Trevor Murphy (talaffuzi: Trevor Myurfi) (1995-yil 17-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Trevor Murphy hozirda Kontinental Xokkey Ligasining (KHL) „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubida oʻynaydi. Trevor Murphy ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Arizona Coyotes“ xokkey jamoasi safida oʻynagan.

Trevor Murphy
Murphy 2015-yilda
Tugʻilgan joyi 17-iyul 1995-yil (1995-07-17) (28 yosh)
Windsor, Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 181 lb (82 kg; 12 st 13 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
KHL
Sobiq jamoalar
Sibir Novosibirsk
Arizona Coyotes
Kunlun Red Star
Ak Bars Kazan
Jamoalardagi faoliyat 2015—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Trevor Murphy Ontario shtatining Windsor shahrida oʻsgan. Trevor Murphy yoshligida „Sun County Panthers AAA“ xokkey jamoasida oʻynagan[1].

2012-yil 22-noyabrda Trevor Murphy „Windsor Spitfires“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[2]. 2013-yilgi mavsumdan keyin Trevor Murphy klub safida kapitan yordamchisi etib tayinlandi[3]. Oʻsha mavsumda Trevor Murphy 63 ochko jamgʻarib, eng yaxshi toʻpurar himoyachi reytingida 4-oʻrinni egalladi.

2015-yil 17-sentabrda Trevor Murphy „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Keyin Trevor Murphy klubning filiali „Milwaukee Admirals“ xokkey jamoasi safiga yuborildi[4].

2018-yilgi almashinuvlar mavsumida Trevor Murphy Pierre-Cedric Labrie bilan birga „Predators“ klubi tomonidan Tyler Gaudet va John Ramage evaziga „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga sotilgan[5]. Trevor Murphy NHLdagi debyut oʻyinini 2018-yil 24-mart kuni „Florida Panthers“ xokkey jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[6]. Trevor Murphy NHLdagi birinchi golini 2018-yilning 26-martida „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabali uchrashuvda qayd etdi[7].

NHLdagi toʻrtta professional mavsumidan soʻng, Trevor Murphy 2019-yil 7-iyunda Xitoyning „Kunlun Red Star“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻlib, xorijdagi birinchi shartnomasini imzoladi[8].

2020—2021-yilgi mavsumda „Kunlun Red Star“ xokkey klubi Trevor Murphyni 2020-yil 4-dekabrda raqib „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi aʼzosiga almashtirdi[9]. Trevor Murphy „Ak Bars Kazan“ klubi bilan 21 ta muntazam mavsum oʻyinlarida maydonga tushdi.

2021-2022-yilgi mavsum oldidan Trevor Murphy „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi tomonidan 2021-yil 17-avgustda pul kompensatsiyasi evaziga „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubiga sotilgan edi[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 Sun County Panthers AAA Midget 59 39 53 92 50
2010—2011 LaSalle Vipers GOJHL 3 0 1 1 2
2011—2012 Peterborough Petes OHL 60 1 19 20 52
2012—2013 Peterborough Petes OHL 23 2 2 4 23
2012—2013 Windsor Spitfires OHL 42 7 17 24 60
2013—2014 Windsor Spitfires OHL 51 8 21 29 57
2014—2015 Windsor Spitfires OHL 59 24 39 63 104
2015—2016 Milwaukee Admirals AHL 59 11 21 32 37 3 1 0 1 2
2016—2017 Milwaukee Admirals AHL 75 12 21 33 92 3 2 0 2 4
2017—2018 Milwaukee Admirals AHL 48 8 18 26 69
2017—2018 Tucson Roadrunners AHL 11 2 7 9 4 9 1 5 6 25
2017—2018 Arizona Coyotes NHL 8 1 2 3 0
2018—2019 Tucson Roadrunners AHL 27 5 8 13 26
2018—2019 San Diego Gulls AHL 37 3 15 18 48 16 1 5 6 4
2019—2020 Kunlun Red Star KHL 60 10 17 27 82
2020—2021 Kunlun Red Star KHL 17 0 8 8 14
2020—2021 Ak Bars Kazan KHL 21 2 6 8 8 8 1 3 4 2
2021—2022 Sibir Novosibirsk KHL 26 6 13 19 37
NHL (jami) 8 1 2 3 0
KHL (jami) 124 18 44 62 141 8 1 3 4 2

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012-yil Kanada U17   6 1 1 2 2
Jami 6 1 1 2 2

Manbalar tahrir

  1. „Trevor Murphy inks three-year deal with the Nashville Predators“. Windsor Star (2015-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  2. „Spitfires acquire Murphy, Lorentz from Petes“. Windsor Star (2012-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  3. „SANVIDO NAMED CAPTAIN“. windsorspitfires.com (2014-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  4. „Nashville Predators Sign Trevor Murphy to an Entry-Level Contract“. NHL.com (2015-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  5. „Preds Acquire Tyler Gaudet, John Ramage from Arizona“. NHL.com (2018-yil 26-fevral). Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  6. Vest. „'Yotes Notes: Arizona Wilts in Third Period vs. Panthers“. NHL.com (2018-yil 24-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  7. Long. „Lightning lose to Coyotes, fail to pad Atlantic lead“. NHL.com (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  8. Kunlun Red Star. „Red Star sign Trevor Murphy on two-year deal“. Twitter (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  9. „Ak Bars acquire Canadian Murphy“ (Russian). Ak Bars Kazan (2020-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  10. „Canadian defender in Siberia“ (Russian). HC Sibir Novosibirsk (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.