Vasil Krichevskiy
Vasil Grigorovich Krichevskiy (ukraincha: Василь Григорович Кричевський; 1873-yil 12-yanvar – 1952-yil 15-noyabr) - ukrainalik rassom, meʼmor, sanʼatshunos, grafik rassom, kino sanʼati boʻyicha maslahatchi, pedagog hamda amaliy va dekorativ sanʼat ustasi. 1918-yilgi Ukraina gerbi, davlat muhrlari, banknotalari dizayneri[1] Ukrainalik rassom Fedir Krichevskiyning ukasi[2].
Vasil Krichevskiy | |
---|---|
Krichevskiy 1928-yilda | |
Tavalludi |
12-yanvar 1873-yil Vorojba, Xarkov gubernatorligi, Rossiya imperiyasi (hozirgi Ukraina) |
Vafoti |
15-noyabr 1952-yil (79 yoshda) Karakas, Venesuela |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Ukrainian People's Republic, SSSR va Venesuela |
Taʼlimi | Temir yoʻl maktabi, Xarkov, Rossiya imperiyasi |
Millati | ukrain |
Turmush oʻrtogʻi | Yevgeniya Sherbakivskaya |
Biografiyasi
tahrirVasiliy Krichevskiy Lebedin yaqinidagi Vorojba qishlogʻida tugʻilgan. Oilada sakkiz farzandning toʻngʻichi edi. Otasi Grigoriy Yakimovich Krichevskiy yahudiy millatiga mansub okrug shtat shifokori boʻlib, pravoslav-nasroniylikni qabul qilgan va ukrainalik Praskoviya Grigorivnaga uylangan.
Krichevskiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan, lekin ukrain folklor va sanʼat tarixiga chuqur qiziqish bildirgan. Birinchi jahon urushi yillarida Ukraina Davlat Badiiy Akademiyasining asoschilari va rektorlaridan biri boʻlgan[3]. 1920-yillarda Kiyev plastik sanʼat institutida, Kiyev arxitektura institutida dars bergan. Talabalar orasida – Iosif Karakis Krichevskiydan „Turarjoy va jamoat binolarining interyeri“ hamda rasm chizish texnikasini oʻrgangan[4][5]. Keyin Odessa rassomlik maktabida dars bergan va 1941-yilgacha Kiyev davlat rassomlik institutining arxitektura boʻlimida faoliyat yuritgan.
1943-yilda Krichevskiy Lvovga koʻchib oʻtadi va bu yerda Ukrainaning yangi rassomlik maktabiga rektor etib tayinlanadi, ushbu maktab keyinchalik Lvov Milliy Badiiy akademiyasiga aylanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1948-yilda Janubiy Amerikaga koʻchib ketishdan oldin qisqa muddat Parijda yashagan[6]. 1952-yil 15-noyabrda Venesuela poytaxti Karakasda vafot etgan.
Ijodi
tahrirKrichevskiy birinchi marta 1903-yilda Poltava zemstvo binosini (hozirgi Poltava oʻlkashunoslik muzeyi) qurish boʻyicha arxitektura tanlovida gʻolib boʻlgach, jamoatchilik eʼtirofiga sazovor boʻlgan. U tomonidan ishlab chiqilgan bino dizayni Ukraina xalq meʼmorchiligi anʼanalariga asoslangan edi[7].
Rassom sifatida jami 3000 ga yaqin rasm, chizma, bezak naqshlari, kitob muqovalari yaratgan. Ijodiga fransuz impressionizmi taʼsir koʻrsatgan[8].
Prezident Mixail Xrushchevskiyning iltimosiga binoan Krichevskiy Ukraina Xalq Respublikasining davlat gerbi va muhrlari[9] hamda respublika banknotalari dizaynini ishlab chiqqan. Krichevskiy ukrain xalq amaliy sanʼatining kolleksioneri va talabasi boʻlib, oddiy odamlar orasida bunday hunarmandchilikni targʻib qilgan.
1907-yildan 1910-yilgacha Krichevskiy 15 dan ortiq spektakl va operalar, shu jumladan Mixail Staritskiyning Bogdan Xmelnitskiy va Bedrix Smetananing „Prodaná nevěsta“ kabi spektakllari va liboslarini yaratgan. 1917-yildan 1918-yilgacha Ukraina milliy teatrida ishlagan[6].
Krichevskiy 1960-yilda sobiq Poltava gubernatorligi maʼmuriyati binosini rekonstruktsiya qilgan yana bir ukrainalik arxitektor Petro Kostirko bilan birga bir nechta loyihalarda ishlagan. Uning baʼzi asarlari chet elda mavjud, eng katta asarlar toʻplami Nyu Yorkdagi Ukraina muzeyidadir.
Gallereya
tahrir-
Poltava gubernatorligi maʼmuriyat binosi, 1903-yil
-
Ukraina gerbi, 1917-yil
-
Ikkita grivna banknotasi, 1918-yil
-
Rolit yozuvchilar binosi, Petro Kostirko bilan birga
-
Kulolchilik oʻquv va koʻrgazma markazi (Poltava), 1916-yil
-
Shevchenko muzeyi, 1928-yil
-
Shchitkivskiy binosi, 1908-yil
-
Kiyev turar-joy uyi
Manbalar
tahrir- ↑ „Entry Display Web Page“.
- ↑ Krychevsky, Vasyl H. Encyclopedia of Ukraine
- ↑ Bilokin, Serhii (1993). "Ukrainian State Academy of Arts". Encyclopedia of Ukraine. http://www.encyclopediaofukraine.com/pages/U/K/UkrainianStateAcademyofArts.htm.<!--->
- ↑ Юнаков 2016, s. 53.
- ↑ I︠U︡nakov, Oleg; Юнаков, Олег. Arkhitektor Iosif Karakis : zhiznʹ, tvorchestvo i sudʹba, Pervoe izdanie, Nʹi︠u︡-Ĭork, 2016. ISBN 978-1-68082-000-3. OCLC 985974453.
- ↑ 6,0 6,1 Hordynsky, Sviatoslav; Vadym Pavlovsky (1989). "Vasyl Krychevsky". Encyclopedia of Ukraine. http://www.encyclopediaofukraine.com/display.asp?AddButton=pages\K\R\KrychevskyVasylH.htm.<!--->
- ↑ Hamm, Michael F.. Kiev: A Portrait, 1800-1917. Princeton University Press, 1993 — 114-bet. ISBN 0-691-02585-1.
- ↑ Zhukovsky, Arkadii (1993). "Trident". Encyclopedia of Ukraine. http://www.encyclopediaofukraine.com/display.asp?AddButton=/pages/t/r/trident.htm.<!--->
- ↑ Hordynsky, Sviatoslav. "Impressionalism". Encyclopedia of Ukraine. http://www.encyclopediaofukraine.com/display.asp?AddButton=pages\I\M\Impressionism.htm.<!--->
Adabiyotlar
tahrir- Юнаков, О.. Архитектор Иосиф Каракис. Алмаз, 2016. ISBN 978-1-68082-000-3.