Vagonetka (fransuzcha: Wagonnet — kichik vagon) — tor izli yoʻllarda yaqin masofalarga yuk tashiydigan kichik (0,5—6 m3) hajmli transport vositasi. Vagonetkalar qurilish, sanoat korxonalari va omborlar, kumir va ruda konlarida, karyerlarda ishlatiladi. Bulardan tashqari maxsus (yogʻoch, suv, yoqilgʻi tashishga), odamlar (mas., konchilar) tashishga moʻljallangan xillari ham bor. Vagonetkalar motovozlar, elektrovozlar va parovozlar bilan tortiladi, qiya izlarda oʻzini gʻildiratib yuboriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil