Ubisoft Blue Byte GmbH (2017-yilgacha Blue Byte) — Ubisoftga tegishli nemis videooʻyin ishlab chiqarish kompaniyasi. U 1988-yil oktabr oyida Tomas Gertsler va Lotar Shmitt tomonidan asos solingan.Kampaniya Anno va The Settlers oʻyinlari seriyalarini ishlab chiqish bilan mashhur. Studiya 2001-yilda Ubisoft tomonidan sotib olingan.

Ubisoft Blue Byte

Related Designs 2013-yilda Blue Byte-ga birlashtirildi.2019-yildan beri Ubisoft Blue Byte Ubisoft Dyusseldorf, Ubisoft Mainz va Ubisoft Berlin nomini olgan uchta nemis studiyasining bosh kompaniyasi sifatida ishlaydi.

Asosiy va birinchi oʻyinlar (1988-1993)

tahrir

1988-yilda Thomas Hertzler va Lothar Schmitt nemis videooʻyinlar ishlab chiqaruvchisi Rainbow Arts kompaniyasini tark etishdi va oʻsha yilning oktabr oyida oʻzlarining Blue Byte kompaniyasiga asos solishdi.[1] Buning uchun Hertzler va Schmitt Hertzlerning ota-onasidan qarzga olingan 10 000 Nemis Mark miqdoridagi boshlangʻich kapitalidan foydalanganlar va Hertzlerning Mülheimdagi uyining chodirida ofis ochishgan.

Blue Byte-ning birinchi nashr etilgan oʻyini 1989-yilda Ubi Soft (keyinchalik Ubisoft nomi bilan oʻzgartirilgan) tomonidan chiqarilgan Great Courts tennis simulyatsiyasi edi.  Blue Bytening Germaniya va Yevropadagi birinchi katta muvaffaqiyati oʻyini 1991-yilda yakunlangan Battle Isle strategiya oʻyini boʻldi. Kompaniyaning navbatdagi katta muvaffaqiyati 1993-yilda The Settlers nomi bilan xalqaro miqyosda sotiladigan Die Siedler boshqaruv oʻyinining chiqarilishi boʻldi. The Settlers koʻplab davomiy seryalarga ega boʻlib, Blue Byte mahsulotlarining eng mashhuriga aylandi. 

Yirik loyihalar (1994-2000)

tahrir

Yillar davomida Blue Byte koʻplabyangi oʻyinlarni ishlab chiqdi, jumladan Chewy: Escape from F5 va Albion, lekin ularning aksariyati xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozona olmadi. Amerika bozoriga kirishga urinishlarga, odatda Accolade nashriyotida yordam berdi lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Asosiy muvaffaqiyat Germaniya va Evropaning baʼzi qismlari bilan cheklandi. 1995-yilda Chikagoda yashovchi Julian Pretto ismli tadbirkor Germaniyaga borib, ularni Shimoliy Amerikada ofis ochishga ishontirdi. Qoʻshma Shtatlarda Battle Isle 2020 muvaffaqiyatli chiqqandan soʻng, Pretto firmani tark etdi. Uch yil oʻtgach, Blue Byte Chikagodan (Illinoys ) Texasning Ostin shahridagi yangi binoga koʻchib oʻtdi. 

Ubisoft shoʻba korxonasi sifatida (2001-yildan hozirgi kungacha)

tahrir

2001-yil fevral oyida Blue Byte Ubi Soft tomonidan sotib olindi va unga Blue Bytening ikkita eng mashhur oʻyin seriyasiga eʼtibor qaratish topshirildi.Sotib olingan vaqtida Blue Byte 64 kishidan iborat boʻlgan va Buyuk Britaniya, Germaniya va Qoʻshma Shtatlarda faolliyat yuritayotgan edi.[2] Taxminan 2013-yilda Blue Byte Related Designs bilan ikkita oʻyinda hamkorlikda ishlagan, jumladan Might va Magic Heroes Online. Related Designs 2013-yil aprel oyida Ubisoft tomonidan sotib olindi, shu vaqtdan boshlab kompaniya Blue Byte bilan birgalikda loyihalarni ishlab chiqadi.[3] Related Designs 2014-yil iyun oyida Blue Byte-ga birlashtirilib, Blue Byte-ning ikkinchi ichki studiyasiga aylandi.[4] 2014-yilda Blue Bayte The Settlers: Kingdoms of Anteria oʻyinini ishlab chiqdi.

2017-yilda Blue Byte Ubisoft Blue Byte brendiga ega boʻlib, avgust oyida Gamescom tadbiri oldidan yangi logotipi taqdim etildi.[5] Berlindagi uchinchi Blue Byte studiyasi 2017-yil aprel oyida ochilgani eʼlon qilindi.[6] Ubisoft Blue Byte studiyasining operatsion menejeri Istvan Tajnay yangi studiyaning studiya menejeri boʻldi.Ubisoft Blue Byte tarkibiga kirsa ham, Berlinda joylashgan studiya ataylab „Ubisoft Berlin“ deb nomlangan.Ubisoft Berlin 2018-yil boshida ish boshladi va 2018-yil 25-sentabrda oʻzining rasmiy ochilishini oʻtkazdi. 2019-yil avgust oyida Gamescom koʻrgazmasida Ubisoft Blue Byte yangi korporativ identifikatsiyani ochib berdi, unda oʻz brendi ostidagi studiyalari Ubisoft Dyusseldorf va Ubisoft Mainz deb oʻzgartirildi.Bu harakat, birinchi navbatda, qoʻshimcha xodimlarni jalb qilishga qaratilgan edi.Chunki Ubisoft Blue Byte oʻsha paytdagi 520 nafar xodimi boʻlgan, 2023-yilga kelib 1000 nafar xodimgacha kengayishi kutilmoqda. 2020-yil dekabriga kelib, „Ubisoft Blue Byte“ brendini bekor qilinib boshladi, ilgari eskirgan ijtimoiy media kanallari oʻchirilmoqda.

