Tutta Larsen <= отрезать воду, теплоснабжение, связь, электричество этим путлеровским комсомольской выбляди разлюлю, полицайской вражеской диверсантке террористам заброску гэбэшной без справки о форме допуска. пособников вздернуть с семьями. при полном бездействии мосгорвоенкомата, ленгорвоенкомата. Остальных вышвырнуть на фронт..

Tutta Larsen
Tavalludi
ruscha: Татьяна Анатольевна Романенко

5-iyul 1974-yil (1974-07-05) (50 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi teleboshlovchi, radioboshlovchi, qo'shiqchi, jurnalist, aktrisa
Bolalari Luka Zaharovich Romanenko, Marfa Valeryevna Koloskova, Ivan Valeryevich Koloskov
Otasi Anatoliy Lukich Romanenko
Onasi Yelena Mixaylovna Romanenko


(haqiqiy ismi: Tatyana Anatolyevna Romanenko; 1974-yil 5-iyul) – rus televideniyesi va radiosi boshlovchisi, jurnalist, qoʻshiqchi, aktrisa hamda dublyaj ustasi. „MTV Russia“ musiqa va koʻngilochar kanalining sobiq vijeyi, 20042006-yillardagi „Potseluy navilet“ viktorinasining muallifi, 2005-yilda „Bum goda“ shousini oʻtkazgan; „Stolitsa FM“ va „Vesna FM“ radiostansiyalarining, „Mat i ditya“ telekanali va boshqa telekanallarning sobiq boshlovchisi. Oʻzining „subyektiv televideniyesi“ TUTTA asoschisi va boshlovchisi.

Biografiyasi

tahrir
  Tashqi tasvir
  Tutta Larsen

Dastlabki yillar

tahrir

Tutta Larsen 1974-yil 5-iyulda tugʻilgan[1]. Otasi – Anatoliy Lukich Romanenko (1945-yilda tugʻilgan), radiofizik. Onasi – Yelena Mixaylovna Romanenko (1951-yilda tugʻilgan), filolog, jurnalist va ssenariynavis. Buvisining ismi – Tatyana (1929—2017). Uning nevarasi (boʻlajak Tutta Larsen)ga aynan buvisining ismi qoʻyilgan. Kichik singlisi Yekaterina (1983-yilda tugʻilgan). Amakisi – Yuriy Belenkiy (1956-yil 4-mayda tugʻilgan), kino prodyuseri. Amakivachchasi – Mixail Yuryevich Belenkiy (1984-yil 11-martda tugʻilgan), ssenariy muallifi va aktyor. Yana bir amakivachchasi – Polina Yuryevna Belenkaya (1986-yil 6-iyunda tugʻilgan), aktrisa.

Tatyana yetti yoshga toʻlganda, otasi oilani tark etgan. Biroz vaqtdan soʻng onasi qayta turmushga chiqqan. Maktabda Tatyana ertaklar, tomoshalar va KVNni tashkil qilishni yaxshi koʻrgan. Aktrisa ingliz tilini oʻrgangan, yoshligida ekstremal turizm, qoyaga koʻtarilish, alpinizm, baydarka va orientiringni, undan soʻng esa baletni, velosipedda uchishni va futbolni yaxshi koʻrgan. 1990-yilda Makeyevka shahridagi musiqa maktabini klassik gitara boʻyicha, 1991-yilda esa oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan.

Maktabni bitirgandan soʻng darhol Moskvaga joʻnab ketgan va Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1996-yilda[2] Iqtisodiy jurnalistika va reklama diplomini olgan.

Karyerasi

tahrir

Televideniye

tahrir

Jurnalist 1994-yilda oʻqish paytida BIZ-Enterprises kompaniyasining reklama boʻlimida stajirovkadan oʻtgan va u yerda teleboshlovchi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Aynan oʻsha paytda, „Novosti BIZ-TV“ va „Chyornaya pyatnitsa“ dasturlarida ishlaganida, Tatyana qizil tulki Lyudvig Larsen va yosh tovuq Tutta Karlsonning ismlaridan kelib chiqqan holda Tutta Larsen ijodiy taxallusini olgan.

Tatyana 19961998-yillarda Muz-TV kanalida musiqiy koʻrsatuvlar boshlovchisi boʻlib ishlagan. 1996-yildan 2002-yilgacha u Radio Maximumda DJ boʻlib ishlagan va „S persem po jizni“ mualliflik dasturida muqobil musiqa haqida gapirgan. 1998-yil sentyabrdan 2008-yil iyulgacha[3][4] MTV Rossiya kanalida vijey sifatida ishlagan.

