Uybat chaatasi - Xakasiya Respublikasi (RF)dagi Uybat st-yasidan 6 km jan.sharqda joylashgan qad. mozorqoʻrgʻon (mil. av. 3-asrmil. 78-asrlar). Eng qad. qabrlar tagar madaniyatiga, aksariyati — toshtiq madaniyatja oid. 1936 va 1938 yillardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Yevtyuxova va boshqalar) chogʻida toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (mil. av. 1-asrmil. 5-asr) ularning gips va terrakotadan yasalgan dafn niqoblari, yogʻochdan ishlangan naqshinkor haykaltaroshlik namunalari va boshqa topilgan. 7—8-asrlarga oid yenisey qirgʻizlari mozorqoʻrgʻonlaridan sirtiga oltin suvi yuritilgan, yogʻochdan ishlangan qoʻylarning haykalchalari, UrxunYenisey bitigi tushirilgan kumush koʻzacha va boshqa chiqqan. Uybat chaatasi topilmalari — qad. Sibirda mulkiy tabakalanish vujudga kelishi tarixini oʻrganishda muhim manba.