Usta Solih madrasasi
Usta Solih madrasasi Farmonqul guzarida joylashgan bo‘lib, 7 hujradan iborat bo‘lgan. Uning faoliyatiga taalluqli bir nechta hujjat mavjud.
Madrasa | |
Usta Solih madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Tarixi
tahrirsadr rais Mir Badriddin mulla Solih ismli kishi Farmonqul guzarida yetti hujra qurdirganini xabar qilgan. Yangi madrasaga Farmonqul guzari masjidi imomi mulla Muhammadniyoz mudarris etib tayinlangan. Boshqa hujjatda Yo‘ldoshboy Shahrisabziy madrasasida bo‘sh qolgan mudarrislik o‘rniga Usta Solih madrasasi mudarrisi mulla Bozor o‘tkazilishini maʼlum qilgan. Uning o‘rniga Ko‘hna Badalbek madrasasi kutubxonachisi mulla Abdunabixoja o‘tirgan. Maoshi 4 tilla. Bu madrasa baʼzi hujjatlarda Farmonqul masjidi hujralari nomi bilan ham yuritilgan. Qozikalon Mir Badriddin boshqa arznomasida Farmonqul guzari masjidi hujralari mudarrisi mulla Javonmard kambag‘alligi tufayli Mang‘it oyim madrasasi mudarrisi mulla G‘ulom Muhammadning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tishdan umidvorligini bayon qilgan. Maoshi 6 tilla bo‘lgan. Farmonqul masjidi hujralarida bo‘shagan o‘ringa Qozi Fayziy guzari masjidi imomi mulla Muqaddas „Hidoya“ kitobi bo‘yicha imtihon qilingani va mudarrislikka o‘tkazilayotgani bildirgan. Maoshi 3 tilla.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 422.