Abdulla Derbisalin
Abdulla Derbisalin (Ubaydulla Derbisalin[1], Abdila Derbisalin[2] deb ham yozilgan) – Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi milliy kommunistlaridan.
Abdulla Derbisalin | |
---|---|
Tavalludi |
1888-yil Yettisuv viloyati, Turkiston general-gubernatorligi (hozirgi Qozogʻiston) |
Vafoti | Maʼlum emas |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Hisobchi |
Partiyasi | VKP (b) (1918—1921) |
Turmush oʻrtogʻi | Zaxida Derbisalin |
Bolalari |
Galiya Derbisalin (qizi) Aysulu Derbisalin (qizi) |
Bolaligi
tahrir1888-yilda Turkiston general-gubernatorligining Yettisuv viloyatida (Qozogʻistonning hozirgi Qoʻstanay viloyati Qorabuloq tumanida) tugʻilgan[3]. Qozoq millatiga mansub.
Oilasi
tahrirTurmush oʻrtogʻi Zaxida Ismailovna Derbisalin (qizlik familiyasi Kildiyeva) (1896—1943) tatar millatiga mansub boʻlgan. Avval Toshkentda, 1928-yildan Aktyubinsk shahrida yashashgan. 1932-yilda Zaxida Derbisalin ikki qizi bilan Toshkentga qaytib kelishadi. 1939-yilda Abdulla Derbisalin va Zaxida Derbisalin ajrashishadi. 1943-yilda Zaxida vafot etdi. Farzandlari Galiya Derbisalin(1919–tugʻilgan) va Aysulu Derbisalin(1922—2008) Toshkentda tugʻilib, taʼlim olishgan. Nevarasi Saida Tagirovna Syunyayeva (Aysulu Derbisalinning qizi) bobosi haqida bir qancha surishtiruvlar olib borgan[4].
Faoliyati
tahrir1917-yili Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Qozoq ovullarida dastlab muxtoriyatchilik gʻoyalarini targʻib etgan. Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida qatnashib, Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylangan. 1918-yil fevralida Turkiston muxtoriyati hukumati agʻdarilgach, sovet hokimiyati tomoniga oʻtgan. Turor Risqulov rahbarligida 1919-yil mart oyida Toshkentda Turkiston oʻlka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilingach, RKP(b) oʻlka Musulmonlar byurosining Yettisuv (Semirechye) viloyati rahbari (1919-yil ikkinchi yarmi—1920-yil aprel) boʻlgan[5]. Keyinchalik Janubiy Qozogʻiston viloyatining Lenin tumanidagi yogʻ zavodida hisobchi boʻlib ishlagan.
Qatagʻon qilinishi
tahrir1933-yil RSFSR Jinoyat kodeksining 177-moddasi boʻyicha ayblanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilinadi[6].
1941-yil 4-iyulda NKVD Lenin tumani boʻlimi tomonidan qamoqqa olinib, unga RSFSR Jinoyat kodeksining 58-10 moddasidagi ayblar qoʻyilgan. 1941-yil 27-sentabrda Janubiy Qozogʻiston viloyat sudi axloq tuzatish lageriga 7 yil muddatga hukm qilidi. Qamoqdan qaytmagan[7].
Reabilitatsiya
tahrirAbdulla Derbisalin Qozogʻiston SSR Oliy sudi Prezidiumi tomonidan vafotidan soʻng 1989-yil 1-dekabrda reabilitatsiya qilingan[8][9].
Manbalar
tahrir- ↑ Rajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent,2021. 64-bet.
- ↑ Syunyayeva, Saida „Абдулла (Абдила) Дербисалин“. mytashkent.uz. 13.11.2014. Qaraldi: 2024-yil 2-dekabr.
- ↑ Rajabov Qahramon. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent,2021. 65-bet.
- ↑ Syunyayeva, Saida „Абдулла (Абдила) Дербисалин“. mytashkent.uz. 13.11.2014. Qaraldi: 2024-yil 2-dekabr.
- ↑ Inostrannaya voennaya intervensiya i grajdanskaya voyna v Sredney Azii i Kazaxstane. Dokumenti i materiali. Tom II. – Alma-Ata: „Nauka“, 1964. Sentyabr 1919 g. – dekabr 1920 g. - S. 349,692.