Oʻyinlar

tahrir

Battle Isle seryasi

tahrir
Nomi Yil Ishlab chiqaruvchi Nashriyot
Battle Isle 1991 (Amiga, DOS) Blue Byte Blue Byte
Battle Isle Data Disk I 1992 (Amiga, DOS)
Battle Isle Data Disk II 1993 (Amiga, DOS)
Battle Isle II 1994 (DOS) Accolade
Battle Isle II Data Disk I 1994 (DOS) Blue Byte
Battle Isle III 1995 (Windows)
Incubation: Time Is Running Out 1997 (Windows)
Incubation: The Wilderness Missions 1997 (Windows)
Incubation: Hidden Worlds 1998 (Windows)
Battle Isle: The Andosia War 2000 (Windows) Cauldron

Settlers seryasi

tahrir
Nomi Yili Ishlab chiqaruvchi Nashriyot
The Settlers 1993 (Amiga), 1994 (DOS) Blue Byte Blue Byte
The Settlers II 1996 (DOS), 1997 (MacOS), 2007 (DS)
The Settlers III 1998 (Windows)
The Settlers IV 2001 (Windows) Ubi Soft & Gameloft
The Settlers: Heritage of Kings 2004 (Windows) Ubisoft
The Settlers II (10th Anniversary) 2006 (Windows)
The Settlers: Rise of an Empire 2007 (Windows)
The Settlers: Rise of Cultures 2008 (Windows)
The Settlers 7: Paths to a Kingdom 2010 (Windows)
The Settlers – My City 2010 (Windows)
The Settlers Online 2010 (Browser)
The Settlers TBA

Anno seryasi

tahrir
Nomi Yili Ishlab chiqaruvchi Nashriyot
Anno Online 2013 (Browser) Blue Byte Ubisoft
Anno 1404 2009 (Windows) Blue Byte, Related Designs
Anno 2070 2011 (Windows)
Anno 2205 2015 (Windows) Blue Byte
Anno 1800 2019 (Windows)

Boshqa oʻyinlar

tahrir
Nomi Yili Ishlab chiqaruvchi Nashriyot
Great Courts 1989 (Amiga, Amstrad CPC, Atari ST, C64, ZX Spectrum), 1991 (DOS), 1992 (SNES), 1993 (Atari Lynx) Blue Byte Ubisoft
Twinworld 1989 (Amiga, Atari ST), 1990 (Acorn Archimedes, C64, ZX Spectrum)
Great Courts 2 1991 (Amiga, Atari ST, DOS) Blue Byte
Tom and The Ghost 1990 (Amiga, Atari ST, DOS) Ubisoft
Atomino 1990 (DOS), 1991 (Amiga, Atari ST, C64), 1994 (MacOS), 2002 (PalmOS, J2ME) Blue Byte Psygnosis
Apidya 1991 (Amiga), 2002 (Windows) Kaiko Play Byte
Ugh! 1992 (Amiga, C64, DOS) Egosoft
History Line: 1914-1918 1992 (Amiga, DOS) Blue Byte
Yo! Joe! Beat the Ghosts 1993 (Amiga, DOS) Scipio
Albion 1995 (DOS), 2015 (Windows) Blue Byte Blue Byte
Dr. Drago's Madcap Chase 1995 (Windows)
Chewy: ESC from F5 1995 (DOS), 1997 (Windows) New Generation Software
Archimedean Dynasty 1996 (DOS), 2015 (Windows) Massive Development
Extreme Assault 1997 (DOS) Blue Byte
Game, Net & Match! 1998 (Windows)
Star Trek: Starship Creator 1998 (Windows, MacOS)
Stephen King's F13 2000 (Windows, MacOS)
Your Shape: Fitness Evolved 2013 2012 (Wii U) Ubisoft
Silent Hunter Online 2013 (Browser)
Panzer General Online 2013 (Browser)
Might & Magic: Heroes Online 2014
Assassin's Creed Identity 2014 (iOS), 2016 (Android)
Champions of Anteria 2016 (Windows)
For Honor 2017 (Windows)
Beyond Good and Evil 2 TBA

Shuningdek qarang.

tahrir

''Qo'shimcha mutolaa uchun ingliz tilidagi maqolalar''

Manbalar

tahrir
  1. Gössling, Jonas „Die Geschichte von Blue Byte – Vom Dachgeschoss nach Düsseldorf“. Gamestar (18-avgust 2013-yil).
  2. Ho, Jennifer „Ubi Soft acquires Blue Byte Software“. GameSpot (8-fevral 2001-yil).
  3. „Ubisoft completes Related Designs acquisition“. gamesindustry.biz.
  4. „Ubisoft: Ehemaliges Related Designs-Studio ab sofort unter Blue Byte-Flagge“. gamezone.de.
  5. Fröhlich, Petra „Ubisoft Berlin: Was wird aus der Marke "Blue Byte"?“ [Ubisoft Berlin: What will become of the brand "Blue Byte"?] (de). GamesWirtschaft (31-avgust 2017-yil).
  6. Fröhlich, Petra „Ubisoft Blue Byte: "Potenzial für 1.000 Jobs in Deutschland"“ [Ubisoft Blue Byte: "Potential for 1,000 jobs in Germany"] (de). GamesWirtschaft (26-aprel 2018-yil).

Havolalar

tahrir