Tutta Larsen 2008-yilda, MTV Rossiya telekanalida oʻn yil ishlagandan soʻng, oʻzining ish faoliyatini Zvezda telekanaliga koʻchirgan[5], u yerda yil oxiriga kelib Ulugʻ Vatan urushi haqida ikkita hujjatli film chiqargan, unda jurnalist Tatyana muallif va taqdimotchi sifatida ishtirok etgan. Bu filmlar: „Spisok Margariti“ va „Basleney. Pravo na jizn“ boʻlgan. 2009-yilda xuddi shu telekanalda boshlovchi oilaviy baxt haqidagi „Oddiy mo''jiza“ hujjatli formatdagi bir qator original dasturlarni tayyorlagan. 2010-yil 2-aprelda Gʻalaba kunining 65 yilligi munosabati bilan Zvezda telekanalining kechki koʻrsatuvida boshlovchi Tutta Larsen bilan haftalik „Buyuk Gʻalaba uchun“ tok-shousi boshlangan, yarim soatlik suhbat mavzusini Ulugʻ Vatan urushi haqidagi badiiy filmlar namoyishi ochib bergan.

Tatyana 2010-yil 23-apreldan 2014-yil 15-avgustgacha Olga Shelest, Alla Dovlatova, Lena Perova, Rita Mitrofanova, Marina Golub, Mariya Golubkina va Olga Maksimova bilan birga Rossiya-1 kanalidagi „Devchata“ axborot-koʻngilochar tok-shouning besh mavsumining barchasida boshlovchilardan biri boʻlgan. Tutta Larsen, shuningdek, Muz-TV kanalidagi „Ispitanie vernosti“ dasturining yangi mavsumi boshlovchisi ham boʻlgan. Bundan tashqari, „Radost moya“ oilaviy raqamli kanalida Larsen „Vishe krishi“ dasturini oʻtkazgan.

Aktrisa 2012-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan „Yevrovideniye 2012“ qoʻshiqlar tanlovining Rossiya hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan. 2016-yilda Mixail Kozyrev[6] bilan birgalikda „Emmi 2016“ marosimini sharhlovchisi ham boʻlgan.

Jurnalist Tatyana 2015-yil may oyida oʻzining onalik, bola tarbiyasi, psixologiya va munosabatlar masalalariga bagʻishlanganTUTTA TV kanalini ochgan.

Tutta Larsen 2017-yil dekabr oyidan beri qizi Marfa bilan birgalikda „Karusel“ bolalar telekanalida „Zavtrak na ura!“ dasturini olib bormoqda. 2019-yilda dastur nomi „Yeda na ura!“ deb oʻzgartirilgan.

2021-yil may oyidan boshlab u turmush oʻrtogʻi Valeriy, bolalari Marfa va Ivan bilan birgalikda „Karusel“ bolalar telekanalida „Semya na ura!“ dasturini yuritib keladi.

Tatyana 2007-yildan beri „Mayak“ radiosida Dmitriy Gluxovskiy va Konstantin Mixaylov bilan birgalikda tandemda ishlaydi. Aynan shu radioda 2009-yildan beri Vladimir Averin bilan sheriklikda „Shou Tutti Larsen i Volodi Averina“ va „Tsentralniy komitet“ dasturlarini olib boradi. 2010-yilda Barnauldagi „Mayak“ radiosida „Shou Tutti Larsen i Gii Saralidze“ kechasini oʻtkazgan.

2014-yildan – „Vesna FM“ radiostantsiyasida „Bolshaya riba. Vecherniy Live“ dasturining boshlovchisi[7] boʻlib faoliyat yuritib lelmoqda. „Vera“ radiosida „Vremya radosti“ va „Semeynie istorii“ dasturlarini, „Kapital FM“ radiostansiyada „V dole“ mualliflik dasturini, „Mat i Ditya“ telekanalida „Ot nolya do pyati“ dasturlarini olib boradi.

Boshlovchi 2020-yil iyun oyidan boshlab „Komsomolskaya pravda“ radiosida „Vzroslie lyudi“ dasturini ham olib boradi[8].

Musiqa

tahrir

Tatyana Jazzlobster va Thaivox musiqiy guruhlarida solist boʻlgan va ular bilan qoʻshiqchi sifatida bir nechta takrorlanmas albomlar yozgan. 1998-yilda Tutta Larsen oʻzining yagona albomi Newbodyforms ni chiqargan.

Aktrisa turli qoʻshiqlarni yozishda ishtirok etgan va 2000-yilda „I. F. K.“ guruhining „Nebo“ videosida rol ham oʻynagan, qoʻshiq uzoq vaqt davomida MTV Rossiya kanalida „Top 20“ xit-paradda birinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u Anatoliy Krupnovning „Dorojnaya“ (1998), „NAIV“ guruhining „Se lya v“ („Takova jizn“) (2004) qoʻshiqlarining videolarida chiqish qilgan. 2006-yilda „Priklyucheniya Elektronikov“ guruhining „Zvenit yanvarskaya vyuga“ videoklipida ham rol ijro etgan.

Aktrisa bir nechta teleseriallarda mehmon yulduz sifatida rol oʻynagan. Bular, asosan, uning amakisi, taniqli kino prodyuseri Yuriy Belenkiyning „Prostie istini“ (1999), „Slova i muzika“ (2004), „Obrechyonnaya stat“ (2005—2007) loyihalari boʻlgan. Tatyana, shuningdek, 2006—2007-yillarda Argentina-Rossiya teleserialining „Tango vtroyom“ dublyajida ham ishtirok etgan.

