Vikipediya:Rasmiyatchilikka soʻrovlar/Kagansky
- Quyidagi munozara muvaffaqiyatli yopilgan rasmiyatchilikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Kagansky (mun. · hissasi · oʻchirilgan hissasi · maqolalar · fayllar · maʼlumot · qaydlar · filtrlar · toʻsishlar · huquqlar)
Doʻstlar, barchaga salom! Vikipediyaning men uchun eng qiziq va ajoyib tomoni, unda bajarilgan har bir harakat mustahkam metallga oʻyilgandek muhrlanib qolishidadir. Unga haqiqatni qidirib kirgan kishi, sidqidildan izlansa, albatta topadi. Topmasa, izlaganini oʻzi paydo qiladi. Ishidan zavqlansa, faollashaveradi. Niyati gʻarazli boʻlsa, depinadi. Haddidan oshsa, tepiladi. Yillar davomida faol faoliyat yuritaversa, qilayotgan ishidan mazmun topib, undan boshqalarga foyda keltirayotganidan suyunsa, zavqli Vikituzoqqa tushadi. Vaqt oʻtib harakatining surʼati tezlashadi, bir maromda boradi yoki sekinlashadi. Bundaylar Vikipediyadan butunlay sovib ketishiga boshqa shunday Vikichi ishonmaydi.
Kichik lirik chekinishli kirish soʻzimdan keyin asosiy mavzuga oʻtsam-da, gapni qisqa qilsam. Xullaskalom, men rasmiyatchi vazifalarini bajara olishimga ishonchim komil! Baholi qudrat ovoz berib, oʻz fikringizni, istasangiz, savollaringizni berishingizni soʻrab qolaman. Oʻzbekcha Vikipediya taqdiriga befarq boʻlmagan foydalanuvchilar diqqatiga: iltimos, Roziman, Qarshiman, Betarafman deb bergan ovozingiz ketidan nima sababdan bu qarorga kelganingizni ham qoʻshib qoʻysangiz. Odatda professional Vikipediyachi soʻramasang ham shunday ish qiladi oʻzi. Hozircha standart savollarga javob berib turaman. Barchaga ishtiroki uchun oldindan tashakkurimni izhor qilaman. — Kagansky munozara 23:59, 13-Iyul 2023 (UTC)
Nomzodga savollar
tahrir- 1. Rasmiyatchilik vazifalaridan qaysi birlarini bajarmoqchisiz?
- Vikimezonlariga asosan „rasmiyatchi“, „administrator“, „interfeys administratori“, „bot“ bayroqlarini berish va aynan shu Vikimezonlarga asosan „administrator“, „interfeys administratori“, „bot“ statusiga noloyiqlarni yoki ulardan voz kechganlarni bayroqdan mosuvo qilish. Oʻzbekcha Vikipediyada hozircha „rasmiyatchi“ foydalanuvchini „administrator“ statusidan mosuvo qilolmaydi. Lekin, yaqin davrda shunday vakolatga ega boʻlishi aniq boʻlib boryapti. — Kagansky munozara 23:59, 13-Iyul 2023 (UTC)
- 2. Vikipediyachilar rasmiyatchilardan yuqori adolat standartlariga rioya qilishlarini, qoidalarni bilishini va boshqalarni hamjamiyatga jalb qilish qobiliyatini kutadi. Nima uchun oʻzingizni ushbu standartlarga javob beraman deb oʻylaysiz?
- Oʻzbekcha Vikipediyada tahrirlashni boshlagan ilk kunlarimdan boshlab administratorlarga yordam berishni oʻzimning asosiy maqsadim qilib olganman. Ayni maqsadning natijasi oʻlaroq, foydalanuvchilar uchun Eski holiga qaytaruvchi, Patrullovchi, Xulosa chiqaruvchi va maqolalar uchun Xushsifat maqola statuslarini joriy qilish tashabbusi bilan chiqqanimda, ular hamjamiyat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va ijobiy hal qilindi; men tomonimdan tezda oʻchirishga nomzod qilingan nomida xato bor minglab yoʻnaltiruvchi sahifalar hamjamiyat konsensusiga asosan oʻchirildi. Anchagina vandallarga qarshi kurashganimdan hamjamiyat norozi boʻlmadi. Qaytaga, munozara sahifamga birinchi yulduzchani orttirib oldim). Keyingi davrda, xususan administrator statusida, foydalanuvchilar va maqolalarning statuslari bilan bogʻliq boʻlgan va forumlardagi barcha muhim munozaralarda faol ravishda ishtirok etib kelayotganim, ulardan bir nechtasining natijalarini xolisona chiqarayotganim va oʻzim ham statusli maqolalar yaratib borayotganim, faoliyatim davomida Oʻzbekcha Vikipediya uchun zarur boʻlgan qoidalarni noldan yaratishda (VP:BIO, VP:VNE) va yangi yaratilgan qoidalar muhokamasida faol qatnashib kelayotganim, faoliyatimning boshidan uyushtirib kelingan barcha marafonlarda, xususan, Markaziy Osiyo oyligi, Viki Oʻzbekistonni sevadi, Vikipediya kitob oyligi, WikiStipendiya, WikiStipendiya II marafonlarida hakam va IbratWiki marafonida koordinator sifatidagi faol ishtirokim va harakatlarim hamjamiyat tomonidan eʼtirozlarga sabab boʻlmadi. — Kagansky munozara 23:59, 13-Iyul 2023 (UTC)
- 3. Ushbu soʻrovlarni amalga oshirish uchun muntazam ravishda VP:AS, VP:BSS va/yoki VP:HYQNUS sahifalariga tashrif buyurishga vaqtingiz va xohishingiz bormi?
