Arminiy Vamberi
Arminiy Vamberi yoki German / Herman Vamberi (vengercha Ármin Vámbéry, nemischa Hermann Bamberger; 19-mart 1832, Nidermarkt — 15-sentyabr 1913, Budapesht) — sharqshunos, tilshunos olim, sayyoh va yozuvchi.
Vengriya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1861). Vengriya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1861). Peshtda xonadon oʻqituvchisi boʻlgan (1852—56). Turkiya (Istanbul)da yashagan (1857—60). Vengriya fanlar akademiyasi homiyligida Eron va Turkis-tonga sayohat (1863-yildan) qilgan. V. darvesh (qalanlar) niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va b. shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi. V. tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklor, etnografiya, tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi („Nemischa-turkcha lugʻat“, 1858; „Nemischa-chigʻatoycha lugʻat“, 1860; „Movarounnahr yoki Buxoro tarixi“, „Mening hayotim“, „Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari“ va b.). „Chigʻatoy tili darsligi“ (1867) asarida V. turkiy xalqlar folkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʼlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.[1]
Hayoti
tahrirIstanbulda yashagan (1857-60). Vengriya fanlar akademiyasi homiyligida Eron va Turkistonga sayohat (1863-yildan) qilgan. Vamberi darvesh niqobi ostida Rashid afandi, Rashid xoji nomi bilan Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va boshqa shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi.Herman Vamberi Sulton Abdulhamid II ga aloqasi borligi aytiladi.
Ijodi
tahrirVamberi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folʻklor, etnografiya, tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi („Nemischa-turkcha lugʻat“, 1858; „Nemischa-chigʻatoycha lugʻat“, 1860; „Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi“, „Mening hayotim“, „Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari“ va boshqalar). „Chigʻatoy tili darsligi“ (1867) asarida Vamberi turkiy xalqlar folʻkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʼlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.
Vamberining Xorazmlik oʻzbek do‘sti
tahrirMullo Isʼhoq (1836—1892) — Xorazmlik oʻzbek olimi, Arminiy Vamberining sherigi bolgan[2]. U 1864-yildan boshlab Vengriyadagi Akademiya kutubxonasida kutubxonachining yordamchisi sifatida ish boshladi.
Kinematograf
tahrir1986-yil Turkiya, Vengriya va Tojikiston kinematograflari tomonidan Vamberining hayoti, xususan uning „Soxta darvishning Oʻrta Osiyoga sayohatlari“ nomli asari asosida „Oqsoq darvish“ filmi yaratildi. Valeriy Axadov va Yojef Kish rejissorligidagi ushbu fil’m Tugʻro-film (Turkiya), Xungarofilm, Mafilm (Vengriya), Tojikfilm kinostudiyalari mahsuloti. Filmda Shuhrat Ergashev, Sanʼat Devonov, Inogʻom Odilov kabi oʻzbek aktyorlari ham suratga tushishgan. Film premyerasi 1988-yil aprel oyida Moskvada boʻlib oʻtgan.
Oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlari
tahrir- Vāmberī Gīrmān, Buxārā yāxūd Māvarā'unnahr tārîīxī, Fotih Karimiy va Burhon Sharaf tarjimasi, Moskva: Buxārā xalq maʼārī nazārati, 1924, 2 jild.
- Vamberi Herman, Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi: kitobdan parchalar, nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad, Toshkent: Gʻofur Gʻulom, 1990, 96 b.
Arminiy Vamberi bir necha yillar mobaynida ingliz elchixonasida ham ishlaydi va Abdulhamid II bilan uchrashgani haqida ma'lumotlar bor.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Vámbéry Ármin
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |