Tundra kakligi

Rok ptarmigan Qushlarning bir turi "tar majan as-saxr" , qirgʻovullar oilasiga mansub qushlarning bir turi

Tundra kakligi (lotincha: Lagopus muta) – qirgʻovullar oilasining qurqurlar turkumiga mansub qush.

Tundra kakligi
Norvegiyadagi juftlik
Kaklik ovozi, Glenshee, Shotlandiya
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Binar nomi
Lagopus muta
(Montin, 1781)[2][3]
Tundra kakligi tarqalish hududi[1]
Tundra kakligi tarqalish hududi[1]
Kenja turlari

taxminan 20-30, shu jumladan:

  • L. m. muta (Montin, 1781)
    Skandinaviya kakligi
  • L. m. rupestris (Gmelin, 1789)
    Kanada qoya kakligi
  • L. m. helvetica (Thienemann, 1829)
    Alp kakligi
  • L. m. japonica H. L. Clark, 1907
    Yapon kakligi
  • L. m. millaisi Hartert, 1923
    Shotlandiya kakligi
  • L. m. hyperborea Sundevall, 1845
    Svalbard kakligi
Sinonimlari
  • Tetrao mutus Montin, 1781
  • Lagopus mutus (lapsus, pastga qarang)

Tashqi koʻrinishi

tahrir
 
Alp togʻlaridagi nar va moda[4]

Oq kaklikdan biroz kichikroq. Tana uzunligi taxminan 35 sm, vazni esa 430-880 g.

Tundra kakligi, oq kaklik kabi, mavsumiy dimorfizmi bilan ajralib turadi.

Qishda patlari oq, quyruq patlari qora tusda boʻladi, narining tumshugʻi tagida qora chiziq esa bundan mustasno.

Yozgi patlari, oqdan tashqari, rang-barang – kulrang-jigarrang, mayda qora nuqta va chiziqli tusga kiradi. Bu qushlarga yaxshi kamuflyaj qilish imkonini beradi. Ammo patlari yashaydigan hududiga qarab oʻzgarib boradi.

Tarqalishi

tahrir

Tundraning quruq tepaliklarida va Shimoliy yarim shar togʻlarining alp kamarida, shu jumladan Pireney va Alp togʻlarida, Shotlandiyaning togʻli qismida, Skandinaviya, Islandiya, Grenlandiya, Shimoliy Amerika, Shimoliy Osiyo (Oltoy, Xangay) va Markaziy Yaponiya togʻlarida uchraydi.

 
Shimoliy Amerika togʻlarida nar va moda tundra kakliklari
 
Yozgi patli urgʻochi (Sør-Kvaløy oroli, Norvegiya)

Qor chizigʻiga yaqin va butalar bilan qoplanganmagan ochiq toshloq yerlarni afzal koʻradi. Islandiya va Grenlandiyada tuxum bosish davrida oziqlanish uchun pastroqqa tushadi.

Oziqlanishi

tahrir

Qishda migratsiyani amalga oshiradi. Oʻsimlik ozuqalari – urugʻlar, kurtaklar va rezavorlar bilan, joʻjalari esa hasharotlar bilan oziqlanadi.

Koʻpayishi

tahrir

Tundra kakligi monogam qush. Urgʻochisi yerdagi butalar orasida in quradi, ichida toʻq dogʻli 12-20 dona sariq-qizil tuxum qoʻyadi va 24-26 kun davomida narining yordamisiz yolgʻiz oʻzi bosadi.

Odamlar va kakliklar

tahrir

Qushning goʻshti juda mazali deb hisoblanadi, ammo uning tijorat qiymati past. Taxminlarga koʻra, tundra kakligi Goratsiyning II.2 satirasida tilga olinadi[5].

Tundra kakligi Kanadadagi Nunavut hududining rasmiy qushi (ramzi) hisoblanadi[6]. AQShning Alyaskadagi Chicken qishlogʻi ushbu qushning joʻjalari sharafiga shunday nomlangan. Yaponiyada bu qush „tabiiy meros“ (qoʻriqlanadigan joy) va Gifu, Nagano va Toyama prefekturalarining qush ramzi sifatida tanlangan[6]. Xonsyu togʻlarida u raityo (yaponcha: 雷鳥 raichō?, „momaqaldiroq“) deb ataladi. Afsonaga koʻra, u odamlarni va ularning uylarini olov va momaqaldiroqdan himoya qiladi.

Kenja turlari

tahrir

Xalqaro ornitologlar ittifoqi tundra kakligining 23 kenja turini tan oladi:

  • Lagopus muta atkhensis Turner, 1882
  • Lagopus muta dixoni Grinnell, 1909
  • Lagopus muta evermanni Elliot, 1896
  • Lagopus muta gabrielsoni Murie, 1944
  • Lagopus muta helvetica (Thienemann, 1829)
  • Lagopus muta hyperborea Sundevall, 1845
  • Lagopus muta islandorum (Faber, 1822)
  • Lagopus muta japonica A. H. Clark, 1907
  • Lagopus muta kurilensis Kuroda, 1924
  • Lagopus muta macruros Schiøler, 1925
  • Lagopus muta millaisi Hartert, 1923
  • Lagopus muta muta (Montin, 1781)
  • Lagopus muta nadezdae Serebrovski, 1926
  • Lagopus muta nelsoni Stejneger, 1884
  • Lagopus muta pleskei Serebrovski, 1926
  • Lagopus muta pyrenaica Hartert, 1921
  • Lagopus muta reinhardi Stejneger, 1884
  • Lagopus muta ridgwayi Stejneger, 1884 
  • Lagopus muta rupestris (Gmelin, 1789)
  • Lagopus muta saturata Salomonsen, 1950
  • Lagopus muta townsendi Elliot, 1896
  • Lagopus muta welchi Brewster, 1885
  • Lagopus muta yunaskensis Gabrielson & Lincoln, 1951

Komandor tundra kekikligi (Lagopus muta ridgwayi) Rossiyaning „Tabiiy muhitdagi holatiga alohida eʼtibor berishni talab qiladigan fauna obyektlari roʻyxati“ ga kiritilgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 BirdLife International (2017). "Lagopus muta". IUCN Red List of Threatened Species 2016: e.T22679464A113623562. doi:10.2305/IUCN.UK.2016-3.RLTS.T22679464A89358137.en. https://www.iucnredlist.org/species/22679464/113623562. 
  2. Montin, Lars. 1781. Tvänner Arter af Snöripan. Physiographiska Sälskapets Handlingar 1(3):150-155
  3. Tyrberg, T. 1998. The date of publication of Montinʼs description of Lagopus mutus. Bull. B. O. C. 118(1):56-57
  4. Risunok iz knigi: Naumann J. F. Naturgeschichte der Vögel Mitteleuropas. – 1905. (Yestestvennaya istoriya ptits Sredney Yevropi.)
  5. Horace. Satires: A Selection / Introduction, notes and vocabulary by John Godwin. – Bloomsbury Publishing, 2018. – P. 68.
  6. 6,0 6,1 Qarang:en:List of national birds
  7. Utverjden prikazom (Wayback Machine saytida 2007-09-28 sanasida arxivlangan) Goskomekologii Rossii ot 12.05.98 № 290.

Havolalar

tahrir