Turkiya — Venesuela munosabatlari

Turkiya va Venesuela oʻrtasida diplomatik aloqalar 1950-yilda oʻrnatilgan.

Turkiya va Venesuela davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Turkiya, sariq rangda Venesuela koʻrsatilgan.

Tarixi

tahrir

Jugʻrofiy masofa va ikki davlat oʻz geografiyasiga koʻproq eʼtibor qaratganligi sababli aloqalar 2016-yilgacha va undan keyin cheklangan boʻlib qoldi[1]. 2013-yil mart oyida Ugo Chaves vafotidan so‘ng Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Beshir Atalay dafn marosimida qatnashib, marhum Venesuela prezidentining o‘limi butun Lotin Amerikasini larzaga solganini aytdi. Bosh vazir o‘rinbosari Atalayning Venesuelaga tashrifi uning Venesuela bilan bo‘lajak munosabatlari uchun juda muhim qadam bo‘ldi[2].

2016-yil oktabr oyida Venesuela va Turkiya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kuchayishi ortidan Turk Havo Yoʻllari 2016-yil dekabr oyidan boshlab ikki davlat oʻrtasidagi „aloqalarni bogʻlash va kengaytirish“ maqsadida Karakasdan Istanbulga (Gavana, Kuba orqali) toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni taklif qila boshladi[3].

O‘zaro munosabatlar so‘nggi o‘zgarishlar, yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar tufayli rivojlana boshladi. Ikki davlat oʻrtasida prezidentlar darajasidagi ilk rasmiy tashrif 2017-yil oktabr oyida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning Turkiyaga tashrifi bilan boʻlgan edi. 2018-yil dekabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Venesuelaga tashrif buyurdi[4].

Reuters xabar berishicha, 2018-yilda 23 tonna qazib olingan oltin Venesueladan Istanbulga olib ketilgan[5]. 2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Venesuelaning Turkiyaga oltin eksporti o‘tgan yilgi boshlangʻich darajadan 900 million AQSh dollariga ko‘tarildi[6].

2019-yilgi Venesueladagi qoʻzgʻolon tashabbusi ortidan Erdogʻan Guaydoning harakatlarini qoralab, tvitter sahifasida „Prezidenti saylovlar yoʻli bilan tayinlangan va xalq hukmron boʻlgan Venesuelaga postmodern mustamlaka gubernatorini tayinlashga harakat qilayotganlar bilishi kerakki, prezident boʻlish uchun demokratik saylovlar oʻtishi kerak, mamlakat qanday boshqarilishini faqatgina xalq aniqlashi mumkin“[7][8].

Turkiya va Venesuela so‘nggi yillarda ijobiy aloqalar o‘rnatgan. 2021-yil noyabr oyida Turkiya Venesuelani yaqinda oʻtkazilgan bahsli mintaqaviy saylovlar uchun olqishladi, lekin AQSh Davlat departamenti Venesueladagi saylovlarni „noqonuniy“ deb atadi[9]. Wilson Centerning Turkiya va Venesuela munosabatlari haqidagi hisobotiga koʻra: Prezident Rajab Toyyib Erdogʻan va Maduro munosabatlari yaqin boʻlgan. „Ikki yetakchining Gʻarbga nisbatan oʻzaro noroziligi AQSh sanksiyalari tufayli roʻy bergan. Mafkuraviy tafovutlarga qaramay, ikki avtoritar rahbar o‘rtasida mustahkam shaxsiy aloqalar mavjud“[10].


Turkiyaning Marakaibo shahridagi faxriy konsulligi Karakasda elchixonasi bor. Venesuelaning Anqarada elchixonasi va Istanbulda konsulligi bor.

Diplomatiya

tahrir

Prezident tashriflari

tahrir
Mehmon Mezbon Tashrif joyi Tashrif sanasi
  Prezident Nikolas Maduro   Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Jahon energiya kongressi, Istanbul 2016-yil 9-13-oktyabr[11]
  Prezident Nikolas Maduro   Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Chankaya Koshku, Anqara 2017-yil 5-6-oktyabr
  Prezident Nikolas Maduro   Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Chankaya Koshku, Anqara 2017-yil 13-dekabr
  Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan   Prezident Nikolas Maduro Palasio de Miraflores, Karakas 2018-yil 3-dekabr


Birlashgan xalqaro tashkilotlar

tahrir

Ikki davlat bir qator xalqaro tashkilotlarga aʼzodir, jumladan:

Tashkilot bayrog'i Tashkilot nomi Venesuelaning qo'shilish sanasi Turkiyaning qo'shilish sanasi
 
Jahon Savdo Tashkiloti ? 1995-yil 26-mart
 
Xalqaro moliya korporatsiyasi 1956-yil 28-dekabr 1956-yil 19-dekabr
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 15-noyabr 1945-yil 24-oktabr
 
Xalqaro elektraloqa ittifoqi 1920-yil 13-avgust 1886-yil
 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 1946-yil 30-dekabr 1947-yil 11-mart
 
Ko'p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi 1994-yil 9-may 1988-yil 3-iyun
 
YUNESKO 1948-yil 15-sentabr 1946-yil 4-noyabr

Manbalar

tahrir
  1. „Türkiye - Venezuela Siyasi İlişkileri“. mfa.gov.tr. T.C. Dışişleri Bakanlığı (2018-yil 22-avgust). 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  2. „Turkish Deputy PM:Chavez's Death Shook Latin America“. Turkishny.com (2013-yil 9-mart). 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-mart.
  3. „Turkish Airlines starts direct Istanbul-Havana-Caracas flights“. EFE (2016-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  4. „Turkey's Erdogan visits Venezuela, vows to enhance ties“. TRT World (2018-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 11-yanvar.
  5. Pons, Corina; Armas, Mayela. „Exclusive: Venezuela removed 8 tons of central bank gold last week - legislator“. Reuters (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
  6. Rampton, Roberta and Steve Holland. „Trump signs sanctions order targeting Venezuela's gold exports“. CNBC. Reuters (2018-yil 1-noyabr). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-aprel.
  7. „Maduro ally Turkey berates Venezuelan opposition for uprising call“. Yahoo News (2019-yil 30-aprel). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
  8. „Recep Tayyip Erdoğan“. Twitter (2019-yil 30-aprel). Qaraldi: 2019-yil 30-aprel.
  9. „Turkey praises Venezuela for 'peaceful' elections - Al-Monitor: The Pulse of the Middle East“ (en). www.al-monitor.com (2021-yil 24-noyabr).
  10. „Turkey and Venezuela: An Alliance of Convenience | Wilson Center“ (en). www.wilsoncenter.org.
  11. „Relations between Turkey and Venezuela“. Ministry of Foreign Affairs of Turkey.