- Oʻzbekcha Vikipediyaga kirib kelgan kunimdan buyon faolman. Shu kundan etiboran VP:AS, VP:BSS sahifalariga kerak paytida muntazam ravishda tashrif buyurib kelyapman. Lekin, VP:HYQNUS sahifasiga adashib kirib qolmasam agar, oʻzimdan bilib kirmasligim aniq! Sababi, hisob yozuvini qayta nomlash rasmiyatchi vakolatlaridan allaqachonlar mosuvo qilingandir. — Kagansky munozara 23:59, 13-Iyul 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir- Dastaklayman— Ushbu foydalanuvchi Oʻzbekcha Vikipediyadagi eng faol va jonkuyar foydalanuvchilardan biri hisoblanadi. Rasmiyatchi bayrogʻini qabul qilib olishi esa bu foydalanuvchining kuchiga kuch, shashtiga shasht, shijoatiga shijoat qoʻshishiga ishonchim komil. Salazarov 00:05, 14-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Ushbu foydalanuvchi Oʻzbekcha Vikipediyaning eng namunali administratorlaridan biridir. Umarjon Rahimov (munozara) 08:11, 14-Iyul 2023 (UTC).
- 100 % Roziman Ushbu foydalanuvchi oʻzbekcha va ruscha vikipediyaga Oʻzbekiston haqidagi maqolalarni kiritib va boyitib ulkan hissa qoʻshib kelmoqda shuningdek vikipediya qoidalarini zoʻr oʻzlashtirgani sababli Kagansky rasmiyatchi boʻlishga 100% haqlidir. – Mirzoulugʻbek |@ 08:30, 14-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman. Muzaffar Murodovichmunozara 09:31, 14-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Ushbu foydalanuvchi Oʻzbekcha vikipediyaning eng saviyali foydalanuvchilaridan biri. Jamshid Nurqul (munozara) 20:17, 14-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Humoyun Qodirov (munozara) 11:53, 15-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – ushbu statusga mos darajada faol foydalanuvchi. Abdulla munozara 09:46, 17-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman. Munosib nomzod. Malikxan munozara 20:09, 17-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilaman, munosib nomzod. Xusinboy Bekchanov (munozara) 16:47, 18-Iyul 2023 (UTC).
- Roziman – Ushbu statusga mos darajada faol foydalanuvchi. – Artemev Nikolay (munozara) 16:55, 18-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman. Ushbu statusga loyiq foydalanuvchi.ANJANIY!!#suhbat 19:41, 18-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – ShHamrayev (munozara) 08:47, 23-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Ushbu statusga munosib nomzod. Omad! Ibrohimjon (munozara) 11:56, 23-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Albatta roziman. Ustozimni kelgusida faoliyatlari yanada muvaffaqiyatli boʻlishiga ishonaman. Programmer (munozara) 12:47, 23-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Vikipediyaning hormas-tolmas administratori Alpasli (munozara) 14:02, 26-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman – Munosib nomzod! Ishonamanki bu maqomda oʻzbekcha vikipediya uchun juda koʻp yaxshi ishlar qiladilar! Najot0809 (munozara) 14:04, 26-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman Rasmiyatchilik uchun munosib nomzod. Keyingi faoliyatda omad! Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:25, 31-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman Munavvaroy (munozara) 13:53, 5-Avgust 2023 (UTC).
- Roziman Mahmud Hamrayev (munozara) 17:03, 5-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman Umid1108 (munozara) 20:52, 22-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman – Bu soʻrovga endi koʻzim tushdi. Birinchilardan boʻlib ovoz berolmaganimdan afsusdaman. Haqiqiatdan bu statusga munosib foydalanuvchi. Faoliyatingizda yanada muvaffaqqiyatlar tilayman ogʻaginam. Muxriddin Azimov (munozara) 18:12, 19-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman Xoqoni Said yozish 20:03, 19-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman Rasmiyatchilik uchun munosib nomzod – Axadjon1 (munozara) 09:16, 17-Fevral 2024 (UTC)
- Roziman Doniyor Yóldoshev (munozara) 16:31, 3-Mart 2024 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirIzohlar
tahrirNatija
tahrirBajarildi. Nataev munozara 19:26, 26-Mart 2024 (UTC)
- Yuqoridagi munozara rasmiyatchilikka soʻrov arxivi sifatida saqlanadi. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang. Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.