Mozorqoʻrgʻon
Mozorqoʻrgʻon yoki Qoʻrgʻon (arxeologiyada) — chorvador qabila sardorlarining mozori. Uzoqoʻtmishda mulkiy tengeizlik va sinfiy tabakalanish jarayoni jadal kechayotgan zamonlarda, ayniqsa, chorvador qabilalar jamoasida olamdan oʻtgan badavlat urugʻ va qabila sardorlarining jasadini oddiy kabiladoshlaridan aloqida koʻmish odat tusini olgan. Anʼanaga koʻra, yogʻoch yoki loydan maxsus jasadxona qurilib, uning qoq oʻrtasiga shohona kiyimdagi sardor jasadi solingan tobut oʻrnatilgan. To-but atrofiga va butun xona boʻylab sardorga tegishli qurol-aslahalar, metall (oltin, kumush, jez) va sopol idishlarda marhumga ovqat qoʻyilgan. Xonaning devorlariga gilam, naqsh solingan namat yoki guldor matolar osilib, xona tomi hari va xaschoʻplar bilan yopilgan. Sardor jasadxonasi etagiga uning xotinlaridan bir yoki bir nechasini shaxsiy boyliklari bilan birga, bayramona]libosda koʻmilgan. Jasadxona atrofiga, M. ostiga"narigi dunyoda" sardorga xizmat qilishi uchun uning otlaridan va xizmatkorlaridan bir nechasini oʻldirib koʻmish odat boʻlgan. Soʻng, qabrlar ustiga sonsanoqsiz toshlar uyumi hosil qilinib, uning ustiga qalin tuproqtortilgan. Natijada, balandligi va diametri bir necha metrli sunʼiy tepalik hosil boʻlgan. Arxeologiyada bunday sukunat maskani M. nomi bilan yuritiladi. Ana shunday M.lar chorvador qabilalar yashagan mintaqalarda jez, ilk temir va antik davrda Qora dengiz va Kaspiy dengizi atrofidagi choʻllarda (Soloxa, Kelermes), Zakavkazyening togʻ oldi mintaqalarida (Maykop, Trialeti), Oltoy va Jan. Sibir yerlarida (Bashadar, Pozirik, Salbik, Arjan), Orol dengizi atroflarida (Tagisken) qamda Qozogʻiston choʻllarida (Dandiboy, Begozi) paydo boʻlgan. M.larning asosi, odatda, yarim shar, oval, kvadrat shaklida boʻlgan. Ularning diametri 3–4 m dan to 50 m gacha, bal. esa 2–3 m dan to 20 m gacha boʻlgan. Har bir M. oila xilxonasi yoki urugʻ qabristoni hisoblangan. Mulkiy tabaqalanish oʻsishi bilan boy va kambagʻallar koʻmilgan M.lar oʻrtasidagi farq kuchaygan. Sharqiy Yevropa, Janubiy Sibir, Shim. Kavkaz, Oltoy va Qozogʻiston choʻllaridagi urugʻ va kabila oqsoqollarining M.lari oʻzlarining boyligi va kattaligi bilan ajralib turgan. Ahmadali Asqarov.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |