Tufa Fazilova
Tufa Fazilovna Fazilova (tojikcha: Тӯҳфа Фозилова; 1917-yil 25-aprel, Konibodom, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi – 1985-yil 3-fevral Dushanbe) – sovet opera xonandasi, aktrisa va SSSR xalq artisti hisoblanadi.
Tufa Fazilova | |
---|---|
Tavalludi |
25-aprel 1917 |
Vafoti |
3-fevral 1985 Dushanbe |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirTufa Fazilova 1917-yil 24-aprelda Konibodom shahrida (hozirgi Tojikistonning Sugʻd viloyati) tavallud topgan.
1930-yildan Konibodom nomidagi musiqali drama teatri xonandasi sifatida faoliyat yuritgan. 1933-yildan Oʻzbek musiqali drama teatri (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatri) (Toshkent)da xonanda boʻlib, Halima Nosirova qoʻlida tahsil olgan. Tufa Fazilova 1934 – 1940-yillarda Tojikiston musiqali teatrining (Stalinobod, hozirgi Dushanbe) solisti boʻlgan. 1940—1948-yillarda Tojikiston musiqali teatri negizida tashkil etilgan Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston opera va balet teatrining solisti boʻlgan. 1948-yildan tojik drama teatri aktrisasi boʻlib ishlagan[1].
SSSRning koʻplab shaharlarida, shuningdek Eron va Afgʻonistonda safarda boʻlgan. Tufa koʻplab filmlarda rol oʻynagan. 50 ga yaqin badiiy filmning tojik tilidagi dublyajida ishtirok etgan. 1963-yildan boshlab Tojikiston SSR Kinematografchilar ittifoqi aʼzosiga aylangan[2].
Tufa 1985-yil 3-fevralda Dushanbe shahrida vafot etgan va Luchob qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi
tahrirOʻgʻli – Marat Sobirovich Aripov (1935-yil) – sovet tojik kinoaktyori va kinorejissyor. 1960-yilda Tojikiston SSR xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovar boʻlgan.
Xotirasi
tahrirAktrisaning hayoti va ijodiy yoʻli haqidagi hujjatli filmlar: „Bizning Tufa“, „Aktrisa siri“.
1985-yilda Konibodom musiqali drama teatriga aktrisa nomi berilgan.