Varshava texnologiya universiteti

Varshava texnologiya universiteti - Polsha va Markaziy Yevropadagi eng yirik va yetakchi oliygohlardan biri hisoblanadi. U yerda koʻplab oʻqitish boʻlimlari mavjud boʻlib, jami 357 nafar professor-oʻqituvchilar ishlaydi. [1] 2011-yil holatiga koʻra umumiy talabalar soni 36,156 nafarni tashkil etadi. [1] Fan va texnikaning deyarli barcha sohalarini qamrab oluvchi 19 fakultet (boʻlim) mavjud. Ularning deyarli barchasi Varshava shahrida joylashgan.

Varshava texnologiya universiteti
Asos solingan 1826
Oʻquv yurti turi Jamoat universiteti
Talabalari 30,982

Har yili 5000 ga yaqin bitiruvchi talabalar ushbu universitetni tamomlaydi.

Varshava Texnologiya Universitetining kelib chiqishi 1826-yilda Varshava Texnologiya Institutida muhandislik taʼlimi qoʻshilgan paytdan boshlanadi.

Taniqli bitiruvchilar tahrir

  • Tomas Baginski (1976-yilda tugʻilgan) – rassom, animator va rejisyor
  • Ryszard Bartel (1897–1982) – muhandis
  • Mieczysław G. Bekker (1905–1989) – muhandis va olim
  • Antoni Bohdzievich (1906-1970) – ssenariy muallifi va rejissyor
  • Joanna Chmielewska (1932-2013) – yozuvchi va ssenariy muallifi
  • Zofiya Garlińska-Hansen (1924–2013) – arxitektor
  • Patrisiya Kazadi (1988-yilda tugʻilgan) – aktrisa, qoʻshiqchi va raqqosa
  • Vadim Komkov (1919–2008) – matematik
  • Alfred Korzybski (1879-1950) – muhandis, matematik va faylasuf
  • Bohdan Kulakowski (1942-2006) – muhandis-mexanik, Pensilvaniya universiteti professori
  • Stefan Kurilovich (1949–2011) – meʼmor va arxitektura professori [2]
  • Yan Lenica (1928-2001) – grafik dizayner va karikaturachi
  • Genrik Magnuski (1909–1978) – telekommunikatsiya muhandisi
  • Myron Mathisson (1897-1940) – nazariy fizik
  • Zbignev Mixalevich – kompyuter olimi, tadbirkor
  • Vitold Nazarevich (1954-yilda tugʻilgan) – yadro fizigi
  • Genrik Orfinger (1951-yilda tugʻilgan) – tadbirkor
  • Valdemar Pavlak (1959-yilda tugʻilgan) – siyosatchi, Polshaning sobiq bosh vaziri
  • Przemyslav Prusinkevich – kompyuter olimi
  • Anjey Piotr Ruschiński (1951-yilda tugʻilgan) – amaliy matematik
  • Maciej Metyu Shimanski (1926-2015) – Kanadadagi meʼmor
  • Anjey Tomashevski (1934-2010) – sanʼat va madaniyat tarixchisi
  • Anjey Trautman (1933-yilda tugʻilgan) – matematik va fizik
  • Marian Valentinovich (1896-1967) – meʼmor va grafik dizayner
  • Stanislav Vigura (1903-1933) – samolyot konstruktori va uchuvchisi
  • Tomaş Viktorovski (1981-yilda tugʻilgan) – tennis murabbiyi [3]
  • Zbignev Zapasevich (1934-2009) – aktyor, teatr rejissyori va pedagog
  • Jozef Zavadzki (1886–1951) – fizik kimyogar [4]
  1. 1,0 1,1 „Basic Facts“. Warsaw University of Technology. 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-oktyabr.
  2. Scislowska, Monika. „Leading Polish architect dies in plane crash“. Seattle Post-Intelligencer. Associated Press (2011-yil 7-iyun). Qaraldi: 2011-yil 19-iyun.
  3. „Nasz absolwent Tomasz Wiktorowski Trenerem Roku 2022 w Polsce“ (pl). Warsaw University of Technology (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 9-yanvar.
  4. Sauer, T.; Trautman, A. (2008). "Myron Mathisson: What little we know of his life". arXiv:0802.2971 [physics.hist-ph].