Rim huquqi
Rim huquqi — Qadimgi Rim huquq tizimi. Xususiy huquq va umumiy huquqni o'z ichiga olgan. Unda mulkiy munosabatlar, ashyoviy huquqlar, turli bitimlar, shartnomaga asoslangan va asoslanmagan majburiyatlar, meros huquqi va boshqa masalalarga oid qoidalar mukammal ishlab chiqilgan. Rim imperiyasining yuksalishi, uning boshqa davlatlarni bosib olishi bilan faqat rimliklarga tegishli boʻlgan bu qonun - qoidalar talabga javob bermay qoʻydi. Buning ustiga nafakat Rimda, shuningdek, Yevropa mamlakatlarida ham tovar, pul munosabatlarining jadal rivojlanishi, birinchi galda, turli davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi mulkiy, savdo - sotiq munosabatlariga tegishli qoidalarni qayta koʻrib chikishni talab qilardi. Bu yangi Rim huquqi tarkibida xalqlar huquqi tizimining paydo boʻlishiga olib keldi. Ushbu huquq Rimliklar va Rimlik boʻlmagan shaxslar o'rtasidagi munosabatlar tatbiq qilindi, Rim xususiy huquqi, xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatning mumtoz huquqi hisoblangan. Koʻpgina mamlakatlar Rim huquqidan namuna olganlar.[1]
Qadimgi Rim | |
Bu andoza bir qismdan iboratdir: | |
| |
Periode | |
---|---|
Rim qirolligi | |
Rim konstitutsiyasi | |
Rim qirolligini konstitutsiyasi | |
Oddiy magistratlar | |
Oliy magistratlar | |
Unvonlar va izzatlar | |
Imperator | |
Presedent va qonun | |
Majlislar | |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |