Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Finikchik 09:07, 10-Iyun 2023 (UTC)

Hammaga salom, ushbu maqolani „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. U ruscha vikipediyada „Xushsifat maqola“ statusini olgan. Maqola oldin yaratilgan. Unga ruscha vikipediyadan maʼlumotlar olib qoʻshdim. Maqola bilan tanishib chiqing, xato va kamchiliklari boʻlsa tuzatishga yordamlashing yoki „Fikrlar“ boʻlimida yozib qoldiring. Hurmatli, MirzoUlugʻbek Karimov, Kagansky, Alpasli, Nataev, Malikxan, Artemev Nikolay, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Salazarov, Visola Tangirova, Kamol Azzam va boshqalar, iltimos, ovoz bering Finikchik 09:07, 10-Iyun 2023 (UTC)

Ma’lumot uchun, Vikipediya soʻzini bosh harf bilan yozamiz. ;) — Kagansky munozara 01:45, 13-Iyun 2023 (UTC)

Fikrlar

tahrir

Andijonsoy oʻzanidan oldingi boʻlgan qismida Qoradaryoga bogʻliqligi kam boʻlgan mustaqil daryo sifatida harakatlanadi — mana shu jumlani aniqlashtirish kerak ekan Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:31, 10-Iyun 2023 (UTC)

Tuzatildi. Finikchik 13:15, 10-Iyun 2023 (UTC)
Kirish qismini koʻpaytirish kerak ekan. — Kagansky munozara 06:50, 11-Iyun 2023 (UTC)
Assalomu alaykum, manbalarni aytganingizdek koʻrsatdim, kirish qismi uchun internetni rosa kovladim ammo ishochli bir manba topa olmadim, topsam ham maqolani ichidagi bor gaplar. Lekin, maqolani oʻzidan ikkita gap olib qoʻshdim, oʻquvchi bir koʻrishda maqola haqida asosiy maʻlumotlarga ega boʻluvchi. Fikringizni kutaman Finikchik 07:23, 13-Iyun 2023 (UTC)
Ajoyib! RuWikidagi statusli maqolada manbalarning soni 13 ta. Ularni barchasini koʻrsatish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 08:13, 15-Iyun 2023 (UTC)
Baʼzi manbalar andoza koʻrinishida berilgani uchun ozgina qiynalgan edim, lekin oʻrganib oldim qanday qoʻyishni, 13 ta manbani barchasi koʻrsatildi Finikchik 12:53, 15-Iyun 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir
  1.  Roziman — RuWikida XM. Har bir boʻlim manbalar bilan tasdiqlangan. Tarjimada gʻalizliklar koʻrmadim. Salazarov 09:11, 10-Iyun 2023 (UTC)
  2.  Roziman — Visola Tangirova(menga yozish!) 10:01, 10-Iyun 2023 (UTC)
     Roziman. XM kriteriylariga mos. — Kagansky munozara 06:48, 11-Iyun 2023 (UTC) Ovoz berishda ozgina shoshilgan ekanman. Ruscha Vikipediyadan tarjima qilganda bir nechta gaplarning mazmuni butkul oʻzgarib qolgan. Tumanlar haqida ketayotgan gapga esa ularning maʼmuriy markazlariga ichki havolalar koʻrsatilgan. Vodiydagi Qoradaryo oʻrniga Samarqand viloyatidan oqib oʻtuvchi boshqa Qoradaryo (daryo)ga ichki havola koʻrsatilga. Maqola mavzusi menga qiziq uchun ularni tuzatib qoʻydim. Bundan tashqari ikkita xatboshi soʻnggidagi iddao manba bilan tasdiqlanmagan. Umuman olganda manbalar RuWikida koʻrsatilgan, ularni barchasini koʻchirib oʻtishning oʻzi yetarli boʻladi. Shularni koʻrsatib, kirish qismini koʻpaytirish qoldi. — Kagansky munozara 03:18, 13-Iyun 2023 (UTC)
  3.  Roziman. Muzaffar Murodovichmunozara 12:11, 11-Iyun 2023 (UTC)
  4.  RozimanHumoyun Qodirov (munozara) 12:18, 12-Iyun 2023 (UTC)
  5.  Roziman — kerakli maqola, shu bilan birga yaxshi yoritilgan Alpasli (munozara) 14:39, 12-Iyun 2023 (UTC)
  6.  Roziman. RuWikida ham shu satatus berilgan. Statusga arziydi. ANJANIY!!#suhbat 06:03, 23-Iyun 2023 (UTC)

Qarshilar

tahrir
  1.  Qarshiman — Shuncha kun turgan boʻlsa ham maqola matni avtomat tarjimaligicha turibdi. Mas.: „Shuningdek, kanalning suvi Andijon shahrida Andijon biokimyo zavodining ehtiyoji va gulzorlarni sugʻorish uchun ishlatiladi“. Jamshid Nurqul (munozara) 10:47, 23-Iyun 2023 (UTC)

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir

 Bajarilmadi. Andijonsoy haqida maqola yaratilgani yaxshi biroq ruschadan tarjima qilinganda bir nechta jumlalarning mazmuni butkul oʻzgarib qolgan. —   Mirzoulug'bek |@  11:28, 23-Iyun 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.