Valeriy Vitalievich Yakimsov (ruscha: Якимцов, Валерий Витальевич; 1952-yil 28-oktyabr, Baranovichi[1], Belarus SSR, SSSR) – sovet futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Valeriy Yakimsov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Valeriy Vitalievich Yakimsov
Tavallud sanasi 28-oktyabr 1952-yil (1952-10-28) (72 yosh)
Tavallud joyi Baranovichi, Belorussiya SSSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1972—1973 Iskra (Smolensk)
1974—1975 Baltika 46 (14)
1976 CSKA (Kiyev) 14 (0)
1977—1980 Zenit 65 (1)
1981 LOMO
1982—1984 Paxtakor 58 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Valeriyning otasi harbiy uchuvchi, podpolkovnik boʻlib, Su-15 va MiG-21 samolyotlarida uchgan. Yakimsov maktabni tugatgach, Smolensk jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirgan va 1972—1973-yillarda Belarussiyaning mahalliy jamoasi, „Iskra“ klubi tarkibida SSSR chempionatining ikkinchi zonasida oʻynagan. 1975—1976-yillarda Kaliningradning „Baltika“ jamoasida oʻynagan. 1977-yilda u Leningradning „Zenit“ klubiga oʻtgan. Uch yil davomida Valeriy chempionatda 65 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1980-yil fevral-mart oylarida jamoa SSSR kubogi guruh bosqichi oʻyinlarini oʻtkazdi. 8-mart kuni futbolchilardan birining tugʻilgan kunini nishonlayotgan Yakimsov oʻz vaqtida klub bazasiga qayta olmadi. Valeriyning sport rejimini buzganligi uchun „Zenit“ jamoasidan bir yilga chetlatildi. Valeriy Zenit jamoasidan chetlatilgan davrida Leningradning „LOMO“ klubi tarkibida mahalliy chempionatda oʻynagan.

1982—1984-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan. Bu davrda klub tarkibida 58 ta oʻyin oʻtkazib 2 ta gol urgan. Paxtakor jamoasi SSSR Oliy ligasidan tushib ketganidan soʻng professional faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Valeriy keyinchalik 60 yoshgacha, insult boʻlgunga qadar „Zenit“ faxriy jamoasida oʻynagan.

Yutuqlar

tahrir
  • Ukraina SSR kubogi gʻolibi: 1976-yil

Manbalar

tahrir
  1. Yu. Lukosyak. „Kto est kto v peterburgskom futbole“, 2011, s. 184

Havolalar

tahrir