Tutta Larsen 2009-yilda „Devyat“ animatsion filmining rus tilidagi versiyasini dublyaj qilishda ishtirok etgan, u yerda bosh qahramonlardan biri – Yettinchiga ovoz bergan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Aktrisaning birinchi turmush oʻrtogʻi – Maksim Galstyan, „I. F. K.“ guruhining gitarachisi. Tatyana va Maksim oʻrtasidagi nikoh 1992-yildan 2000-yilgacha yaʼni sakkiz yil davom etgan. Ularning bolalar boʻlmagan. 2000-yilda Tutta Larsen Maksim Galstyan bilan ajrashganidan bir hafta oʻtgach, hali tugʻilib ulgurmagan qornidagi farzandidan ayrilgan. Chaqaloq qiz bola boʻlgan.

Tatyananing roʻyxatdan oʻtmagan yaʼni rasmiylashtirilmagan nikohi ham boʻlgan. Norasmiy nikohdagi turmush oʻrtogʻi Zaxar Artemyev boʻlgan. Zaxar Artemyev- jurnalist va yozuvchi, qoʻshiqchi Pavel Artemyevning akasi.

Oʻgʻli – Luka Romanenko (2005-yil 20-mayda tugʻilgan). Luka monastirning pravoslav xususiy gimnaziyasida, musiqa maktabida oʻqigan, u yerda pianino oʻrgangan, suzish va aykido bilan ham shugʻullangan. Tatyana oʻgʻliga otasining bobosi sharafiga ismini Luka Romanenko qoʻygan. Lukaning choʻqintirgan otasi uning amakisi Yuriy Belenkiy, onasi esa shifokor Viktoriya Borisovna.

Tutta Larsenning keyingi turmush oʻrtogʻi– Valeriy Koloskov (1984-yil 10-yanvarda tugʻilgan), Saratovning „Bridge“ jazz guruhining qoʻshiqchisi. 2009-yilda ular turmush qurishgan va nikohni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazgan. Koloskov aktrisaning oʻgʻli Lukani asrab olgan. Ularning ikki farzandi bor.

Qizi – Marfa Koloskova (2010-yil 8-iyulda tugʻilgan). Marfa teatr toʻgaragiga, suzishga boradi va chet tilini ham oʻrganadi.

Oʻgʻli – Ivan Koloskov (2015-yil 1-iyulda tugʻilgan).

Siyosiy pozitsiya

tahrir

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlagan. Aktrisa 2023-yilda uzoq intervyu bergan va u yerda oʻzining rus harbiy ofitserlariga qoyil qolishini bildirgan.

Ishlari

tahrir

Diskografiya

tahrir
Guruh Albom Chiqarilgan yili Qoʻshiq
Jazzlobster Uchites plavat: Urok vtoroy 1996 Escapist
Thaivox Newbodyforms 1998
Depesha dlya Depeche Mode 1998 Little 15
Future Sounds Of Moscow 2 2000 Gde?..
I. F. K. Absolyut 1998 Nebo
NAIV Jivoy i nevredimiy 2004 Se lya vi (Takova jizn)
Priklyucheniya Elektronikov A nu-ka, devushki! 2006 Zvenit yanvarskaya vyuga
Moey dushe pokoya net

Filmografiyasi

tahrir
  • 1999-yil – „Prostie istini“ – kameo
  • 2002-yil – „Svetskie xroniki“ (1-qism „Yangi toʻplam“) – kameo
  • 2005-yil – „Molodi i schastlivi“ – televideniye yulduzi
  • 2005-2007 – „Obrechyonnaya stat zvezdoy“ – kameo
  • 2008-yil – „Lovushka“ – teleboshlovchi
  • 2011-2012 – „Krovinushka“ – kameo
  • 2013-yil – „Vezuchaya“ – jurnalist

Ovozlashtirish

  • 2002-yil – „Krovavaya Melori“ – Malori
  • 2005-yil – "Koshmar pered Rojdestvom " (animatsion film, rus tilidagi musiqiy moslashuv, Mixail Kozyrev loyihasi) – Salli
  • 2006—2007 -yillar „Tango vtroyom“ (Argentina, Rossiya) – ayol rollarining bir qismi
  • 2007-yil – „V gosti k Robinsonam“ (animatsion film) – Frenni
  • 2009-yil – „Rok-volna“ – Marianna, Karlning qiz doʻsti (Talula Rayli roli)
  • 2009-yil – „Devyat“ (animatsion film) – Yettinchi.

Mukofotlari

tahrir
  • 1999-yil – „Eng yaxshi teleboshlovchi“ nominatsiyasida „Sifat belgisi“ maxsus professional matbuot mukofoti.
  • 2019-yil – Muqaddas Gabriel Melekes medali (Rus pravoslav cherkovi Melekes yeparxiyasining rasmiy mukofoti).

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir