Turkmanistonning viza siyosati
Turkmaniston Respublikasining viza siyosati - Turkmaniston Respublikasining qonunchiligi boʻyicha, dunyoning barcha davlatlari fuqarolari, Turkmanistonga kirishi uchun viza talab etiladi. Turistik viza olish uchun, barcha fuqarolar Turkmanistonda litsenziyadan oʻtgan turistik firma orqali taklifnoma olishlari mumkin.
Barcha mamlakat fuqarolari, vizasiz tranzitni Ashxobod xalqaro aeroporti orqali oʻtishi mumkin.
Viza talab etilmaydi
tahrir- 1999-yili Turkmaniston MDHning barcha aʼzolari bilan viza siyosatini yoʻlga qoʻydi.
- Qozogʻiston fuqarolari: Atirau va Mangʻistau viloyati aholisi, vizasiz 5 kun Turkmaniston hududida boʻlishlari mumkin.
- Oʻzbekiston fuqarolari: Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati aholisi, shuningdek Qoraqalpogʻistonning Turkmanistonga chegara oldi tumanlari aholisi bir oyda 1 marta vizasiz 3 kunga Turkmaniston hududida boʻlishlari mimkin.