Trevor Noah

janubiy afrikalik komik, teleboshlovchi

Trevor Noah (talaffuzi: Trevr Noa; 1984-yil 20-fevralda tugʻilgan) — janubiy afrikalik komik, yozuvchi, prodyuser, siyosiy sharhlovchi, aktyor va sobiq teleboshlovchi. 2015—2022-yillar orasida Comedy Central telekanalida efirga uzatiluvchi tungi tok-shou, satirik yangiliklar dasturi — The Daily Showda boshlovchi. Noah turli mukofotlarga, jumladan, 11 ta nominatsiya boʻyicha Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan[1]. 2017- va 2018-yillarda The Hollywood Reporter tomonidan „Nyu-York media olamining 35 nafar eng kuchli shaxsiyati“ roʻyxatiga kiritilgan[2][3]. 2018-yilda Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli yuz kishidan biri deb eʼtirof etilgan[4]. 2023-yilda Erasmus mukofotini qoʻlga kiritgan[5][6].

Trevor Noah

Trevor Noah (2021-yil)
Tavalludi 20-fevral 1984-yil (1984-02-20) (40 yosh)
Fuqaroligi JAR
Taʼlimi Maryvale kolleji
Kasbi Stand-up komik, teleboshlovchi, prodyuser, ssenarist, aktyor
Faoliyat yillari 2002–hozirgacha
Veb-sayti trevornoah.com
Imzosi

Yoxannesburgda tugʻilganligi sabab oʻz faoliyatini 2002-yilda vatani Janubiy Afrikada boshlagan. Janubiy Afrika radioeshittirish korporatsiyasi (JARK) koʻrsatuvlarida bir necha bora boshlovchilik qilgan. 2008-yilda Janubiy Afrikaning Strictly Come Dancing musobaqasi toʻrtinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallagan[7]. 2010-yildan 2011-yilgacha M-Net va DStvda efirga uzatilgan Tonight with Trevor Noah tok-shousi mezboni va muallifi[8].

2014-yilda The Daily Showning katta xalqaro muxbiri maqomiga ega chiqdi. 2015-yilda ushbu shouda uzoq vaqtdan beri boshlovchilik qilib kelayotgan Jon Stewardning oʻrnini egalladi[9].

Born a Crime nomli avtobiografik komik kitobi 2016-yilda chop etilgan[10][11][12][13]. 63-[14], 64-[15] va 65-Grammy yillik mukofoti[16] hamda 2022-yilda Oq uy muxbirlarining kechki ovqatida boshlovchi boʻlgan[17].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Nuh ingliz, janubiy soto, zulu, xosa, tsvana, tsonga va boshqa mahalliy afrika tillarida gapira oladi[18]. Noah diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromidan aziyat chekadi[19]. Hozirda Nyu-York shahrida istiqomat qiladi[20].

Filmografiyasi

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izoh
2011 You Laugh But Itʼs True Oʻzi Hujjatli film
2011 Taka Takata Pilo
2012 Mad Buddies Bukker
2018 Qora pantera Griot (ovozli)
2021 Coming 2 America Totatsi Bibinyana (Zamunda News Network boshlovchisi)
2022 Black Panther: Wakanda Forever Griot (ovozli)

Televizion rollari

tahrir
Yil Sarlavha Rol Izoh
2002 Isidingo Ziyofatdagi oʻsmir 1 epizod
2008 The Amazing Date Oʻzi (mehmon) 13 epizod
2008 Strictly Come Dancing Oʻzi (ishtirokchi) 8 epizod, finalist
2009 Trevor Noah: The Daywalker Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2010–2011 Tonight with Trevor Noah Oʻzi (mehmon) 26 epizod; shuningdek, muallif, ssenariy muallifi, ijrochi prodyuser
2011 Trevor Noah: Crazy Normal Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2012 Trevor Noah: Thatʼs Racist Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2012 Comedy Central Roast of Steve Hofmeyr Oʻzi (mehmon) Maxsus TV koʻrsatuv
2012 Gabriel Iglesias Presents Stand Up Revolution Oʻzi Epizod: „2.1“
2013 Trevor Noah: African American Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2014 Trevor Noah: Itʼs My Culture Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2014-2015 The Daily Show with Jon Stewart Oʻzi (korrespondent) 5 epizod
2015–2022 The Daily Show with Trevor Noah Oʻzi (mehmon) 1,091 epizod; shuningdek, ssenariy muallifi va ijrochi prodyuser
2015 Trevor Noah: Lost in Translation Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2015 Trevor Noah: Pay Back the Funny Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2017 Trevor Noah: Afraid of the Dark Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2017 Nashville Oʻzi Epizod: „Fire and Rain“
2017 Trevor Noah: Thereʼs a Gupta On My Stoep Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2017–2018 The Opposition with Jordan Klepper None 128 epizod; hammuallif va ijrochi prodyuser
2018 American Vandal Oʻzi Epizod: „The Brownout“
2018 Trevor Noah: Son of Patricia Oʻzi Maxsus Stand-up koʻrsatuv
2019 Klepper None 8 epizod; ijrochi prodyuser
2021 63rd Annual Grammy Awards Oʻzi (mehmon) Maxsus TV koʻrsatuv
2021 Player vs Player with Trevor Noah Oʻzi (mehmon) 8 epizod; shuningdek, yaratuvchi va prodyuser
2022 64th Annual Grammy Awards Oʻzi (mehmon) Maxsus TV koʻrsatuv
2022 White House Correspondents' Dinner Oʻzi (mehmon) Maxsus TV koʻrsatuv
2022 Trevor Noah: I Wish You Would Oʻzi Maxsus stand-up shou
2023 StoryBots: Answer Time Stacy Epizod: „Internet“

Kitoblari

tahrir

Audiokitoblari

tahrir
  • 2016: Born a Crime: Stories from a South African Childhood (muallif oʻqigan), Audible Studios on Brilliance Audio, ISBN 978-1531865047

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Trevor Noah“. Academy of Television Arts & Sciences/National Academy of Television Arts and Sciences. 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  2. „The 35 Most Powerful People in New York Media“. The Hollywood Reporter (2017-yil 13-aprel). 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.
  3. „The 35 Most Powerful People in New York Media“. The Hollywood Reporter (2018-yil 12-aprel). 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  4. Nyong'o, Lupita (19 April 2018). „Trevor Noah“. Time. 20 April 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19 April 2018.
  5. „Comedian Trevor Noah wins prestigious Dutch Erasmus Prize“ (en-US). TheGrio (2023-yil 19-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  6. Ritman. „Trevor Noah Wins Dutch Erasmus Prize“ (en-US). The Hollywood Reporter (2023-yil 16-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-mart.
  7. „Trevor Noah – Actor Profile“. Tvsa.co.za. Qaraldi: 2012-yil 4-noyabr.
  8. „Tonight with Trevor Noah“. Beta.mnet.co.za (2007-yil 1-aprel). 2010-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-noyabr.
  9. Shaw, Lucas. „'The Daily Show' Host Trevor Noah Lands New Deal After Ratings Success“. Bloomberg (2017-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 22-aprel.
  10. Kakutani, Michiko. „'Born a Crime,' Trevor Noah's Raw Account of Life Under Apartheid“. The New York Times (2016-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  11. Darden, Jeneé. „Born a Crime: A Memoir of Love, Hope, and Resistance“. Los Angeles Review of Books (2017-yil 18-fevral). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  12. Seymour, Gene. „Trevor Noah recalls childhood under apartheid in new memoir“. USA Today (2016-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  13. „Born a Crime by Trevor Noah“. Penguin Random House. 2016-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  14. „2021 GRAMMYs Performers & Host“ (en). GRAMMY.com (2020-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
  15. „Trevor Noah Of "The Daily Show" Returns To Host The 2022 GRAMMYs Awards Show“. www.grammy.com. Qaraldi: 2022-yil 19-oktyabr.
  16. Aswad. „Trevor Noah to Return as Grammy Awards Host“ (en-US). Variety (2022-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
  17. Grein, Paul (2021-12-01). „Trevor Noah Set to Return as Host for 2022 Grammy Awards“. Billboard (ingliz (Amerika)). Qaraldi: 2022-04-05.
  18. „Trevor Noah Says He Grew Up 'In The Shadow Of A Giant' (His Mom)“. NPR (2016-yil 22-noyabr).
  19. „Trevor Noah: The 60 Minutes Interview“. 60 Minutes (2022-yil iyun).
  20. Wittmer. „Inside Trevor Noah's sleek 220 million New York City penthouse with incredible views“. Business Insider. Qaraldi: 2020-yil 16-avgust.

Havolalar

tahrir