar) larga ajratilgan. Oliy M. yuqori hokimiyatga ega boʻlishgan, ularning mulozimi boʻlgan. Qolganlari esa oʻz majburi-yatlari doirasida farmon chiqarish va jarima solish huquqiga ega boʻlishgan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |