Turkmaniston — Gruziya munosabatlari
Turkmaniston — Gurjiston munosabatlari — Gruziya va Turkmaniston oʻrtasidagi diplomatik aloqalar. 1992-yil 16-iyulda tashkil etilgan. Ikkala mamlakat ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining aʼzosi.[1]
Turkmaniston |
Georgia |
Qiyosiy tavsif
tahrirGruziya | Turkmaniston | |
---|---|---|
Aholi | 3 729 500 | 5 240 502 |
Hududi | 69 700 km² | 491 200 km² |
Aholi zichligi | 68 km² | 10 km² |
Poytaxt | Tbilisi | Ashxobod |
Yirik shaharlari | Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Rustavi, Zugdidi | Ashxobod, Turkmanobod, Dashovuz, Bolqonobod |
Boshqaruv shakli | Parlamentar respublika | Prezidentlik respublika |
Davlat tili | Gurji | Turkman |
Din | Masihiylik | Sunniy islom |
YIM | 34,209 mlrd AQSH dollari | 54,746 mlrd AQSH dollari |
Pul birligi | lari | manat |
Tarixi
tahrir1991-yilgacha Gurjiston va Turkmaniston Sovet Ittifoqi tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar boʻlgan. Gurjistonning mustaqilligi 1991-yil 9-aprelda, shu yilning 27-oktabrida esa Turkmanistonning mustaqilligi eʼlon qilindi.
Tbilisida Turkmanistonning elchixonasi, Ashxobodda Gurjistonning elchixonasi faoliyat koʻrsatmoqda. 2014-yil 20-maydan boshlab Gurjiston]]ning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Giorgi Karalashvili[2][3]. Turkmaniston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi — Davletmurat Muratov[4].
Mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar tarixida tashriflar va sammitlar muhim oʻrin tutadi. Turkmaniston Respublikasining birinchi Prezidenti Saparmurat Niyozov 1996-yilda Gurjiston]]ga tashrif buyurgan. Gurjiston ikkinchi Prezidenti Eduard Shevardnadze 1997-yilda Ashxobodga tashrif buyurgan.
Gurjiston Respublikasining toʻrtinchi Prezidenti Jorj Margvelashvili 2014-yil dekabr oyida Turkmanistonga tashrif buyurdi[5]. Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Gurjistonlik hamkasbi bilan 2015-yil iyul oyida Tbilisida uchrashgan[6]. 2015-yil dekabr oyida Georgiy Margvelashvili Turkmaniston betarafligining 20 yilligi munosabati bilan „Neytralizm siyosati: Tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish uchun xalqaro hamkorlik“ xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun Ashxobodga tashrif buyurdi[7].
Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosi 36 hujjatdan iborat.
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2016-03-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-06-17
- ↑ „ელჩის ბიოგრაფია“ (ka) (deadlink). Посольство Грузии в Туркмении. 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Посольства в Туркменистане“ (deadlink). МИД Туркмении. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Туркменистан за рубежом“ (deadlink). МИД Туркмении. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ „ორმხრივი ურთიერთობები“ (ka) (deadlink). Посольство Грузии в Туркмении. 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Президенты Грузии и Туркмении сделали и подписали совместное заявление“. ИА REGNUM. Qaraldi: 2016-yil 2-mart.
- ↑ „В Туркменистане состоялась международная конференция высокого уровня“. 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-mart. (Wayback Machine saytida 2016-03-09 sanasida arxivlangan)