Bosh menuni ochish

Vali Nabiyevich Nabiyev (1916.31.1 — Gʻijduvon tumani — 1999.7.3) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi starshina. 16-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasining 60-gvardiyachi Chernigov otliq askarlar polki, 2-eskadron vzvod komandirining yordamchisi. 1936—38 yillarda armiya safida, Hasan koʻli yonidagi jangda qatnashgan. 1943 yil 18 sentabrda Dnepr daryosini birinchilardan boʻlib kechib oʻtishdagi jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944 yil 15 yanvar). Urushdan keyin Gʻijduvon shahrida yashagan. Gʻijduvon tumanida kolxoz raisi, kolxozlararo maishiy xizmat koʻrsatish kombinatining boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2001 yil 9 mayda Gʻijduvon tuman markazidagi Xotira maydonida byusti oʻrnatilgan, koʻchalardan biriga Nabiyev nomi berilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil