Valeriy Pecheykin
Pecheykin Valeriy Valeryevich (1984-yil 7-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus dramaturgi, ssenariynavis, jurnalist, pedagog.
Valeriy Pecheykin | |
---|---|
Pecheykin 2021-yil mart | |
Tavalludi |
7-oktyabr 1984-yil |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya |
Yoʻnalish | dramaturg, ssenariynavis, jurnalist, pedagog |
Biografiyasi
tahrirValeriy 1984-yil 7-oktyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Pecheykin Toshkentda Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining „Pravda Vostoka“ gazetasida katta muxbir, „Ilhom“ teatrida rejissyor yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan. U oʻzining badiiy rahbari Mark Vayl bilan birgalikda teatr sahnasida qoʻyilgan Aleksandr Nikolayev ijodi haqida „Radeniye s granatom“(Dmitriy Tixomirov taxallusi bilan) pyesasini yozdi.
Valeriy Valeryevich Royal Court teatrida dramaturglar uchun xalqaro seminar rezidenti hamda Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.
2013-yildan Gogol nomidagi teatrda dramaturg boʻlib ishlagan. Teatrning ochilish spektakli uchun Pecheykin „Den“ spektaklini yozdi. 2017-yildan „Gogol+“ yoʻnalishi kuratori boʻldi.
Pedagogik va ijodiy faoliyati
tahrirPecheykin Oliy Iqtisodiyot maktabida, Maya Kucherskayaning Creative Writing maktabida[1], Gogol maktabida dars bergan.
U Voznesenskiy markazida „Kutprosvet“ dasturini[2] olib borgan.
Valeriy Bookmatening „Listay vpravo“ kitob podkasti boshlovchisi boʻlgan[3].
Jurnalistika
tahrirValeriy Moskvich Mag[4], GQ[5], S7, Forbes, Kommersant Lifestyle, Storytel[6], Moskva Karnegi markazi[7] nashrlari uchun kolumnist boʻlib faoliyat yuritgan.
Mukofotlari
tahrirPecheykin 2007-yilda „Sokoli“ spektakli uchun drama nominatsiyasida „debyut“ mukofoti laureati va shu spektakli uchun „Novaya drama“ festivalida birinchi mukofot sovrindori boʻldi. „Moya Moskva“ spektakli uchun A. M. Volodin xotirasiga bagʻishlangan „Pyat vecherov“ tanlovi laureati.
Spektakllari
tahrirValeriy 2005-yil „Sokoli“, 2008-yil „Moya Moskva“, 2009-yil „Net“, 2011-yil „Rossiya, vperyod!“, 2013-yil „Lutsifer“ va 2018-yil „Filosofi“ spektakllarini yaratdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Сайт сделан в Маунтин Сайт. „Мастерская Валерия Печейкина и Артема Фирсанова «Автопортрет»“. litschool.pro. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ „Выпуски программы «Культпросвет» на канале центра Вознесенского“. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
- ↑ „Подкаст «Листай вправо»“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Москвич Mag / страница Валерия Печейкина“ (ru). moskvichmag.ru. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ „Колонки Валерия Печейкина на сайте GQ“. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
- ↑ „Колонки Валерия Печейкина на Storytel“. Storytel. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
- ↑ „Колонки Валерия Печейкина на сайте московского центра Карнеги“. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.