Uzunkoʻl tumani' — Qoʻstanay viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topdi. 1966-yilgacha Uzunkoʻl, 1966 — 96-yillarda Lenin tumani deb nomlanib keldi. Maydoni 7,2 ming km2. Aholisi 25 264 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Uzunkoʻl qishlogʻi.

Uzunkoʻl tumani
qoz. Ұзынкөл ауданы
tuman
Tarkibida Qoʻstanay viloyati
Maʼmuriy markazi Uzunkoʻl
Asos solingan sanasi 1939-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 25,264
Millatlar tarkibi ruslar — 42,07%
qozoqlar — 41,02%
ukrainlar — 9,66%
olmonlar — 1,77%
beloruslar — 1,72%
tatarlar — 0,95 [1][2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71444[3]
Avtomobil raqami kodi P, 10
Xaritada
Uzunkoʻl tumani xaritada
53°49′0″N 65°20′0″E / 53.81667°N 65.33333°E / 53.81667; 65.33333

Geografiyasi

tahrir

Tuman Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy hududida joylashgan. Tuman yeri asosan tekislik, faqat markaziy va gʻarbiy qismi anchagina qir-adirliklardan tashkil topgan. Mutlaq balandligi 185 m. Obagʻan dar. vodiysining mutlaq balandligi 89 m. Hududining asosiy qismini koʻlli, soygʻoq landshaft tashkil qiladi.

Aholisi

tahrir

Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining zichligi 1 km2-ga 3,8 kishidan toʻgʻri keladi Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:

Iqlimi

tahrir

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qahraton, boʻronli, yozi iliq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 19 °C, iyulniki 19 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Tumanning gʻarbiy tarafidan Obagʻan daryosi oqib oʻtadi. Tumanda koʻllar koʻp, asosan koʻpchiligi chuchik suvli. Ularning umumiy hududi 33,8 ming ga. Katta koʻllari: Sarioba, Rechnoy, Saribaliq, Jarqayin, Jasilbagʻar, Ayjan, v.h.

Manbalar

tahrir